O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 O„rta Osiyodagi iqtisodiy g„oyalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

 
3.2. O„rta Osiyodagi iqtisodiy g„oyalar
 
O‗rta Osiyo mustaqil davlatlarining tashkil topishi, Yaqin va O‗rta 
Sharq mamlakatlari bilan aloqalarning kuchayishi ularning fan va 
madaniyatining yanada rivojlanishiga katta turtki bo‗ldi. O‗rta Osiyo X–
XIV asrlarda Sharqda ilg‗or ijtimoiy tafakkurlar rivojlangan bir 
markazga aylandi. Bu davrda dunyoga mashhur bo‗lgan Abu Nasr 
Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir 


45 
Temur, A.Navoiy, Z.Bobur
va boshqa ko‗plab olim va shoirlar, davlat 
arboblari yetishib chiqdi. Ularning asarlarida ham iqtisodiy fikrlar o‗z 
aksini topgan. Biz ularni quyida ko‗rib chiqamiz. 
 
A.Forobiyning iqtisodiy fikrlari 
O‗rta asrda ilg‗or iqtisodiy fikrlarni ilgari 
surgan buyuk mutafakkirlardan biri, Aristo-
telning izdoshi, uning asarlarini tahlil qilgan 
«ikkinchi muallim» Abu Nasr Forobiy (870–
950)
hisoblanadi. U ko‗p qirrali olim bo‗lib, o‗z 
bilimini oshirish yo‗lida tinmay mehnat qilgan, 
qaysi yurtda mashhur olim borligini eshitishi 
bilan suhbatlashib undan saboq olish uchun 
yo‗lga chiqqan. U 70dan ko‗p tilni bilgan. 
Forobiy bir asarni bir marta o‗qib tushu-
nolmasa, uni qayta-qayta o‗qigan. Aristotelning 
«Jon haqida»
asarining Forobiy o‗qigan 
nusxasi topilgan bo‗lib, kitob chetiga uning 
tomonidan 
«Men bu kitobni yuz marta o„qidim»
, boshqa bir kitobda esa 
«Bu kitobni qirq marta o„qidim, lekin yana o„qishim kerak»
, deb 
yozilgan. Forobiy Aristotel asarlarini o‗qib o‗rganish bilan birga, ularga 
sharhlar ham yozgan. Buyuk alloma Ibn Sino Aristotelning 
«Metafizika»
asarini Forobiy yozgan sharhlar yordami bilangina to‗liq 
tushunganligi haqida yozgan. 
Forobiy bugungi kunda ham o‗z ahamiyatini yo‗qotmagan 
moddiy 
ehtiyojlar
to‗g‗risida ta‘limot yaratdi. Uning fikricha, odamlarning 
ehtiyoji jamiyat shakllanishining asosiy sababidir. «Tabiatan har bir 
odam shunday yaralganki, u yashashi va kamol topishi uchun ko‗p 
narsalarga ehtiyoj sezadi. Ularni u bir o‗zi topa olmaydi va ularga 
erishish uchun kishilar jamoasiga muhtoj bo‗ladiki, uning har biri u 
ehtiyoj sezayotgan narsalardan biron-birini beradi. Bunda har bir odam 
boshqalarga nisbatan xuddi shunday holatda bo‗ladi». Jamiyat 
shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlar to‗g‗risida bunday tushuncha o‗sha 
davrdagi ilg‗or fikrlardan hisoblanadi. Shu bilan birga moddiy boylik 
yaratishdagi mehnat va mehnat qurollarining ahamiyatini, har xil hunar 
turlarini uqtirib o‗tgach, qullikka keskin qarshi chiqdi.
Forobiy Platonga o‗xshab 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin