38
Aristotel fikri bo‗yicha, «haqiqatan ham narsalar shu qadar turli-
tumanki, ularni tenglashtirib (taqqoslab) bo‗lmaydi». Shunga ko‗ra
xulosa qilinadi: «5 qo‗ndoq = 1 uyga», chunki ularni taqqoslash faqat
go‗yoki pul tufayli amalga oshirilishi «kundalik hayotda» ancha qulay.
Tovar sifatidagi pulning o‗zi esa, olimning fikricha, stixiyali ravishda
emas, balki odamlar o‗rtasidagi kelishuv natijasida kelib chiqqan va uni
(pulni) «iste‘molga yaroqsiz» qilib qo‗yish «bizning ixtiyorimizda».
Aristotelning
ekonomika
va
xrematistika
konsepsiyasi
«kamchiligiga» ayirboshlashning ikkiyoqlama tavsifini ham kiritish
mumkin. Bu yerda gap shundaki, bir joyda ayirboshlash ehtiyojni
qondirishda asosiy akt sifatida ko‗riladi va tovarning iste‘mol qiymatini
iqtisodiyot sohasining kategoriyasi sifatida talqin qilish imkonini beradi,
ikkinchi bir joyda – aksincha, ayirboshlash boylik orttirish sifatida
qaraladi va tovarning almashuv qiymatini xrematistika sohasining
kategoriyasi, de-yishga asos bo‗la oladi.
Nihoyat, shu konsepsiya nuqtayi nazaridan Aristotel savdo
shakllari evolyutsiyasi bosqichlarini va pul muomalasini biryoqlama
tahlil qilib, o‗zining yirik savdoga va ssuda operatsiyasiga salbiy
munosabatda ekanligini namoyon etdi. Xususan, to‗g‗ridan to‗g‗ri tovar
ayirboshlash va pul vositasi orqali tovar ayirboshlash kabi savdoning
dastlabki shakllarini u ekonomika sohasiga kiritadi, savdo kapitalining
harakatini, ya‘ni tovar ayirboshlash jarayonida dastlabki avanslangan
pulning ko‗payishini xrematistika sohasiga kiritadi. Xuddi shunga
o‗xshash, Aristotel pul muomalasi shaklini tadqiq qiladi va pulning
qiymat o‗lchovi va muomala vositasi tarzida aks ettirilishini –
ekonomika sohasiga, pulning foydani ko‗paytirish vositasi sifatida
ishlatilishini esa xrematistika sohasiga kiritadi.
Dostları ilə paylaş: