28
«artxa» so‗zi – foyda, moddiy manfaat, «shastra» – ilm, ilmiy asar
ma‘nosini bildiradi.
Birinchi kitobda podshoning turmush tarzi to‗g‗risida ko‗rsatmalar
berilgan, ikkinchisi turli davlat idoralarining
rahbarlari faoliyatiga
bag‗ishlangan, uchinchi va to‗rtinchisida sud va jinoyatchilarni jazolash
masalalari ko‗rib chiqilgan, so‗ngra tashqi siyosat usullari to‗g‗risida,
maxfiy xizmat, armiyani tashkil qilish va shu kabilar to‗g‗risida so‗z
yuritiladi.
«Artxashastra»ning eng boshidayoq podsho to‗rtta «ilmni» bilishi
zarurligi to‗g‗risida fikr yuritiladi. Ulardan biri iqtisodiyot hisoblanadi.
«Iqtisodiyot» (ekonomika) dehqonchilik, chorvachilik va savdo sifatida
ko‗riladi. Mamlakatda qishloq xo‗jaligi, eng avvalo, dehqonchilik asosiy
soha
hisoblangan.
«Artxashastra»da aytilishicha,
davlat yangi
mintaqalarni tashkil etish va odamlarni u yerlarga o‗rnashtirish ishlarini
amalga oshirishi kerak. Yangi ko‗chib kelganlarga yer soliq to‗lash
sharti bilan shaxsiy foydalanishga berilgan. Dehqon, hunarmand
mehnati va savdo faoliyati davlat uchun boylik yaratadi. Shuning uchun
davlatning siyosati yerni emas, balki odamlarni himoya qilishi kerak.
«Davlatning kuchi, – deyiladi asarda – odamlardan tashkil to‗gan. Odam
yashamaydigan yer esa, naslsiz sigirga o‗xshaydi – undan na sut sog‗ib
olib bo‗ladi, na nasil».
«Artxashastra»da davlatning manfaatini ko‗zlagan holda xo‗jalikni
yaxshi tashkil qilishga alohida e‘tibor beriladi. Kim o‗z yerini ishlatmasa
yoki yomon ishlasa, uning yerini tortib
olish va yaxshi ishlaydigan
xo‗jayinlarga berish tavsiya etiladi.
Davlat bozor bahosini tartibga solib turishning chora-tadbirlarini
ko‗rib chiqishi lozim. Bahoning mavsumga qarab tebranib turishini
bartaraf etish uchun davlatning kerak paytda muomalaga chiqaradigan
tovar zaxirasi bo‗lishi kerak. Bu bilan tovarlar
bahosi barqarorligini
ta‘minlashga erishiladi.
«Artxashastra»da irrigatsiya ishlarini yaxshilash ham nazarda
tutilgan. «Sug‗orish tizimlarini qurish, – deyiladi unda – hosilning
manbayi hisoblanadi...» Sug‗orish tizimiga yetkazilgan har qanday zarar
uchun og‗ir jazo, hatto o‗limga mahkum etish tavsiya etiladi.
«Artxashastra»da davlatning moliya muammolarini yechishga katta
ahamiyat
beriladi.
Davlatning
daromadlari
davlat
xo‗jaliklari
foydasidan, har turli soliq va boj to‗lovlaridan tashkil topgan. Xarajatlar
qismiga kelsak, davlat sanoatni, savdoni rivojlantirishga, jamoa ishlariga
mablag‗ ajratib kelgan. Davlat xo‗jaligi va soliq tizimi bilan bog‗liq
29
bo‗lgan moliya idoralarining to‗g‗ri ishlashi uchun «Artxashastra»da
aytilishicha, daromad va xarajatlarning qat‘iy hisob-kitob hujjatlari olib
borilishi zarur. Podsho xazinani o‗g‗irlovchi amaldorlarni bartaraf etishi
kerak. Ammo bu yerdagi o‗g‗irlikni aniqlash juda qiyin bo‗lgan.
«Artxashastra» xazina mulkini o‗g‗irlashning 40 xil usulini ko‗rsatib
beradi va ayyor amaldorning hiylasini bilishdan ko‗ra,
osmondagi
qushning yo‗lini aniqlash osonligini qayd qilib o‗tadi. «Suvda suzib
yurgan baliq o‗sha suvdan ichayaptimi, yo‗qmi bilib bo‗lmaganidek,
ishga biriktirilgan amaldor mulkni o‗zlashtirayaptimi, yo‗qmi aniqlab
bo‗lmaydi», – deyiladi asarda. Shu bois suiiste‘mol
qilishning har xil
usullarini o‗rganib olmasdan avval, amaldorlarni tez-tez o‗zgartirib
turish tavsiya etiladi.
Iqtisodiy siyosat sohasida «Artxashastra» podshoni ishlab chiqarish
kuchlarini rivojlantirishga, narx-navoni tartiblashga,
davlat byudjeti
aktiv balansini saqlashga – «daromadlarni ko‗paytirish va xarajatlarni
kamaytirishga» da‘vat etadi. Qadimgi Hindistonning bu atoqli asari
nafaqat ijtimoiy rivojlanishning ancha yuqori darajasini,
balki Qadimgi
Hindiston iqtisodiy fikrlarining xarakterli belgilarini ham ko‗rsatib
berdi.
Dostları ilə paylaş: