Mavzu: Yangi O’zbekiston taraqqiyoti strategiyasining davlat va jamiyat barqaror rivojidagi o’rni



Yüklə 165,28 Kb.
səhifə1/15
tarix04.10.2023
ölçüsü165,28 Kb.
#151963
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
diplom ishi full (2)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

Mavzu: Yangi O’zbekiston taraqqiyoti strategiyasining davlat va jamiyat barqaror rivojidagi o’rni

Mundarija


KIRISH 2
I .BOB. Yangi O’zbekiston strategiyasida xalqparvar davlat tushunchasini amalga oshirishning fenomeni 8
1.1 Yangi O’zbekiston strategiyasida xalqparvar milliy g’oya yetakchisi 8
1.2. Adolatli davlat tushunchasining o’ziga xos fenomening milliy asoslari 20
1.3 Uchinchi renessans Yangilanayotgan o’zbekiston taraqqiyotini rivojlanishi omili 28
II.BOB. Yangi O’zbekiston Uchinchi renessansni rivojlantirish yangilanish va taraqqiyot omili 44
2.1 Yangilanayotgan O’zbekistonda fan va ta’lim rivoji taraqqiyot strategiyasida 44
2.2. Insonparvar adolatli davlatda kuchli ijtimoiy siyosat: mohiyat va imkoniyatlar 53
2.3. Inson ma’naviy kamolotida milliy g’oya va mafkuraning o’rni 60
Xulosa 66
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 67


KIRISH



Dunyoda hech qachon bir xil tong otgan emas”. Mazkur ibora paydo bo’lganidan buyon ming yillar o’tdi. Bu-butun koinot, tabiat va bashariyat doimiy o’zgarishda,yangilanishda, deganidir.
Darhaqiqat, insoniyat ham ana shu azaliy qonuniyat asosida yashaydi va hayot kechiradi.Har qanday yangilanishning mazmun-mohiyati,namoyon bo’lish xususiyati shunday.Davrlar o’taveradi, zamonlar almashaveradi. Bu yorug’ olamga kelgan har bir odamzod avlodi turli o’zgarish va yangilanishlar sari boraveradi.
Butun insoniyat kabi jahondagi har bir xalq va millat ham o’zining taraqqiyot tongiga qarab intiladi. Tabiatning buyuk hodisasi bo’lgan quyoshning har erta saharda olamga yuz ko’rsatishi qanchalik go’zal va jozibali bo’lsa, dunyodagi xalqlar va davlatlar rivojida yangi tonglarning boshlanishi ham shu qadar fayzli va tarovatlidir.
Ayni shu nuqtayi nazardan qaraganda, xalqlar tarixida o’ziga xos tub yangilanish davrlari borki, bunday zamonlarda muayyan millat daxosi, uning o’z salohiyatini namoyon etishga intilishi, yaratuvchanlik faoliyati eng yuksak cho’qqilarga ko’tariladi. Nisbatan qisqa davrda erishilgan ulug’ marralar jahon ahlini lol qoldiradi. Ayni bir xalq salohiyatining ulkan natijasi bo’lgan olamshumul yutuqlar esa, insoniyat tarixining yorqin sahifalariga aylanadi, dunyo sivilizatsiyasi taraqqiyotiga kata kuch va shiddat beradi.
Yer yuzidagi ba’zi xalqlargagina nasib etadigan bunday yuksak ko’tarilish va taraqqiyot zamonlarining o’ziga xos Uyg’onish, ya’ni Renessans davri, deb atalishining sababi ana shunda.
Bu davrlarning odamlarni bir maqsad yo’lida birlashtiradigan va safarbar etadigan qudratli g’oyasi, taraqqiyot tamoyillari borligi ham ayni haqiqat.
Alloma bobomiz hazrat Alisher Navoiy ham o’z zamonasining nidosi va da’vatini ifoda etgan holda, “Emas oson bu maydon ichra turmoq…” deb boshlanadigan misralarini bejiz bitmagan.
Bugun ham xuddi shunday: dunyo maydonida va o’z azmu qarorida qoyim turmoq, maqsadga erishmoq uchun mutassil oldinga intilish, hayot va tafakkur tarzini isloh qilish, yangilanish tamon sobitqadamlik bilan boorish lozim.
Hozirgi kunda bizning xalqimiz hayotida ham yangi tong otmoqda. Bu-yangi taraqqiyot, yuksalish tongidir. El-yurtimiz dunyodagi eng rivojlangan davlatlarga xos hayot darajasiga erishish, yangi jamiyat qurishdek ulug’vor maqsadlar bilan yashamoqda. Mamlakatimizning zamonaviy va jozibador qiyofasini yaratish, Yangi O’zbekistonni barpo etish vatandoshlarimizning asosiy maqsad-muddaosiga aylandi. Bu borada bir fikrni alohida aytib o’tishimiz kerakki, keying yillarda hayotimizning barcha sohalarida keng qamrovli islohot va tub o’zgarishlar amalga oshirilmoqda va muhim ijobiy natijalarga erishilmoqda.
Ayni paytda doimo harakatdagi va uzoq manzillarni ko'zlab yashaydigan xalq sifatida biz erishilgan yutuqlar bilan kifoyalanib qol­ masligimiz, xotirjamlikka berilmasligimiz lozim. Bu yo'lda ko'zlagan marralarimizga yetish va yangi jamiyatning mustahkam poydevorini yaratish, O'zbekiston shuhratini olamga yoyish bilan bog'liq dolzarb vazifalarimiz borligini yaxshi anglaymiz.
Vatanimizning taraqqiyot ufqida bo'y ko'rsatayotgan yangi tong, yangi kun barchamizni belimizni mahkam bog'lab, tarixning o'zi yaratayotgan bu buyuk imkoniyatni qadrlab, yanada dadil olg'a bo­ rishga undamoqda.
O'zining uch ming yildan ziyod qadimiy va boy tarixi davomi­ da doimo marrani baland olib, turli qiyinchilik va sinovlarni mar­ dona yengib yashashga o'rgangan, katta hayot va kurash tajribasiga, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma'naviy-ma'rifiy salo­ hiyatga ega bo'lgan xalq sifatida bugun oldimizda qanday ulug' maq­ sadlar turganini biz albatta yaxshi anglaymiz. Ularga yetish oson emasligi, bu borada fidokorona mehnat, ilm va yana bir bor ilmga, o'z ota-bobolarimiz hamda jahon tajribasiga tayanish, serqirra faoli­ yatimizni tizimli va puxta tashkil etib, samaradorlikka erishish - faqat ana shunday yo'l islohotlarimizning pirovard natijasini belgilab berishini ham aniq tasavvur etamiz.
Shu ma'noda, bugun - jonajon O'zbekistonimiz ulkan o'zga­ rishlar chorrahasida turgan hal qiluvchi pallada oldimizda dolzarb vazifalar bilan birga, o'z javobini kutayotgan o'tkir savollar tug'ilishi ham tabiiydir.
Ya'na yaqin va o'rta istiqbolda Yangi O'zbekiston taraqqiyot stra­ tegiyasi qanday bo'ladi?
ushbu strategiyaning bugungi zamon talablariga javob bera­ digan ijtimoiy shakl-shamoyili qanday bo'lishi lozim?
u o'ziga qanday taktik vazifalar, yondashuv va harakat usulla­ rini qamrab oladi? unda nazariya va amaliyot, shakl va mazmun birligi, imkoniyat va amaliy natijalar uyg'unligi qay tarzda o'z ifodasini topadi?
kelgusidagi faoliyatimizni belgilaydigan aynan qaysi taraq­ qiyot tamoyillari va vazifalar eng ustuvor va dolzarb hisoblanadi?
Taraqqiyot strategiyasida jamiyat hayotining barcha jabha va yo'nalishlarini to'la-to'kis aks ettirish uchun asosiy e'tiborni ni­ malarga qaratishimiz darkor?
keyingi yillarda qabul qilingan konsepsiya va harakat dasturlarida belgilangan ma'naviy-ma'rifiy sohadagi islohotlarning
samarasini kuchaytirish uchun qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi?Ko'pmillatli xalqimizning tinch, erkin va farovon hayotini ta'minlash bilan bog'liq bunday murakkab va muhim savollar meni ko'pdan buyon o'ylantirib keladi. Negaki, ushbu vazifalar bizning nafaqat bugungi kunimiz, balki kelajagimizni ham belgilaydi, olib borayotgan islohot va yangilanish jarayonlariga ijtimoiy ma'no­ mazmun bag'ishlaydi.
Albatta, kun tartibiga qo'yilayotgan bu savollarning javoblari oddiy va jo'n emas. Ularda bugungi kunimizning mohiyati va maqsad-muddaolarini belgilaydigan, keskin va shafqatsiz muam­ molarini hal etish yo'lida butun kuch-g'ayratimiz, aql-zakovatimiz­ ni safarbar etishga undaydigan jarayon va o'zgarishlar, biz yasha­ yotgan davrning murakkab muammo va tahdidlari o'z ifodasini top­ gani shubhasiz.
O'zbekiston taraqqiyotining hozirgi yangi bosqichi ana shu ji­ hatlarning barchasini chuqur idrok etib, bu boradagi yondashuv va sa'y-harakatlarni tubdan o'zgartirishni talab qilmoqda. Xalqimiz hayotining barcha sohalari qatori fuqarolarimizning ongi va dunyo­ qarashida jiddiy o'zgarishlar bo'lishini taqozo etmoqda. Biz milliy taraqqiyotimizni yangi bosqichga ko'tarish bo'yicha keng ko'lamli is­ lohotlarni boshlagan dastlabki davr - 2017-yil 19-sentabrda Birlash­ gan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida mam­ lakatimiz va xalqimiz hayotini tubdan yangilash, jamiyatimizning yangi, demokratik qiyofasini yaratishga qaratilgan islohotlarimiz xususidagi ma'ruzamdan so'ng menga bu haqda ko'plab savollar bi­ Ian murojaat qila boshladilar. Ularning orasida "Yangi O'zbekiston" tushunchasi nimani anglatadi?", "Taraqqiyotning yangi bosqichi qanday xususiyatlarga ega?", "Jamiyatning yangi qiyofasi" degan­ da nimalar nazarda tutilmoqda?" kabi savollar alohida e'tiborni jalb qiladi.
Bugungi kunga kelib esa, "Uchinchi Renessans poydevorini yaratish g'oyasi qanday maqsad-muddaolarni ifoda etadi?" degan savol ham ko'pchilikni qiziqtirmoqda.
Mamlakatimizda kechayotgan keng ko'lamli yangilanish jarayon­ lari bilan uzviy bog'liq bo'lgan bunday dolzarb masalalar va ularning yechimiga doir vazifalarni to'g'ri anglash nihoyatda muhim ahami­ yatga ega.
Yangi, demokratik jamiyatni barpo etish, kelajak poydevorini qurish, hech shubhasiz, har birimizdan qat'iyatli va omilkor bo'lish­ ni, yangicha fikr yuritish, yangicha ishlashni talab etmoqda.
Qadimgi yunon faylasufi Suqrotning "O'zgalarni o'zgartir­ moqchi bo'lgan inson, avvalo, o'zini o'zgartirishi lozim. Buning uchun esa, aniq maqsad, tolmas iroda va doimiy izlanish kerak", degan hikmatli iborasi bu borada hammamiz uchun asosiy mezon bo'lishi zarur.



Yüklə 165,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin