Mavzu: Yangi O’zbekiston taraqqiyoti strategiyasining davlat va jamiyat barqaror rivojidagi o’rni


Yangi O'zbekiston – bu, avvalo, yangicha iqtisodiy munosabatlar, yangicha iqtisodiy dunyoqarash demakdir



Yüklə 165,28 Kb.
səhifə6/15
tarix04.10.2023
ölçüsü165,28 Kb.
#151963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
diplom ishi full (2)

Yangi O'zbekiston – bu, avvalo, yangicha iqtisodiy munosabatlar, yangicha iqtisodiy dunyoqarash demakdir. Shu bois mamlakatimiz iqtisodiy tizimi to'liq qayta qurilmoqda, qanchalik og'ir bo'lmasin, bozor mexanizmlarini amalda joriy etishni boshladik.7
Hozirgi vaqtda elektron kartochkadagi pullarni bankomatlar orqali naqd pulga aylantirish, milliy valyuta kursining “qora bozor”da – bir xil, banklarda esa boshqacha bo'lishi, xorijiy valyutalarni sotib olish, fuqarolikka ega bo'lish, O'zbekistonning istalgan hududidan uy-joy va mol-mulk sotib olish hamda ularni ro'yxatga qo'yish bilan bog'liq muammolar tarixda qoldi.
Islohotlar aholining barcha qatlamlari manfaatlariga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda: tadbirkorlar o'z biznesini rivojlantirish uchun erkinlik va yangi-yangi imkoniyatlarga ega bo'lmoqda, dehqon va fermerlar, klaster xo'jaliklari o'zlari etishtirgan hosilning haqiqiy egasiga aylanmoqda. Holbuki, sobiq mustabid tuzum davrida “tepa”dan buyruq bo'lmasa, bir qadam bosishga ham haqqimiz yo'q edi. Ahvol shu darajaga etib borgan ediki, uyimizning tomigacha paxta ekdik, lekin kosamiz oqarmadi. Maktab bolalarini ham paxtaga haydadik. Sevimli shoirimiz Abdulla Oripov o'z davrida chuqur dard va iztirob bilan “Million egatlarga sochilgan o'zbek”, deb yozganidek, yuz yil egilib paxta terdik.
Yaqin-yaqingacha har yili taxminan 6-7 million odam paxta terimiga majburan safarbar etilardi. Mana, uch yildan buyon ular bu mashaqqatdan qutuldi. Qanchalik qiyin bo'lmasin, bu sohada biz bozor iqtisodiyotining sinalgan va samarali usullarini, jumladan, klaster tizimini joriy etdik. Klasterlar yordamida gektaridan paxta bo'yicha – 50 tsentner, g'alla bo'yicha 100 tsentnerdan hosil olishni ko'zlayapmiz va bu marralarga albatta erishamiz.
Afsuski, mamlakatimizda tezlik bilan hal etish kerak bo'lgan o'tkir muammolar boshqa sohalarda ham yig'ilib qolgan edi. Hammasi joyida, degan kayfiyat bilan ularni bilib – bilmaganga, ko'rib – ko'rmaganga olib, g'aflat uyqusiga botib yuraverish ham mumkin edi. Lekin bu o'zimizga, xalqimizga, kelajakka nisbatan xiyonat bo'lardi.

Yüklə 165,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin