46
tashkil etuvchi o‗zaro yordam va do‗stlik tufayli bo‗ladigan shaharni
ideal shahar, deb hisoblagan; yer yuzida barcha xalqlarning o‗zaro
yordami asosida bir butun yagona jamiyat qurish mumkinligi to‗g‗risida,
mahsulotlarni adolatli taqsimlash haqida fikrlar bildirgan. Ammo
Forobiy mazkur o‗zaro yordamning iqtisodiy asosi –
mehnat
mahsulotlarini ayirboshlashning zarurligini ko‗rsatib bera olmadi. Shu
narsani qayd qilib o‗tish kerakki, Forobiy iqtisodiy masalalarni ikkinchi
o‗ringa surib qo‗ydi. Bu ayniqsa, uning davlat to‗g‗risidagi talqinida
ko‗rinadi, unda adolat o‗rnatish, ommani ma‘rifatli
qilish uning asosiy
funksiyalaridan, deb e‘tirof etiladi.
Forobiyning mulkchilik to„g„risidagi qarashlari
.
Abu Nasr
Forobiy mulkchilik haqida fikr yuritib,
mulkka egalik qilish, undan
maqsadga muvofiq foydalanish, o‗ziga to‗q yashash to‗g‗risidagi ilg‗or
fikrlarni ilgari suradi.
U odamlarga, avlodlarga zarar keltirmaydigan
mol-mulk orttirish foydali ish ekanligi,
boshqalar uchun zarar
keltiradigan boylik to‗plash, mol-mulk orttirish esa yomon odat
ekanligini aytib o‗tadi.
Forobiy kishilarni mulkiy qonunlar asosida tarbiyalash masalasiga
alohida e‘tibor beradi. Uningcha, ma‘rifatli,
qonun asosida ish
yuritadigan, huquqiy madaniyatli kishilar jamiyat taraqqiyotida muhim
rol o‗ynaydilar va aksincha,
“...shahar aholisi ma‟rifatsiz, tajribasiz
odamlar va bolalardan iborat bo„lsa, u holda ular qonun o„rnatgan
tartib va boshqaruv usulini qabul qilmaydilar”.
Ko‗rinib turibdiki,
qonun-qoidalar asosida ish yuritishga alohida e‘tibor qaratilgan.
Huquqiy tarbiya, madaniyat mulkni to‗g‗ri tasarruf etish, undan unumli
foydalanish
va
mulkni
ko‗paytirishga
undaydi.
Forobiyning
ta‘kidlashicha,
“Mulk orttirishda unchalik xavf yo„q... Mulkni ehtiyot
qilib saqlab, o„z ehtiyoji uchun ishlatsa, bu yomon hisoblanmaydi”.
Forobiyning mulkchilik to‗g‗risidagi iqtisodiy fikrlarining to‗g‗ri
ekanligini hayotning o‗zi ko‗rsatib berdi. Buni mamlakatimizda
mulkdorlar sinfining shakllanib, ularning soni ko‗payib,
iqtisodiyotni
rivojlantirishda roli ortib borayotgan hozirgi davrda Forobiyning mulk
va unga egalik qilish haqidagi g‗oyalari yana ham faollashib borayotgani
misolida ko‗rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: