O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

A.Temur Shom (hozirgi Suriya) 
yurtini qo‗lga olganda 
(1401-y.) taniqli olim 
Ibn Xoldun (1332–
1406) 
asirga tushib qoladi. Sohibqiron 
uning 
olimligini 
bilgach, 

bilan 
suhbatlashib, izzat-ikrom bilan uni qo‗yib 
yuboradi. 
3.4. Shoxruh Mirzo va Mirzo 
Ulug„bek davridagi
iqtisodiy islohotlar 
 
A.Temur vafotidan keyin Shohruh va 
Ulug‗bek (1394-1449) podsholigi (1409-
1449) 
davrida 
iqtisodiyot 
yaxshi 
rivojlandi. Ayniqsa, qo‗shni mamlakatlar 
bilan savdo-sotiq munosabatlari o‗sdi. Bu Movarounnahrda (arabcha 
«daryo ortidagi» (mamlakat) degani) 1428-yilda Ulug‗bek tomonidan 
o‗tkazilgan pul islohoti bilan bog‗liqdir. Jamiyatda pulning ahamiyatini 
yaxshi tushungan holda uning qadr-qimmatini oshirish uchun harakat 
qilingan. 
O‗sha davrda muomaladagi fulusiy chaqa pullar yengil vaznda 
bo‗lib, savdo rivojiga to‗siqlik qilgan. Ulug‗bek yengil vaznda zarb 
etilgan va muomalada yurgan barcha chaqa pullarni bekor qildi. Eski 
chaqalarni yangisiga almashtirib, ichki savdoning mayda mis pullarga 
bo‗lgan talabini qondirish uchun u bir vaqtning o‗zida Buxoro, 
Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruhiya va Andijon 
shaharlarida zarbxonalar tashkil ettirdi va bir xil vazndagi salmoqli 
fuluslarni zarb ettirib, muomalaga kiritdi. Eski chaqalar qisqa vaqt 
davomida yangi pullarga almashtirilib olingach, mis pullar zarbini 
M.Ulug'bek (1394-1449)
 


61 
markazlashtirish maqsadida boshqa shaharlardagi zarbxonalarga barham 
berildi. Faqat Buxoro zarbxonasi (poytaxt Samarqandda emas) saqlab 
qolindi. Xalq orasida «fulusi adliya», ya‘ni adolatli chaqa nomi bilan 
shuhrat qozongan bu yangi mis fuluslar mamlakatning barcha shahar va 
qishloqlarida keng muomalaga kirib, davlatning ichki savdosini naqdina 
bilan 
to‗la 
ta‘minlay 
boshladi. 
Ichki 
chakana 
savdo-pul 
munosabatlaridagi tanqislikni fulusning vazni va qiymatini oshirish 
bilan hal etilishi o‗rta asrlar sharoitida nodir va favqulodda voqea 
bo‗lsada, har holda Ulug‗bekning bunday islohoti mamlakatda 
hunarmandchilik buyumlarining ichki chakana savdosi uchun keng yo‗l 
ochib berdi. Ayni vaqtda tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish 
maqsadida «tamg‗a» boji ham birmuncha oshirildi, ya‘ni hozirgi til bilan 
aytilganda proteksionizm siyosatidan foydalanildi.
Ulug‗bek (1394-1449) tarixda ko‗proq davlat arbobi sifatida emas, 
bunyodkor inson, yuksak zehnli olim sifatida tanilgan. Uning 
astronomiya, tarix ilmlariga oid asarlari dunyoga mashhur. Biz 
Ulug‗bekning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
faoliyatiga 
alohida 
e‘tibor 
bermoqchimiz. Bu davrda mamlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida 
qunt qilinadi, busiz rivojlanish bo‗lmasligini hokimlar yaxshi 
tushunishgan. Sug‗orish tarmoqlari qurilib, ular toshhovuz, darg‗ot, 
navo, chig‗ir, charxpalak, qaynama, sharshara, osma ko‗prik, handaq, 
tazar va sardobalar kabi turli-tuman suv inshootlari bilan jihozlandi.
O‗sha davrda ham iqtisodiy rivojlanishning soliq tizimi bilan 
chambarchas bog‗liqligi yaxshi ma‘lum edi. Soliq yig‗imi qancha yuqori 
bo‗lsa, ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligi kam, ammo soliqning 
pastligi aholi uchun qulay bo‗lgani bilan, davlatning boshqaruv, 
mudofaa va boshqa maqsadlariga doimo to‗g‗ri kelavermaydi. Shularni 
yaxshi tushungan hukmdorlar soliqni iloji boricha Me‘yorida saqlash va 
uni yig‗ishning ma‘lum adolatli usullarini qo‗llanganlar. Masalan, 
Ulug‗bek hukmronligi davrida g‗alla g‗aram qilinmasdan avval soliq 
to‗plash qat‘iyan man etilgan, chunki dehqon hosil yig‗ib olgachgina 
real soliq to‗lash imkoniga ega bo‗ladi. Soliq aniq uch muddatda
dehqon hosili pishishiga qarab bo‗lingan:
1) saraton (iyun-iyul);
2) sumbula mezon (avgust va sentabr);
3) qavs (noyabr).
Yana bir muhim masala shuki, soliqlarni yig‗ish paytida soliqchilar 
dehqon, chorvador yoki bog‗bonga nisbatan zug‗um o‗tkazmasligi, 
jismoniy kuch ishlatmasligi va ishni urush-janjalgacha olib bormasligi 


62 
zarur qilib qo‗yilgan. Bu bilan insonning haq-huquqi, yashashga bo‗lgan 
daxlsizligi ta‘minlangan.
Umuman, soliq bo‗yicha qarzdorlarni bandi qilish va zanjir bilan 
kishanlab, ularga nisbatan qattiq choralar ko‗rishga soliqchilarning haqqi 
yo‗q edi.
Soliq miqdori va to‗lov tartibini buzmaslikka, suiiste'mollikning 
oldini olishga harakat qilingan. Tartibga amal qilmagan ayrim 
ma‘murlar jazoga tortilgan.
Bu davrda ichki va tashqi savdoga katta ahamiyat berilgan. Xitoy, 
Hindiston, Tibet va boshqa ko‗pgina davlatlar bilan savdo aloqalari olib 
borilgan. Bu borada savdogarlar uchun qulay sharoitlar yaratilganligini 
alohida ta‘kidlab o‗tish lozim. Elchilar «Buyuk ipak yo‗li» xafvsizligini 
ta‘minlash borasida katta ishlarni amalga oshirganlar.
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli ayniqsa, hunarmandchilik va 
savdoning rivojlanishi tovar-pul munosabatlari, milliy valyuta 
mustahkamligiga bevosita bog‗liq. Ma‘lumki, pulning:1) qiymat 
o‗lchovi; 2) almashuv vositasi; 3) jamg‗arma vositasi kabi uchta asosiy 
vazifasi mavjud. Agar pulning miqdori, uning nufuzi mustahkam 
bo‗lmasa, iqtisodiyot posongisi, muvozanati buziladi. Shularni hisobga 
olib, vaqti-vaqti bilan pul islohotlari o‗tkazib turiladi.
1428-yili Ulug‗bek tomonidan o‗tkazilgan islohot katta ijobiy 
ahamiyatga ega bo‗ldi. Muomaladagi fulusiy pullar almashtirildi. 
Ulug‗bek davridagi islohotlar tovar-pul munosabatlari rivojiga muhim 
hissa qo‗shdi. Iqtisodiyotning barqarorligiga 
erishildi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin