Birbal-tarixiy shaxs.
1994-yilda Toshkentda bosilgan «Shoh
Akbar va Dono Birbal» nomli to‗plamda ko‗rsatilishicha, u XVI asrning
ikkinchi yarmi va XVII asrning boshlarida Hindistonda hukmronlik
qilgan Akbarshoh bobosi Bobur an‘analarini izchil davom ettirib,
hindlar bilan musulmonlar o‗rtasida birodarlik munosabatlarini o‗rnatish
yo‗lida jonbozlik ko‗rsatgan. Akbarshoh boshqargan davlatda Birbal
68
nufuzli amaldor edi. Akbarshoh bu dono va zukko hind amaldoriga
alohida mehr bilan qarab, uni har tomonlama e‘zozlagan.
Birbal ham Akbarshohning odilona siyosatini amalga oshirish
sohasida sidqillik bilan xizmat qilgan. Akbar va Birbalning o‗zaro
suhbatlarida izhor etilgan har ikki tarixiy shaxsning iqtisodiy qarashlari
alohida diqqatga sazovordir. Unda insonlardagi halollik va insof bilan
birga ayrim amaldorlarning vijdonsizliklari iqtisodiy tomondan tahlil
qilinadi, feodalizm sharoitida murakkab iqtisodiy muammolarning
yechimini topishga uriniladi. «Podshohning besh savoli» hikoyasida
Birbalning chuqur iqtisodiy tafakkurga ega ekanligi namoyon bo‗ladi.
«Ulug‗ ma‘bud Indiradir»,- deb so‗z boshlaydi u.
Uning amri bilan yomg‗ir yerni sug‗oradi, bug‗doy unadi, odamlar
to‗kin va to‗q yashaydilar. Buzoqlar qadr-qimmatlidir, u odamlarga ko‗p
foyda keltiradi. Eng qimmatli gul – paxtaning guli. Undan mato
to‗qiydilar. U butun olam odamlarini kiyintiradi. Omochning tishidan
ulug‗ tish yo‗q. Chunki u yer bag‗rini yoradi, shundan keyin don va
sabzavot ekiladi, odamlarni to‗ydiradi. Ulug‗ fazilat esa jasoratdir.
Agar inson jasoratsiz bo‗lsa, uning fazilatlaridan foyda yo‗qdir.
Jasorat bu mehnat. Inson hayotida faqat ziroat ekinlarini yetishtirishdagi
mehnatgina emas, balki hunarmandlar mehnati ham alohida ahamiyatga
ega. Bu borada «Inson qo‗li gul» hikoyasi yanada qiziqarlidir. Birbal
bog‗bonni chaqirtiribdi va buyuribdi: -Ertaga bog‗ va gulzorlardagi eng
chiroyli va yaxshi gul bilan o‗zing yetishtirgan mevalardan olib,
shohning huzuriga borasan.
Shoh bog‗bondan meva va gullarning narxini so‗raganda, u: -
Olampanoh! Biz bu mo‗jizalarni bunyod qilish uchun ko‗p vaqt
sarfladik. Xullas, bu noyob narsalar uchun ming rupiy so‗raymiz.
Podsho ming rupiy beribdi. Bu bahoga yakun yasab, Birbal
quyidagilarni aytibdi: «Siz yaqinda tabiat yaratgan narsalarning inson
qo‗li bilan yaratilganidan yaxshi va qimmatli ekanini aytgan edingiz,
men sizga insonning qo‗li gul ekanini, uning iqtidori yaratgan mo‗jizalar
tabiatnikidan go‗zal bo‗lishi mumkinligini isbotlashga va‘da bergan
edim. Bugun mening niyatim amalga oshdi: Siz mirishkor bog‗bon
yaratgan mevalar va gullar uchun ming rupiy to‗ladingiz, ammo
69
tabiiylariga atigi yigirma besh rupiy berdingiz». «Mehnatni qadrlash
hayotni saqlar» hikoyasida insho etilishicha, shoh Akbar bilan Birbal
yoshlik davrlarni eslab, eski uylariga borishibdi. Yaxshi niyat bilan bir
paytlar sada daraxtining tagiga xazina yashirishgan ekan. Kavlashsa,
yerga ko‗milgan oltin qanday bo‗lsa shundayligicha turganmish.
Boylikni olishibdi, eski uylariga tutashgan bir kulbada o‗sha paytlarda
yashagan munkillagan bir kampir hozir ham kunni kun demay
odamlarga qo‗l tegirmonida donni yanchib berarkan. Avvalgidek qo‗l
tegirmonni aylantirib o‗tirganmish. Ko‗rinishi ham o‗zgarmabdi. So‗ng
ular kampirga rahmi kelib, bundan keyin rohatda yashang, deb olgan
boyliklarining hammasini in‘om qilishibdi. Kampirning qarilik yillari
rohat-farog‗otda o‗tadigan bo‗libdi. Keyinchalik ma‘lum bo‗lishicha,
shoh Akbar yoshlik davrida kampir 160 yoshda ekan, shu davrdan beri
50 yil o‗tibdi. Shundan keyin Birbal mehnatni ardoqlash uzoq umr
ko‗rish shartlaridan biri ekanligi haqidagi qisqacha xulosalarga kelibdi.
Hikoyalarning ba'zilari o‗sha davrdagi tovar-pul munosabatlari
masalalariga bag‗ishlangan. «Firibgar kema egasi» hikoyasiga ko‗ra
Birbal Hindistonning Bengal viloyatidan kemada mol olib kelgan
savdogarning shikoyatini eshitib, kema egasi besh ming rupiylik molni
o‗ziniki qilib olmoqchi bo‗lganini tekshiradi va unga quyidagi savollarni
beradi. «Agar mevalar, ziravorlar haqiqatan seniki bo‗lsa, ularni zarariga
sotishga rozi bo‗larmiding?» Kema egasi dengizchilarni ham yo‗ldan
urganligini isbotlaydi. Savdogarga pul qaytarib beriladi va adolat
tiklanadi.
«Tentaklar ro‗yxati» hikoyasida shoh Akbarning zotli otlarni sotib
olgani, otlar unga juda yoqib qolgani, yana shunday otlar keltirishni
buyurib, oldindan 1000 rupiy bergani hikoya qilinadi. Lekin shoh Akbar
shuncha pul berib, savdogarni qaysi yurtdan, qaysi shahardan ekanligini
so‗ramagan, savdoda xatoga yo‗l qo‗ygan edi. Savdogar esa
muttahamlik qilib, qaytib kelmagan. Shunda Birbal tovar-pul
munosabatlaridagi bu kamchilikni aytib o‗tadi. Savdolashganda xorijiy
savdogardan sotib olingan mol qaysi yurtdan, qaysi shahardan ekanini,
savdogarning nomini so‗rash lozimligini ta‘kidlaydi. «Hozir nima
harakatda» hikoyasida ayonlardan biri quyosh, ikkinchisi yer, yana biri
70
oy, deb javob bergani bayon etiladi. Lekin shoh Akbar javoblarga
qanoatlanmaydi.
Birbal quyidagi javobni beradi: «Hozir, - deydi Birbal, sudxo‗r
qarzga bergan pullarning foydasi harakatda. Axir bu pullar hech qachon
tinch yotmaydi. Aksincha, kundan kunga tezligi oshib boradi». Bu javob
shoh Akbarga ma‘qul tushadi, chunki Hindistonda qarzga olingan pullar
qanchalik qo‗shimcha foyda bilan qaytarilib, dehqonlarni xonavayron
qilishi hammaga ma‘lum edi. Bu yerda gap kapital aylanishi va foiz
stavkasi bilan bog‗liq voqea haqida borayapti. Dehqonlar olgan
qarzlarini yuqori foizlarda qaytarishi salbiy hodisa sifatida qoralanadi.
Demak, hozirgi davrdagi adolatli kredit masalalari yoritiladi. Birbal
yashagan davrda hali statistika fani vujudga kelmagan edi. Lekin hayot
statistik jumboqlarni keltirib chiqarar edi. Kunlardan bir kun podshoh
saroy yig‗inida har bir mulozimidan: -Dehlida nechta qarg‗a bor? - deb
so‗rab qoladi. Hech kim javob bera olmaydi. Birbal shunday javob
beribdi: -O‗tgan yili men hisob-kitob qilib, Dehlida uch ming besh yuz
sakson beshta qarg‗a borligini aniqlagan edim. Shoh Akbar shubhalanib,
o‗tgan yili qaysi oyda hisob qilgan eding? - deb savol beribdi va qo‗shib
qo‗yibdi: – agar Dehlidagi qarg‗alarning soni bittaga ko‗p yoki kam
chiqsa uch ming besh yuz sakson besh rupiy jarima to‗laysan. Shuning
uchun kechgacha o‗ylab, menga aniq javob ber,-debdi shoh. -Mening
hisobim to‗ppa-to‗g‗ri, qat‘iyat bilan gapiribdi Birbal, - «qayta
sanaganda ham shu sonning chiqishiga aminman, faqat ayrim
qarg‗alarning qayergadir mehmonga uchib ketishi va boshqalarning bu
yerga uchib kelishi mumkin ekanligini nazarda tutsak bas». Bu javobda
Birbal, birinchidan, Dehlidagi barcha qarg‗alarni sanab bo‗lmasligini
ko‗zda tutgan, shu bilan birga qarg‗alar ko‗payib, yozda sovuq joylarga
uchib ketishini esdan chiqarmagan. Bu misol Birbalda statistikaning
dastlabki kurtaklari mavjudligidan dalolat beradi.
«Haqiqat qo‗ng‗irog‗i» hikoyasida shoh Akbarning juda alomatli
hukmdor ekanligi o‗z ifodasini topgan. Xalqning mushkulini oson qilish
maqsadida u shahardagi maydonga bitta ustun o‗rnatib, qo‗ng‗iroq osib
qo‗yishni buyuribdi. Saroygacha uzun arqon torttirib, bu yerga ham
qo‗ng‗iroq ostiribdi. Maydondagi arqon tortilsa, saroydagi qo‗ng‗iroq
71
ham jaranglar ekan. Saratonning jazirama kunlaridan birida qo‗ng‗iroq
jaranglab qolibdi. Ho‗kiz qo‗ng‗iroq ipini tortgan ekan. Ho‗kiz-
ho‗kizda. U gapirarmidi, shoh qarshisida mo‗ltillab turganmish, xolos.
Shoh Birbalga «Ho‗kizning arzi bor, dardini bilib, menga xabar ber»,
debdi. Birbal ho‗kizning yelkasini silab, uning ko‗zlariga tikilibdi.
Keyin shohga ho‗kizning dilidagi arzini quyidagicha tarjima qilib
beribdi: «Men qaridim, ish qilishga kuchim yetmay qoldi, quvvatim
borligida xo‗jayinim meni erkalardi, yem bilan siylardi. Endi bo‗lsa
ko‗chaga haydadi, qarib holdan toygan bir paytda qayerdan ham panoh
topaman, – deyapti», debdi. «Ho‗kizning egasi topilganidan keyin Birbal
savol beribdi: – Nega bog‗lab qo‗ymadingiz? Savdogar javob beribdi: –
Janob vazir, u menga endi kerak emas. Shuncha yil davomida qilgan
xizmati bilan to‗lagan haqini tiyin-tiyinigacha oqladi. Vaqti-soati kelib
sen ham qariysan va ishga yaramay qolasan. Farzandlaring seni uydan
haydab chiqaradi. Aytchi, ularning bu ishi adolatdan bo‗ladimi?-deb
so‗rabdi Birbal. -O‗z otasini qanday qilib haydashsin? - ajablanibdi
savdogar.
Bir eslab ko‗rchi, bu jonivor senga qanchalar xizmat qildi. Nahot
qilgan andishasizligingdan vijdoning azoblanmasa. Bu tilsiz maxluq
butun quvvatini senga sadoqat bilan xizmat qilishga sarflasayu, sen
uning yaxshiligiga shunday javob qaytarsang. Unga hozir ham
achinmayapsan. Xullas, bu ho‗kizni shoh molxonasiga qo‗yib
yuboramiz. Uni boqish uchun sen har oyda besh rupiy to‗laysan.
Savdogar pulni to‗laydigan bo‗libdi. Bu hikoya o‗z davrida va undan
keyin ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‗lgan. Xizmatkorlarni
ishlatib, haqini to‗lamaganlarga tegishli fikr ilgari suriladi va ularga
insofli bo‗lish kerakligi to‗g‗risida qisqacha xulosalar chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: |