95
bu asarida
merkantilizm iqtisodiy siyosatini qattiq tanqid qildi
. Bu
siyosatning boshida o‗sha davrdagi Lyudovik
X I V
qirolligida moliya
vaziri lavozimini egallab turgan Jan Batist Kolber turar edi. U Fransiya
tovarlari eksportini rag‗batlantirishni, Fransiyaga keladigan import
tovarlarni
esa cheklashni, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishiga yuqori
soliq belgilashni qonunlashtirgan. Bu sanoat ishlab chiqarishiga hamda
bir butun milliy iqtisodiyotga salbiy ta‘sir ko‗rsatdi.
Iqtisodiyotdagi salbiy holatlarni bartaraf etish yo‗llarini aniqlash
P.Buagilberning keyingi,
XVIII
asrning boshida chop etilgan asarlarining
ham asosiy vazifasi hisoblanadi. Ularda P.Buagilber merkantilizmni
tanqid
qilishni davom ettirdi, islohotlar zarurligini asoslab berdi,
iqtisodiy o‗sishning va davlat boyligining asosi deb bilgan qishloq
xo‗jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish muammolariga alohida e‘tibor
qaratdi. Bunday qarash Fransiya iqtisodiy qarashlarida XVIII asrning
yarmigacha saqlanib qoldi. Chunki o‗sha
davrda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishdagi qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishining hal qiluvchi
mavqeyini targ‗ib qiluvchi fiziokratizm ancha kuchaygan edi.
1707-yili P.Buagilberning
Dostları ilə paylaş: