O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

«Fransiyani qoralash»
asari chop 
etildi. Unda Fransiyaning kambag‗allik holati ko‗rsatildi, merkantilistik 
siyosat qoralandi. Iqtisodiy islohotlar o‗tkazish to‗g‗risida yangi 
g‗oyalar ilgari surildi. Biroq ular o‗zi ishongan va umid qilgan hukumat 
vazirlari tomonidan ham e‘tiborga olinmadi, qo‗llab-quvvatlanmadi.
Iqtisodiy 
fikrlarning 
rivojlanishida 
va 
Fransiyada 
bozor 
munosabatlarining shakllanishida P.Buagilberning hissasi katta bo‗ldi. 
Aynan 
uning 
asarlari 
merkantilistik 
g‗oyalarning 
batamom 
obro‗sizlanishi va Fransuz klassik iqtisodiy maktabining shakllanishi 
uchun nazariy-metodologik asos bo‗lib xizmat qildi. P.Buagilber 
mamlakatning boyligi pul miqdoridan iborat emas, balki barcha foydali 
narsa va ne‘matlardan tashkil topadi, degan konsepsiyani ilgari surdi.
Nazariy qoidalarning o„ziga xosligi. 
P.Buagilberning muhim yutug‗i, 
U.Pettiga o‗xshab 
qiymatning mehnat nazariyasini 
«asoslab» berishi 
hisoblanadi. Bunda u bozorda tovarlar o‗rtasidagi almashuv nisbatlari 
mexanizmini sarflangan mehnat miqdori yoki ish vaqtini hisobga olgan 
holda tahlil qiladi. Bu konsepsiya nomukammal bo‗lishiga qaramasdan 
(uning asosida sarfli prinsip yotadi) o‗z davri uchun progressiv 
hisoblanadi, chunki merkantilistlarning bahoning shakllanishida pulning 
tabiiy roli to‗g‗risidagi konsepsiyasidan keskin farq qiladi.
P.Buagilber merkantilizmni ko‗p jihatdan to‗g‗ri tanqid qilish bilan 
birga 
pulning 
iqtisodiyotdagi 
ahamiyatini 
mensimagan 
holda, 


96 
mamlakatning iqtisodiy o„sishida qishloq xo„jaligi ahamiyatini 
mutlaqlashtirdi
, boylikni ko‗paytirishdagi sanoat va savdoning 
ahamiyatini inkor etdi. Klassik iqtisodiy nazariya vakillari ichida u pulni 
bekor qilish mumkin va zarur, deb hisoblagan yagona iqtisodchi 
hisoblanadi, uningcha pul tovarlarning «haqiqiy qiymatlari» bo‗yicha 
ayirboshlanishini buzadi.
Birinchi Fransuz klassigining fikri bo‗yicha, iqtisodiyotdagi asosiy 
soha savdo emas, balki ishlab chiqarish, eng avvalo, qishloq xo‗jaligi 
hisoblanadi. P.Buagilber o‗z asarlarida iqtisodiyotning «tabiiy» 
qonunlari to‗g‗risida qayd qilib o‗tadi. Davlat yuqori soliqlarni joriy 
etish yoki proteksionizm siyosatini qo‗llash bilan ularga xalaqit 
bermasligini tavsiya etadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin