100
chop etilgan «Qomus» da e‘lon qilindi. 1758- yilda uning asosiy asari
«Iqtisodiy jadval»
dunyoga keldi. F.Kene nafaqat fiziokratizm maktabi
asosini yaratdi, balki uning nazariy
va siyosiy dasturini ham
shakllantirdi. Uning fiziokratik g‗oyalarini keyinchalik A.Tyurgo va
boshqa bir qator fransuz iqtisodchilari davom ettirdilar va targ‗ibot
qildilar. Shunday qilib, haqiqiy fiziokratlar maktabi yoki o‗sha davr tili
bilan aytganda
«iqtisodchilar maktabi»
tarkib topdi. Uning eng
rivojlangan davri
XVIII
asrning 60-70-yillariga to‗g‗ri keladi.
O„rganish metodi.
F.Kenening iqtisodiy tadqiqotining metodologik
maslagi (platformasi) ni uning
tomonidan ishlab chiqilgan
tabiiy tartib
to„g„risidagi konsepsiya
tashkil etadi. Uningcha, mazkur konsepsiyaning
huquqiy asosi xususiy mulkni, shaxsiy manfaatlarni muhofaza qiluvchi
va takror ishlab chiqarishni va moddiy boyliklarni to‗g‗ri taqsimlashni
ta‘minlovchi davlatning moddiy va ma‘naviy qonunlari hisoblanadi.
F.Kenening
yozishicha, tabiiy tartibning mohiyati shundaki,
bir
odamning shaxsiy manfaati boshqalarning umumiy manfaatidan
ajralgan bo„lishi mumkin emas
. Bu esa
erkinlik hukmronlik qilgan
sharoitda bo‗ladi. Ana shunda dunyo o‗z-o‗zidan harakatlanadi. Shu
bilan birga, F.Kene ogohlantirib aytishicha, «Yuqori hokimiyat»
oqsuyaklardan yoki yirik yer egalari vakillaridan tashkil topishi mumkin
emas; ular birga qo‗shilib qonunning o‗zidan ancha kuchli hokimiyat
tashkil etishi, millatni qul qilishi, adolatsizlikni
keltirib chiqarishi,
yirtqichlarcha zulm o‗tkazishi va o‗taketgan beboshlikni keltirib
chiqarishi mumkin.
U yuqori davlat hokimiyati davlat boshqaruvini
amalga oshirish uchun zarur bo„lgan – tabiiy tartib – qonunlarini yaxshi
biladigan, o„qimishli bir shaxs qo„lida bo„lishini maqsadga muvofiq,
deb hisoblagan.
Sof mahsulot to„g„risidagi ta‟limot.
F.Kenening
nazariy merosida
uning
sof mahsulot
(hozir uni milliy daromad, deb atashadi)
to„g„risidagi ta‟limoti muhim o„rin egallaydi
. Uning fikriga ko‗ra sof
mahsulotning manbayi yer va unga sarflangan qishloq xo‗jaligi
ishlab
chiqarishida band bo‗lgan kishilarning mehnati hisoblanadi. Demak,
boylikning (sof mahsulot) ko‗payishi qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi
bilan bog‗liq bo‗lgan «yer in‘omidir». Shu bois, davlat sanoatni emas,
balki qishloq xo‗jaligini rag‗batlantirish to‗g‗risida g‗amxo‗rlik
qilishi
kerak. F.Kene:
«Dehqonlar kambag„al bo„lsa, qirollik kambag„al
Dostları ilə paylaş: