O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

Tomas Robert Maltus (1766–1834)
dvoryan 
oilasida tug‗ilgan. Kembrij universitetini tamomlagach, qishloq 
ruhoniysi, 1807-yildan esa siyosiy iqtisod professori bo‗ldi. Uning 
asosiy asarlari 
«Nufus qonuni to„g„risida tajriba» (1798), «Yer 
rentasining tabiati va o„sishi to„g„risida tadqiqot» (1815), «Siyosiy 
iqtisodning prinsiplari» (1820)
hisoblanadi.
«Nufus qonuni». 
T.Maltus resurslarning cheklanganligi va 
ehtiyojlarning cheksizligi sharoitida aholi ehtiyojlarini qondirish 
muammosiga o‗ziga xos tarzda yondashdi. U o‗zining ―Nufus qonuni 
to‗g‗risida tajriba‖ asarida aholi soni juda tez ko‗payib boradi, oziq-
ovqat mahsulotlarning o‗sishi esa, ancha orqada qolib ketadi, deb 
ishontirishga uringan. T.Maltus aholining ko‗payishini cheklovchi 
muayyan chora-tadbirlar qo‗llanilmasa, insoniyat ocharchilikka duch 
Tomas Robert 
Maltus 
(1766-1834.)


128 
keladi, deb xulosa qiladi va bunday vaziyatdan chiqishning ikki yo‗lini 
taklif etadi: 
birinchisi
– epidemiyalar, urushlar, kasalliklar natijasida 
aholining kamayishi, bunda tabiatning o‗zi kishilar bilan ularning 
yashash vositalari o‗rtasida Me‘yoriy nisbatning o‗rnatilishiga qisman 
yordam beradi, 
ikkinchi yo„l
– nikohdan voz kechish yoki kech turmush 
qurish, tug‗ilishni kamaytirish. 
 
Maltusning Aholi Nazariyasi (Nufus qonuni) 
Rikardo taklif qilgan iqtisodiy tamoyillarga amal qilinayotgan bir 
paytda iqtisodchilar uchun aholining ko‗payishi muammosi dolzarb 
hisoblanar edi, ular aholi sonining oshib ketishining dahshatli 
natijalaridan qutilish uchun Maltusning nazariyasida keltirilgan oilalarda 
homiladorlikdan saqlanish vositalaridan foydalanishni taklif qila 
boshladilar. Bu xulosalar aholining homiladorlikdan saqlanish vosita-
lariga nisbatan cherkov va keng ommaning doimo kuchli qarshiligi 
sababli nozik iboralar bilan taklif qilingan. Maltusdan tashqari o‗sha 
davrdagi yetakchi iqtisodchilarning ko‗pchiligi homiladorlikdan saqla-
nishning turli vostilaridan foydalanish tarafdorlari bo‗lishgan, lekin ular 
o‗z fikrlarini ommaga yetkazishda juda ehtiyotkor bo‗lishgan. 
Nassau Senior o‗z davrining odatiy iqtisodchilaridan bo‗lgan, 
chunki u bir vaqtning o‗zida Maltusning aholi soni borasidagi 
qarashlarini qo‗llab-quvvatlagan va rad etgan. U Maltus nazariyasini 
1826-yilda iqtisodiyot ilmining tashkil etilish tayanchi, deb ta‘riflashiga 
qaramay, 1829-yilda o‗zining Maltus bilan bo‗lgan yozishmalarini e‘lon 
qiladi va ma‘ruzalarida Maltusning mahsulot o‗sishidan ko‗ra aholi soni 
tezroq o‗sishi fikrlariga e‘tiroz bildiradi. Seniorning fikricha, tarixiy 
dalillar shuni ko‗rsatadiki, aholi sonining ortishidan ko‗ra mahsulotlar 
ishlab chiqarish tezroq o‗sadi.
Rikardoning tahliliy tizimida Maltusning aholi borasidagi g‗oyasi 
muhim element hisoblanadi. Rikardo iqtisodning asosiy maqsadi 
daromadning taqsimlanishini belgilovchi omillarni izohlashi kerak
degan fikrga ega bo‗lgan va u ayniqsa, uzoq vaqt oralig‗ida 
daromadning taqsimlanishiga ta‘sir eta oluvchi kuchlarga qiziqish 
bildirgan. U bu muammoni daromad taqsimlanishini qoldiq qiymati 
nazariyasi bilan hal qilishga harakat qilgan. Yer uchun to‗lanadigan 
renta miqdori ijara haqini belgilab beradi: daromadning qolgan qismi ish 
haqi va foydani tashkil etadi. Bu vaziyatda Maltusnning ―Nufus 
qonunidagi‖ g‗oyalari asosiy rol o‗ynaydi. Uzoq davom etadigan vaqt 


129 
mobaynida ish haqi darajasi Maltus ta‘limotiga ko‗ra ish haqi darajasi 
aholining yashash darajasi minimumiga teng bo‗ladi va qolgan daromad 
ijara haqi va foydaga bo‗linadi. Shunday qilib Rikardoning taqsimot 
nazariyasi Maltusning aholi nazariyasiga butunlay bog‗liqdir. 1830-
yilning ikkinchi yarmiga kelib Rikardoning iqtisodiy ta‘limotlarini rad 
etuvchi ko‗plab ma‘lumotlar yig‗ildi, o‗sha vaqtlarda Rikardo 
ta‘limotining asosiy g‗oyasi bo‗lmish uzoq muddatga mo‗ljallangan 
davrda daromadlar taqsimotidagi o‗zgarishlarni tushuntirishga ojizlik 
qildi.
24
T.Maltusning yozishicha, uning kitobi nashrdan chiqqan 
kungacha bironta mamlakat o‗z hududida aholi zichligi juda oshib 
ketganidan o‗zini yetarli hajmda iste‘mol mollari bilan ta‘minlash 
imkoniyatiga ega bo‗lmagan. Eng avvalo, tabiiy muhit imkoniyatlari 
bilan aniqlanuvchi iqtisodiyot o‗zining ishlab chiqarish imkoniyatlari 
doirasidan chetga chiqishga qodir emas.
T.Maltus o‗z nazariyasini asoslab berishda tuproq unumdor-
ligining pasayib borish konsepsiyasidan foydalangan. Agar bitta yer 
uchastkasining o‗ziga ustma-ust mehnat sarflansa, u xuddi shunday 
nisbatda hosildorlikning o‗sishiga olib kelmaydi, chunki hosildorlik 
faqat mehnatga emas, balki tuproqning tabiiy unumdorligiga ham 
bog‗liq bo‗ladi. U berishi mumkin bo‗lgan narsadan ortiqchasini undan 
olib bo‗lmaydi. Hisoblab chiqqach, T.Maltus xulosa qiladi: insoniyat 
qancha harakat qilmasin, qishloq xo‗jaligidan u oladigan oziq-ovqat 
mahsulotlari miqdori faqat arifmetik progressiyada o‗sadi (eslatib 
o‗tamiz, arifmetik progressiyada o‗sish 1,2,3,4,5 ... ko‗rinishda, ya‘ni 
har bir keyingi son oldingisidan bir xil absolyut miqdorga oshib boradi), 
aholining soni esa geometrik progressiyada o‗sadi va 25 yilda ikki 
barobar ko‗payadi (eslatib o‗tamiz, geometrik progressiyada o‗sish 
1,2,4,8,16 ... ko‗rinishda, ya‘ni har bir keyingi son oldingisidan 2 
barobar ko‗p bo‗ladi). Agar yer aholisi asr boshida 1 mlrd. bo‗lsa, asr 
oxiriga kelib u 8 mlrd.ni tashkil etadi, yashash vositalari esa to‗rtdan 
birga ko‗payadi. 
Bu nazariya barcha iqtisodiy ta‘limotlar ichida eng qayg‗ulisi 
hisoblanadi. T.Maltusdan keyingi davrdagi iqtisodchilar uning xulosa va 
prognozlari asossiz ekanligini isbotlab berdilar. Buning uchun 
odamlarga tuproq unumdorligini oshirish, T.Maltus tasavvur qila 
24
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 175-176 b.


130 
olmagan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini yaratib 
beruvchi fan-texnika yutuqlari asos bo‗ldi. Amerika iqtisodchisi 
J.L.Saymonning tasdiqlashicha, insonning ijodkorligi va uning mevasi – 
texnik 
jarayon 
planetadagi 
aholining 
har 
qanday 
o‗sishini 
kompensatsiyalashi va uning yuqori hayot darajasini ta‘minlashi 
mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin