Karl Iogann Rodbertus-
Yagesov (1805-1875)
155
Prudon falsafada Gegeldan, siyosiy iqtisodda esa A.Smit bilan
D.Rikardodan yuqori ko‗tarila olmadi. Uning ijtimoiy dasturlarida
mafkuraviy yo‗nalishni fosh qilishda alohida muammolar kelib chiqdi.
Prudonizm mayda ishlab chiqarish muhitiga va uning puch xayollariga
tayanib, uzluksiz ravishda o‗zgarib boruvchi sharoitlarga moslashaverdi.
K.Rodbertusning iqtisodiy g„oyalari
Karl Iogann Rodbertus-Yagesov (1805-1875) Germaniyada,
Shimoliy Greyfsvoldda tug‗ildi. Gettingem va Berlin universitetlarida
huquqdan tahsil olib, shu mutaxassislik bo‗yicha ma‘lum vaqt ishladi.
Burjua demokratik revolyutsiyasi yillarida parlament a‘zosi, keyinchalik
vazir (ministr) lavozimlarida faoliyat ko‗rsatdi. K.Rodbertus Germaniya
mayda burjua iqtisodiy ta‘limoti vakili bo‗lib, Sen-Simon va sotsialist-
rikardochilar g‗oyalari ta‘sirida edi. U utopik sotsializm va konservativ
reformizm g‗oyalari asosida o‗zining eklektik konsepsiyasini yaratdi.
1842-yilda K.Rodbertus «Davlat-xo‗jalik tizimini bilish yo‗lida»
deb nomlangan kitobini nashrdan chiqardi. Uning asarlari «sotsial
xatlar» shaklida yozilgan. U aynan shu kitobida qo‗shimcha qiymat
nazariyasini ko‗rsatib o‗tdi. U o‗z fikrlarini yakunlab, shunday deb
yozadi: «Agar ishlab chiqarish qanchalik yuqori bo‗lsa, ishchining
yashashi uchun zarur vositalardan tashqari ko‗pgina iste‘mol
buyumlarini yaratish mumkin. Bu chegirtma yerga xususiy mulkchilik
va kapital mavjud sharoitda rentaga aylanadi va kishilar tomonidan
mehnatsiz o‗zlashtiriladi. Boshqacha qilib aytganda, renta olishning
asosiy usuli yerga xususiy mulkchilik va kapitaldir» (К.Родбертус «К
познанию нашего государственно-хозяственного строя. Пять
теорем». M., 1935, стр. 115). K.Rodbertusning nazariyasi va qisqacha
xulosalarlariga yuqori baho berish mumkin, chunki u A.Smit va
D.Rikardo iqtisodiy ta‘limotlari bilan yaqindan tanish va bu ta‘limotlarni
chuqur ilmiy tahlil qilgan edi.
Shuningdek, olim o‗z xatlarining birida qo‗shimcha qiymat va
uning vujudga kelishini Marksdan oldinroq ko‗rsatganligini va aniq qilib
tushuntirganligini yozadi. Bu bilan u o‗zining qo‗shimcha qiymat
nazariyasidan Marks ijodiy foydalanganligini va hatto «o‗g‗irlab»
o‗ziniki qilganligini isbotlamoqchi bo‗ladi. Shuni aytish zarurki, Marks
ta‘limotiga nisbatan aytilgan bu tanqidlar Marksning o‗ziga ham ma‘lum
edi. Marksning vafotidan keyin nemis kateder-sotsialistlari bu masalani
156
yana qayta ko‗tardilar. Ularning asosiy maqsadlari Marks ta‘limotini
kuchsizlantirish va uning ta‘sir doirasini kamaytirish edi. O‗z davrida
F.Engels bu fikrlar uydirma ekanligini va Rikardoning qiymat
nazariyasidan so‗lrikardochilar sotsialistik qisqacha xulosalarlar uchun
K.Rodbertusdan
oldinroq
ko‗rsatib
foydalanganliklarini
aytdi.
Shuningdek, u K.Rodbertus qo‗shimcha qiymatning foyda va yer
rentasiga aylanish qonunini, kapitalistik sinflar o‗rtasida qo‗shimcha
qiymatning taqsimlanishi, qonunni to‗liq tushunmay, faqat renta
nazariyasi bilan cheklanib qolganligini ham ko‗rsatib o‗tdi.
Haqiqatdan ham foyda va yer rentasini ishchilarga haq
to‗lamaslik samarasi deb hisoblash, bu hali qo‗shimcha qiymatning
ilmiy nazariyasini yaratish, degan gap emas edi. Ingliz sotsialist-
rikardochilar bu masalada K.Rodbertusdan ancha ilgarilab ketdilar.
K.Rodbertusning iqtisodiy g‗oyalari yuqorida qayd etilgan asosiy
asaridan tashqari ko‗p jildli to‗rtta «ijtimoiy xati»da bayon etilgan. Unda
qiymatning mehnat nazariyasi sodda ko‗rinishda tahlil qilingan. Qiymat
ijtimoiy zaruriy mehnat bilan aniqlanmasdan, balki barcha mehnat
xarajatlari bilan aniqlanib, bu o‗rinda bir xil mehnat xarajatlari har
qanday ishlab chiqarishdan qat‘iy nazar bir xil qiymat hosil qiladi, deb
ko‗rsatiladi. Bundan tashqari mehnat doimo qiymatni vujudga keltirishi
alohida ta‘kidlanadi. F.Engels «Falsafa qashshoqligi» asarining
so‗zboshisida K.Rodbertus qarashlaridagi bu holatni keskin tanqid qilib,
o‗zining qiymat nazariyasida mehnatning ijtimoiy zaruriy xarakterini
inkor etadi, deb yozadi.
K.Rodbertusning fikricha, mehnat qiymat o‗lchovi sifatida oltin
va kumushdan yuqori turadi, chunki u ish kunini o‗zgarmas o‗lchov, deb
hisoblaydi. Bu o‗rinda «mehnat kunlari» ham izohlanadi. Lekin olim
xayoliy fikrlarga berilib, kapitalistik tovar xo‗jaligi sharoitida pulning
zaruriyatini to‗g‗ri tushuntirib bera olmadi. K.Rodbertus o‗zining
taqsimot nazariyasida klassik maktab vakillari yo‗l qo‗ygan xatolarni
takrorlaydi. Taqsimot nazariyasi quyidagi tartibda tahlil qilinadi va uch
bosqichdan iborat bo‗ladi. Birinchi bosqichda K.Rodbertus ijtimoiy
(milliy) mahsulotni ish haqi va rentaga bo‗linishini ko‗rib chiqadi.
Ikkinchi bosqichda u rentani kapital va yer rentasiga bo‗lishga o‗tadi. Va
nihoyat, uchinchi bosqichda K.Rodbertus barcha foyda va yer
rentasining kapitalist va yer egalari o‗rtasidagi taqsimotini ko‗rib
chiqadi. K.Rodbertus ijodiy faoliyatining so‗nggi yillari qiymatning
mehnat nazariyasidan uzoqlashib, mayda ishlab chiqaruvchilar
manfaatlariga mos tushuvchi jamiyatni qayta qurish loyihalarini e‘lon
157
qilish bilan bog‗liq bo‗ladi. Kapitalizmni Rodbertuschasiga isloh qilish
sinfiy kurashsiz evolyutsion yo‗l bilan amalga oshirishni ko‗zda tutar
edi. Bu yo‗l keyingi islohotchilik yo‗nalishidagi nazariy maktab
tomonidan qo‗llaniladi. Bu olimning asarlari rus tilida to‗la chop etilgan.
Dostları ilə paylaş: |