161
va samarali texnika va texnologiyani qo‗llash tufayli mehnat
unumdorligini oshirish yo‗li bilan bunga erishish mumkin.
Kapitalist o‗z foydasini ko‗paytirish maqsadida fan va texnika
yutuqlaridan ishlab chiqarishda ko‗proq foydalanishga harakat qiladi.
Ayrim kapitalistlar tomonidan fan-texnika taraqqiyoti natijalarini
amaliyotda qo‗llash o‗rtacha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga
olib keladi, bu esa unga foydani ko‗paytirish imkonini beradi. Bu yerda
«
ortiqcha qo„shimcha qiymat
» vujudga keladi.
Ammo raqobat qonuni
asosida boshqa kapitalistlar tomonidan ham yangiliklarning ishlab
chiqarishda qo‗llanilishi natijasida bozor bahosi pasayadi va ortiqcha
qo‗shimcha qiymat yo‗q bo‗lib ketadi. Demak, qo‗shimcha qiymat
ishlab chiqarish tadbirkorlarni yangi texnika va texnologiyalarni
qo‗llashga undaydi.
Ish haqi.
K.Marks ish haqini klassik siyosiy
iqtisod asoschilariga
o‗xshab mehnat uchun to‗lanadigan haq, deb emas, balki
ishchi kuchi
uchun to„lanadigan haq,
deb talqin qiladi. Uning nazariyasiga muvofiq,
ish haqi ishchining va uning oilasining hayot kechirishi uchun zarur
bo‗lgan tovarlar miqdoriga teng bo‗ladi. Ish haqi darajasi mehnat
unumdorligiga bog‗liq bo‗lib, u o‗z
navbatida, ishlab chiqarishning
mexanizatsiyalashuvi va texnologik jihatdan ta‘minlanishi sababli ro‗y
beradi. Bu hol pirovard natijada ish haqining o‗sishiga to‗sqinlik qiladi,
negaki, texnik-iqtisodiy taraqqiyot ishchi kuchining doimiy ortiq-
chaligini keltirib chiqaradi. Ishchi kuchining ortiqchaligi esa, ishchilar
bilan kapitalistlar o‗rtasidagi munosabatda
keyingisiga ustunlik beradi
va ishchi kuchi o‗z qiymatidan past bahoda sotiladi.
Demak, K.Marks bo‗yicha ishchi mehnatini emas, balki ishchi
kuchini sotdi, bunda «haq to‗lanmagan mehnat»ning (aniqlash va
o‗lchash mumkin bo‗lgan) ish haqiga aloqasi bo‗lmaydi, «haq
to‗lanmagan ishchi kuchi»ni esa aniqlash mumkin emas, negaki, bitim
(kelishuv) bir butun ishchi kuchi qimmatini
ayirboshlash yuzasidan
tuziladi. Kapitalist ish haqini «bitim» tuzilgandan keyin emas, balki
mehnat jarayoni tugagandan keyin to‗laydi. Ishchi o‗z ishchi kuchining
qiymatini ish haqi shaklida olishdan avval kapitalistga ma‘lum miqdorda
mehnat, shu jumladan, qo‗shimcha mehnat ham qilishi kerak.
Mehnat
sarfi esa, uning nazariyasiga ko‗ra ish vaqti bilan o‗lchanadi. Binobarin,
ishchi kuchining ma‘lum muddat davomida unumli mehnat qilishi uning
qiymatiga haq to‗lash sharti bo‗lib qoladi.
K.Marks fikri bo‗yicha, real ish haqi «hech qachon mehnat
unumdorligi kuchining oshishi bilan mutanosib tarzda o‗smaydi» va
162
natijada ishchilarning kambag‗allik va ma‘naviy qashshoqligi kelib
chiqadi. Lekin tajriba bunday qarashlarning mutlaq noto‗g‗ri ekanligini
ko‗rsatib
berdi.
Kapitalizm
nafaqat
texnologiyalar
darajasini
takomillashtirib bordi (buni Marks tan olgan), balki ijtimoiy masalalar
bo‗yicha ham katta yutuqlarni qo‗lga kiritdi.
Dostları ilə paylaş: