O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

 
P.J.Prudon g„oyalari 
Per Jozef Prudon (1809-1865) – fransuz publitsisti, mayda ishlab 
chiqarish nazariyotchisi, kambag‗al kosib oilasida tug‗ilgan. Moddiy 
jihatdan nochorligi sababli kollejdagi o‗qishni tugatmagan, sherik – 
hamkorining mablag‗i hisobiga kichik bir bosmaxonani ishlatib, zo‗r 
berib o‗z ma‘lumotini oshirish bilan shug‗ullangan. Ilm-fanni 
o‗rganishni avvalo muhtojlikdan qutulish usuli, deb bilgan.
P.Prudon 1838-yilda Bezanson akademiyasi tomonidan kam 
ta‘minlangan yosh olimlarga ajratilgan uch yillik stipendiyani olib 
Parijga ko‗chib o‗tdi. Parijda u J.B.Sey, S.Sismondi, T.Maltus, K.Sen-
Simon, Sh.Fure va boshqa iqtisodchi olimlar asarlari bilan yaqindan 
Per Jozef Prudon (1809-1865). 


151 
tanishdi. 1840-yilda P.Prudonning «Mulkchilik nima?» nomli mashhur 
asari e‘lon qilindi. Ushbu asarda kapitalizmni tanqid qilish bosh mavzu 
bo‗lsada, hali olimning amaliy dasturi bayon qilinmagan edi. 1846-yilda 
P.Prudonning «Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi yoki qoshshoqlik falsafasi» 
nomli yana bir asari e‘lon qilindi. Asarda olim kapitalizmni isloh 
qilishning amaliy dasturini ishlab chiqishga, siyosiy kurashning 
behudaligini asoslashga urindi. 1848-yilda nashrdan chiqqan «Ijtimoiy 
masalalarning hal etilishi» nomli yangi asarida olim har qanday 
inqilobiy chiqishlarni keskin qoralaydi.
P. J. Prudon Xalq banklari konsepsiyasini e‘lon qilib xalqni 
ijtimoiy islohotlarga chorlaydi. P.Prudon siyosiy iqtisodni «aql-
zakovatning abadiy qonunlari» to‗g‗risidagi fan, deb biladi. P.Prudon va 
S.Sismondi nazariy qarashlarida biz juda yaqinlik va o‗xshashlik 
hollarini uchratishimiz mumkin. Ayniqsa, ularning uslubiyotlarida bu 
holat quyidagicha aks etadi:
Birinchidan, iqtisodiyotda cheksiz erkin raqobatni inkor etib, 
boshqarish mumkin bo‗lgan raqobatni topib tashkil etish.
Ikkinchidan, xo‗jalik hayotini tahlil qilish jarayonida iqtisodiy 
ko‗rsatkich va manbalarni asosiy, deb hisoblamasdan, balki mehribonlik, 
axloq, ijtimoiy adolat, etika va boshqa kategoriyalarni, shuningdek, 
inson hayotining eng oliy ne‘mati tenglik va tinchlikni asosiy, deb 
hisoblash.
Uchinchidan, ko‗p yillar davomida yaratilgan ilmiy asarlarda 
iqtisodiy hodisalarga nemis faylasufi Gegel dialektikasi asosiy uslub 
qilib olinib, unga alohida e‘tibor berildi.
P.Prudon o‗zining mayda ishlab chiqarish manfaatlaridan kelib 
chiqqan islohotchilik konsepsiyasini maydonga tashlar ekan, juda ko‗p 
masalalar xususidagi fikrlarni bayon etadi. Mehnat taqsimoti, tovarning 
xususiyati, ish haqi, mulkchilik, daromad va takror ishlab chiqarish 
kabilarni ilmiy izohlashga harakat qiladi. P.Prudon o‗zining eng muhim 
asarlaridan biri - «Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi....» da avvalgi mehnat 
taqsimotini tahlil qiladi. Mehnat taqsimoti bir tomondan boylikning 
ko‗payishiga 
imkon 
bersa, 
ikkinchi 
tomondan 
qashshoqlikka, 
kambag‗allikka olib boradi. P.Prudonning mulohazalariga qaraganda 
mehnat taqsimotining naf keltiradigan xususiyatlarini saqlab qolish va 
zararli xususiyatlarini tugatish kerak. Metodologiya jihatidan bu o‗rinda 
ijtimoiy jarayonlar dialektikasining ilmiy tahlilida tarixdan tashqari 
yondashuv sezilib turadi. Prudon tovarning xususiyatini ham mana 
shunday pozisiyalardan turib «tadqiq» qiladi. Uning fikricha, 


152 
qiymatning abadiy g‗oyasi mavjud, bu g‗oya iste‘mol qiymati talab va 
kamchilik bilan, ayirboshlash qiymati esa taklif va mo‗l-ko‗lchilik bilan 
belgilanadi. Talab bilan taklif o‗rtasidagi kurashda tovarning qiymati 
yoki narxi belgilanadi. Nazariy jihatdan olganda bu haddan tashqari 
vulgar konstruksiyadir: qiymat ayirboshlashda vujudga keladi, u
obyektiv asosdan mahrum. 
U ish haqining harakati qonuniyatlarini ham oddiy va g‗ayriilmiy 
pozisiyalardan turib bayon etadi. Prudon ishchilarning ish haqini 
oshirish taklifiga qarshi chiqadi, chunki bu narsa narx-navoning 
yoppasiga ko‗tarilishiga yoki muhtojlikning kuchayishiga olib borar 
emish. 
P.Prudon yollanma ishchini ekspluatatsiya qilish mexanizmini 
tushuna olmaydi. U kapital bilan mahsulotni aynan bir narsa, deb talqin 
etib, butun kapitalning harakatini uning protsent keltiradigan qismi 
harakatidan iborat, deb talqin etadi. Ssuda kapitalining harakatini Prudon 
qarz beruvchi bilan qarz oluvchi o‗rtasidagi bitim, deb hisobladi. U 
mahsulotning bir qismini kapitalist o‗zlashtirib olishini ishlab chiqarish 
chiqimlari yoniga kapitaldan foydalanganlik uchun protsent qo‗shish 
zarurligi bilan izohlaydi. Prudonning nazariy sistemasida protsent 
mehnatni ekspluatatsiya qilishning asosiy shakli tarzida namoyon 
bo‗ladi. Shu bilan birga u protsent bilan yollanma ishchini ekspluatatsiya 
qilish mexanizmi o‗rtasidagi o‗zaro aloqani tushunmaydi.
P.Prudon o‗zining «belgilangan qiymat» nazariyasini butun 
iqtisodiy bilim negizi, deb hisobladi. Bunda klassik maktabdan o‗zib 
ketish 
pinhona 
istagigina 
emas, 
shu 
bilan 
birga 
ijtimoiy 
o‗zgartirishlarning yo‗llarini belgilash istagi ham namoyon bo‗ldi. Tovar 
ishlab chiqarishni Prudon insoniy ozodlikning va har bir kishi shaxsiy 
mustaqilligining cho‗qqisi deb biladi, mayda burjua nazariyotchisi 
bo‗lgan Prudon bozor mexanizmining ba‘zi bir salbiy jihatlarini: 
mollarning qalashib ketishini, nomunosiblikni, xonavayron bo‗lish va 
shu kabilarni tan oladi. Prudon asosiy iqtisodiy ziddiyatlarni 
«qiymat»ning ichki ziddiyatlaridan: iste‘mol va ayirboshlash qiymati 
g‗oyalaridan iborat, deb biladi. «Belgilangan yoki sun‘iy» qiymat 
murosaga keltiruvchi timsol bo‗lib ko‗rinadi. Bunday qiymat 
ayirboshlashda vujudga keladi. U tovarning ijtimoiy boylik tarkibiga 
bemalol kirib borishini bildiradi. 
Binobarin tovar ishlab chiqarishning hamma qiyinchiliklarini 
bartaraf qilish uchun har bir tovarga yo belgilangan qiymat qo‗yib 
qo‗yish, yoki uning bozorda sotilishiga kafolat berish, tovar bilan pul 


153 
o‗rtasidagi ziddiyatni tugatish zarur. Prudon tilla bilan kumushni 
«belgilangan» qiymatga ega bo‗lgan dastlabki tovarlar, deb ataydi.
P.Prudon daromad to‗g‗risidagi nazariyani siyosiy iqtisodda 
daromadning asosiy manbayi, deb qabul qilingan mehnat, kapital va 
yerning mazmunini ko‗rib chiqishdan boshlaydi. Uning fikricha, ishlab 
chiqarish jarayonining o‗zi har uchala elementning ishga tushurilishi 
natijasida yuz beradi. Lekin yer yoki kapital egasi o‗zi hech narsa ishlab 
chiqarmasdan o‗z daromadini olishini va ayni vaqtda ishchi o‗z mehnati 
natijasida hosil bo‗lgan daromadining faqat kichkina bir qismini ish haqi 
sifatida olishni adolatsizlik, deb baholaydi. P.Prudonning takror ishlab 
chiqarish nazariyasi uning daromadlar to‗g‗risidagi fikrlari asosida 
rivojlantiriladi.
Takror ishlab chiqarish jarayoni olimning fikricha, hamjamiyat-
dagi ishlab chiqarish va iste‘molning muvozanati asosida bo‗ladi. Lekin 
amaliyotda mulkchilarning ishlamay qo‗yganligi bu prinsipning 
buzilishiga va natijada J.B.Sey ko‗rsatib o‗tgan «iqtisodiy qonun»ning 
ham buzilishiga olib kelmoqda.
P. Prudon ijtimoiy masalalarni hal qilishi zarur bo‗lgan 
kapitalizmni isloh qilish loyihalarini o‗zining ko‗pgina asarlarida e‘lon 
qiladi. Ushbu asarlarda ijtimoiy adolat konsepsiyasini asoslash bilan 
birga inqilobiy chiqishlar haqidagi har qanday fikrni inkor etadi. 
Olimning islohotchilik g‗oyalarining ayrimlari S.Sismondi qarashlariga 
o‗xshash bo‗lib, ular quyidagilarda o‗z aksini topdi: 
• «uchinchi shaxslar», ya‘ni dehqonlar, hunarmandlar va mayda 
kustar ishlab chiqaruvchilarning jamiyatdagi o‗rniga rahimdillik bilan 
xayrixohlik bildirish; 
• «mayda mulkchilik va mayda ishlab chiqarishning» 
iqtisodiyotdagi yetakchilik o‗rnini E‘tirof etish bilan ularning shart-
sharoitlari, ta‘limotlarida to‗liq tenglikka erishish;
• ijtimoiy adolat tamoyillariga mos ravishda jamiyat 
manfaatlaridan kelib chiqib ishlab chiqarish ishtirokchilariga teng 
daromad berish;
• kapital va daromadlar bir kishi qo‗li ostida konsentratsiya 
qilinishiga va ayniqsa, mehnatni ekspluatatsiya qilishga yo‗l qo‗ymaslik. 
Bundan tashqari faqat P.Prudon islohotchiligiga xos quyidagi g‗oyalarni 
alohida ajratib ko‗rsatishimiz mumkin:
• pulning muomaladagi haraktini bekor qilib, uning o‗rniga ishchi 
pullari – banknotalarni muomalaga kiritish;
• foizni bekor qilish hisobiga foizsiz kreditlarni tashkil qilish;


154 
• xalq banklarini tashkil etish;
• islohotlarni amalga oshirish jarayonining xotimasi sifatida huku-
matni bekor qilish. 
P.Prudon. islohotchilik konsepsiyalarida xalq bankiga katta umid 
bog‗laydi. Uning banki sotsialist-rikardochilar taklif qilgan banklardan 3 
xil o‗ziga xoslik bilan farq qilar edi:
Birinchidan, undagi metall pullar dastlabki banknotalarning 
chiqarilishi sababli pulga va tijorat vositalariga almashtirish yo‗li bilan 
sekin-asta muomaladan chiqarilar edi.
Ikkinchidan, foizni birdaniga yo‗q qilmasdan, balki yuqori qayd 
qilingan bosqichni amalga oshirishni 2%dan eng kam daraja – 0,25%ga 
tushirish haqida sotilmagan tovarlarga oldindan ssuda berilishi.
Uchinchidan, Xalq banki kapitalni o‗ziga jalb 
qilmay yuzaga kelmaydi, balki aksincha, kapital 
bilan yuzaga keladi.
P.Prudonning hukumatni bekor qilish g‗oyasi 
islohotlarni amalga oshirish davrida sinflarning 
umumlashuvi va yagona mehnatkashlar, o‗z 
mehnatining haqiqiy haqini oladigan sinfning 
yuzaga kelishi o‗z navbatida hukumat faoliyatini 
keraksiz qilib qo‗yadi (anarxizm g‗oyasi).
Prudon kapitalizmni isloh qilish loyihasida 
mayda tovar ishlab chiqaruvchining o‗z moli 
sotilishiga kafolat olish, mayda do‗kondorning foiz-siz kredit olish 
to‗g‗risidagi asriy orzusini, burjua ziyolisining kapitalizm sharoitida 
mutlaq mehnat erkinligi, qiymat qonuni asosida tenglik imkoniyati 
to‗g‗risidagi xomxayollarini ifodalagan edi. Prudonning «sotsializm»i 
tovar bilan pul o‗rtasidagi aloqani soxtalashtirishga asoslangan. Ushbu 
loyihaning muallifi xususiy ishlab chiqarishni tovarni saqlab qolishga, 
ammo pulning ayirboshlash qiymatini yo‗q qilib tashlashga intilgan edi. 
Prudon va prudonizm o‗z davrida ishchilar harakatiga jiddiy xatar 
solganligi sababli proletar ta‘limotining asoschilari Prudonning mayda 
ishlab chiqarish reformizmiga (islohotchiligiga) qarshi murosasiz 
kurashdilar. Uni proletariatga dushman va revolyutsion harakatga xalaqit 
beruvchi bir oqim, deb fosh qildilar. Bu kurashni K.Marks XIX asrning 
40-yillari o‗rtalaridayoq «Falsafa qashshoqligi» asarini tayyorlashdan 
boshladi va marksizm rivojining keyingi davrlarida ham shu kurash 
davom etdi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin