ijtimoiy zarur mehnat miqdori bilangina
, ya‘ni
ijtimoiy zarur ish vaqti
bilangina belgilanadi
. Har bir ayrim tovar o‗z jinsidan bo‗lgan
tovarlarning faqat o‗rtacha nusxasi sifatida ahamiyatga egadir».
Ijtimoiy
zarur ish vaqti
me‘yoriy ishlab chiqarish sharoitida va muayyan
jamiyatdagi
mehnat malakasi va intensivligining darajasi o„rtacha
bo„lgan sharoitda biron-bir tovar tayyorlash uchun sarflanadigan
vaqtdir
. Ushbu tushunchalar yordamida qiymat qonuni shakllanadi:
almashuv jarayonida (ekvivalent ekvivalentga singari) tovarlar o‗zining
qiymati bo‗yicha ayirboshlanadi (ularda mujassamlashgan ijtimoiy zarur
ish vaqti bo‗yicha). K.Marksning tasdiqlashicha, har qanday jamiyatda
qiymat qonuniga amal qilmagan ayirboshlashning bo‗lishi mumkin
emas. Qiymat esa, yuqorida qayd qilib o‗tganimizdek, ayni jamiyatda
o‗rtacha mehnat sarflari bilan o‗lchanadi. Bu ayirboshlanadigan
159
tovarlarni taqqoslashning yagona o‗lchovi mehnat ekanligini bildiradi.
Tovarlarning foydaliligi bunday umumiy o‗lchov bo‗la olmaydi, negaki,
ular miqdor jihatidan taqqoslanmaydi.
K.Marksning qiymat nazariyasining D.Rikardoning qiymat
nazariyasidan farqlanishiga e‘tibor berish zarur. D.Rikardo tovarlarning
nisbiy qiymati to‗g‗risida so‗z yuritadi: A va B tovarlar bir-biriga
ayirboshlanadi, chunki ularni ishlab chiqarish taxminan bir xil mehnat
sarflarini taqozo etadi. K.Marksda esa qiymat tovarga xos obyektiv
xususiyatdir.
Qo„shimcha qiymat nazariyasi.
Qiymatni aniqlab va qiymat
qonunini ta‘riflab bergach, K.Marks qo‗shimcha qiymatni tahlil qilishga
o‗tdi. Bu uning nazariyasida markaziy tushuncha hisoblanadi. Bu yerda
asosiy savol tug‗iladi: agar
«ekvivalentli ayirboshlash»
tamoyili
bo‗yicha barcha mahsulotlar o‗z qiymatiga olinsa va sotilsa, unda
qo‗shimcha qiymat qanday hosil bo‗ladi? Marks ta‘limoti bo‗yicha, u
quyidagicha ishlab chiqariladi.
Tovar ishlab chiqarish taraqqiyotining ma‘lum bosqichida pul
kapitalga aylanadi. Tovar muomalasining formulasi T-P-T (tovar-pul-
tovar), ya‘ni boshqa bir tovarni sotib olish uchun tovar sotishdir.
Kapitalning umumiy formulasi P-T-P, ya‘ni sotish uchun tovarni sotib
olishdir. T-P-T mazmuni: odamlar o‗rtasida har xil foydalilik
ayirboshlanadi. P-T-P doiraviy aylanishda maqsad foyda olish
hisoblanadi. Demak, P>P bo‗lishi kerak. Bu o‗sish qayerdan keladi?
(Marks uni «
qo„shimcha qiymat
» deb ataydi). Qo‗shimcha qiymat
tovarlar muomalasida paydo bo‗lmaydi, chunki tovar ekvivalentli
ayirboshlanadi, qo‗shimcha qiymat bahoning ustiga qo‗shib sotishdan
ham kelib chiqmaydi, chunki bunday bo‗lganda xaridor va
sotuvchilarning o‗zaro yutuq va yutqiziqlari bir-birini qoplagan bo‗lar
edi, holbuki, gap ayrim hodisa ustida emas, balki ommaviy, o‗rtacha,
ijtimoiy hodisa ustida boradi. Qo‗shimcha qiymat olish uchun «pul egasi
bozordan shunday bir tovar topish baxtiga erishmog‗i kerakki, bu tovar
iste‘mol qiymatining o‗zi qiymat manbayi bo‗lishdek original bir
xususiyatga ega bo‗lsin», u shunday tovar bo‗lishi kerakki, bu tovarni
iste‘mol qilish jarayoni ayni paytda qiymat yaratish jarayoni ham
bo‗lsin. Bunday tovar – ishchi kuchidir. Ishchi kuchining iste‘mol
qilinishi mehnatdir, mehnat esa qiymat yaratadi. Pul egasi ishchi kuchini
uning o‗z qiymati bo‗yicha sotib oladi. Ishchi kuchi tovarining qiymati
ishchining va uning oilasining yashashi uchun zarur bo‗lgan tirikchilik
vositalari qiymati bilan belgilanadi. Ishchi o‗z ishchi kuchi qiymatidan
160
ortiqcha qiymat yaratish xususiyatiga ega. Faraz qilaylik, ishchi kun
bo‗yi 10 soat ishlaydi. Holbuki, ishchi 5 soat mobaynida (Marks atamasi
bo‗yicha «
Dostları ilə paylaş: |