O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

«qimmat»
deb tarjima qilinishi ham bejiz emas edi. Qimmat – bu ko‗p 
jihatidan subyektiv kategoriya. Shunga muvofiq avstriya maktabi 
ta‘limotiga ko‗ra, qiymat (qimmat) hech qachon buyumga xos bo‗lgan
obyektiv xususiyat bo‗lishi mumkin emas. Faqat xaridor ko‗z o‗ngida 
qimmatli bo‗lgan narsalargina qimmatga ega. Xaridorning subyektiv 
bahosi yaratilgan buyumga qiymat xossasini beradi. Demak, qiymat 
faqat bozorda yuzaga keladi, undan tashqarida amal qilmaydi. 
Odamlar tomonidan turli moddiy va ma‘naviy boylik va 
xizmatlarning qimmatiga baho berilishi bu ularni ishlab chiqarishga 
ijtimoiy zaruriy mehnat sarflangani uchun emas, balki bu buyumlarning 


176 
foydalilikka ega bo‗lgani sababidandir. Odamlar foydalilikka ehtiyoj 
sezganligi uchun ham u yoki bu tovarni ishalab chiqarishga mehnat 
sarflarini amalga oshiradilar. U yoki bu mehnat sarflarining ijtimoiy 
zaruriyligini kim yoki nima aniqlab beradi. Oddiy qilib bozor desak – bu 
to‗g‗ri, lekin u juda umumiy tushuncha, shuning uchun yetarli emas. 
Me‘yorli foydalilik nazariyasi tarafdorlari fikri bo‗yicha, faqat tovarning 
foydaliligi mehnat sarflariga ijtimoiy zaruriylik xarakterini berishi 
mumkin. Me‘yorli foydalilik nazariyasi namoyandalari, qimmatni 
foydalilikdan keltirib chiqarar ekan, foydalilikni ikki turga bo‗lib 
ko‗rsatishni zarur, deb hisoblaydilar.
Birinchisi, tovarlarning (don, olmos, neft) o‗z xususiyatiga ko‗ra – 
umumiy foydaliligi. Ikkinchisi iste‘molchi ehtiyoj sezadigan tovarning 
konkret foydaliligi. Aniq foydalilik doimo bir xil bo‗lavermaydi, u har 
xil baholanadi. Bu yerdagi farq unga bo‗lgan yondashuvda. Agar u yoki 
bu buyumlarni erkin va xohlagancha olish mumkin bo‗lsa, unda ularning 
foydaliligi cheklangan miqdordagi bunday buyumlarning foydalili-
gichalik baholanmaydi («Smitcha ziddiyat»ni yana bir bor eslang). 
Buyumning umumiy (yalpi) foydaliligi bilan konkret (Me‘yorli) 
foydaliligi o‗rtasidagi farq iste‘molchilar xatti-harakatini tahlil qilish 
uchun zarur. 
Me‘yorli foydalilik muammosini tushunish uchun marjinalistlar 
ko‗rsatib bergan o‗rmonda yashovchi qariya darvish qo‗lidagi besh qop 
donni misol qilib olamiz. Qariya uchun ularning ahamiyati qanday? 
Birinchi qopdagi don ochdan o‗lmaslik uchun kerak, ikkinchisi oziq-
ovqat sifatini yaxshilash uchun ishlatiladi, uchinchisi - uy parrandalarini 
boqish uchun, to‗rtinchisi - pivo tayyorlash uchun, beshinchisi esa 
vaqtxushlik (to‗ti qushlarga ovqat berish) uchun ishlatiladi. Barcha 
qoplar bir xil qimmatga ega. Ammo ularni qariya uchun foydaliligi 
pasayib borish tartibida joylashtirsak, unda birinchi qopdagi bug‗doy 
eng yuqori qimmatga ega: u qariyaning hayot kechirishi uchun zarur. 
Qariya uchun oxirgi, to‗tiqushlarni boqish uchun mo‗ljallangan qop eng 
kam qimmatga ega. Agar unga ayirboshlash taklif qilinsa (aytaylik, bir 
qop don boltaga) u aynan shu beshinchi qopning foydaliligiga qarab ish 
tutadi. 
Shunday qilib, iste‘mol qilinadigan tovar (don) ning miqdori 
ko‗payib borishi bilan uning oxirgi, me‘yorli foydaliligi pasayib boradi 
(me‘yorli foydalilikning pasayish qonuni). Mazkur tovar miqdorining 
ko‗payib borishi bilan me‘yorli foydalilikning (TU) pasayib borishini 
quyidagi chizma ko‗rinishida aks ettirish mumkin. 


177 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin