O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

Karl Menger (1840–1921)
, Shveytsariyada yashagan fran-
suz 
Leon Valras (1834–1910)lar edi
. Ularning tahlili asosida 
ne‘matlarni ishlab chiqarish jarayoni (taklif) emas, balki talabning 
shakllanishi, tovar va xizmatlarning foydaliligi tadqiqoti yotadi. 
Subyektiv yo‗nalish vakillarining tadqiqotidagi asosiy dastak – bu 
me‘yorli (marjinal) tahlil bo‗lib, mazkur maktabning nomi ham 
(marjinalizm) shundan kelib chiqqan. F.Vizer, E.Bem-Baverk, 
A.Marshall, K.Viksell va ko‗plab boshqa atoqli iqtisodchilar 
marjinalizm metodologiyasidan foydalanadilar va uni rivojlantiradilar.
Me‘yorli tahlil hanuzgacha iqtisodiy fanda keng qo‗llanib 
kelinmoqda. 
Metodologiya
.
Iqtisodiy jarayonlarni subyektiv – psixologik metod 
asosida tahlil qilish marjinalizm nazariyasiga xosdir. Iqtisodiy hodisa va 
jarayonlar kishilarning psixologiyasi, subyektiv talqinga asoslanib 
tushuntirilib beriladi. Masalan, klassiklar bo‗yicha tovar qiymati 
kishilarning ongi va xohishiga bog‗liq bo‗lmagan obyektiv miqdor 
hisoblansa, marjinalistlar bo‗yicha, qiymat subyektiv talqin, istak, 
hissiyot bilan aniqlanadi. Marjinalizmning asosiy kategoriyalari: 
me‘yorli foydalilik, me‘yorli unumdorlik, me‘yorli xarajatlar va 
boshqalar. Bu nazariya ishlab chiqarish xarajatlarini, talab, taklif, narx 
va boshqalarni subyektiv baho berish asosida tushuntiradi. 
Bozor xo‗jaligida ishlab chiqaruvchi tovar ishlab chiqarishda turli 
resurslardan har birining me‘yorli foydaliligiga baho bergan holda eng 
keraklisini tanlaydi. Iste‘molchi o‗zining cheklangan daromadlari orqali 
cheksiz ehtiyojlarini ko‗proq qondiradigan qilib tovarlarni sotib olishga 
taqsimlaydi. Demak, marjinalizm nazariyasi markazida o‗z foydasini 


174 
maksimallashtirishga intiluvchi firma (ishlab chiqaruvchi) va xarid 
qilingan ne‘matlardan maksimal naf olishga intiluvchi alohida 
iste‘molchi turadi. 
Me‟yorli foydalilik nazariyasi va buyumning subyektiv qimmati. 
Asosiy e‘tibor ishlab chiqarish va taklifni o‗rganishga qaratilgan klassik 
iqtisodiy nazariyadan farqli o‗laroq, marjinalistlar eng avvalo, iste‘mol 
va talabni tahlil qildilar. Shu bois, ular iqtisodiy jarayonlarni tahlil 
qilishni kishilarning ehtiyojini o‗rganishdan, buyumning foydalilik 
mezonini qidirishdan boshladilar. Buyumning qimmatini aniqlashda 
marjinalistlar klassiklarga nisbatan butunlay boshqacha yondashdilar. 
Agar klassiklar tovar qiymatini (qimmatini) uni ishlab chiqarishga 
ketgan xarajatlar bilan aniqlagan bo‗lsalar, marjinalistlar tovar qimmati 
asosida ikki omil – foydalilik va buyumlarning kamyobligi yotadi, deb 
hisobladilar. Bu bilan A.Smitning buyumning qiymatini (qimmatini) 
foydalilik bilan aniqlash mumkin emas, negaki, hayotda eng foydali 
bo‗lgan havo va suvning qiymati yo‗q, degan «Smitcha ziddiyat»ga 
barham berildi. «Hech bir narsa suvdan ko‗ra foydali emas, – deb yozadi 
A.Smit, – lekin unga u-bu narsani sotib olish amri mahol… Brilliant esa, 
aksincha, uni bevosita foydalanish nuqtayi nazaridan nihoyatda qimmati 
kam, ammo unga juda katta miqdordagi boshqa tovarlarni olish 
mumkin». Marjinalistlarning aytishicha, haqiqatan ham havo yoki 
suvning umumiy foydaliligi brilliantning umumiy foydaliligidan 
tasavvur qilib bo‗lmaydigan darajada ko‗p. Lekin havo va suvga 
qaraganda qimmatli toshlar ancha kamyob. Shuning uchun uning 
qimmati ancha yuqori. «Qimmat, – deb yozadi E.Bem-Baverk – 
narsalarning aynan cheklangan miqdorda bo‗lishini taqozo etadi, 
qimmatning yo‗qligi esa, ularning mo‗l-ko‗lligini taqozo etadi». Qimmat 
esa buyumning umumiy foydaliligi bilan emas, balki «oxirgi birlik» 
foydaliligi bilan aniqlanadi. 
Foydalilikka asoslangan bu nazariyaning boshlang‗ich nuqtasi – 
ehtiyojlarning to‗yinish qonuni (Gossenning birinchi qonuni)ni bildiradi: 
inson ehtiyojining to‗yinish darajasi oshib borishi bilan iste‘moldan 
bo‗lgan qoniqish pasayib boradi yoki iste‘mol qilinadigan tovar miqdori 
ko‗payib borishi bilan uning foydaliligi kamayib boradi. Shunga 
muvofiq iste‘mol qilinadigan mazkur buyumning oxirgi qismining 
iste‘mol uchun bo‗lgan foydaliligi boshqa qismlariga nasbatan ancha 
past. Buyumning oxirgi qismining foydaliligi – bu m
e‟yorli
foydalilikdir. Aynan u, marjinalistlarning fikriga ko‗ra tovar qiymati 
shakllanishining asosini tashkil etuvchi ishlab chiqaruvchi va 


175 
iste‘molchilar xatti-harakatini tartibga solib turuvchi kuch hisoblanadi. 
E.Bem-Baverkning yozishicha: «Me‘yorli foydalilik g‗oyasi – bu 
iqtisodiy hayotning eng murakkab ko‗rinishlarini yechishga kalit va 
ilmning eng chigal muammolarini hal etishga imkon beruvchi formula – 
«Ochil dasturxondir». 
Me‘yorli foydalilik nazariyasiga binoan tovarlar narxi asosida 
mehnat sarflari bilan aniqlanadigan qiymat emas, balki ushbu 
buyumning foydaliligi yotadi. Me‘yorli foydalilik nazariyasi tarafdorlari 
tovarda mujassamlashgan mehnat natijasi sifatidagi qiymatga foydalilik 
kategoriyasini odamning narsaga bo‗lgan munosabatini ifodalovchi 
subyektiv baholashni qarshi qo‗yadi. 
Qiymatning mehnat nazariyasida mehnat sarflarining bevosita 
o‗lchovi ish vaqti hisoblanadi. Tovar qiymati induvidual ish vaqti bilan 
emas, balki ijtimoiy zaruriy atalmish ish vaqti bilan o‗lchanadi. Ijtimoiy 
zaruriy ish vaqti me‘yorli ishlab chiqarish sharoitida, o‗rtacha mahorat 
va mehnat intensivligida muayyan iste‘mol qiymatini ishlab chiqarishga 
ketgan vaqt bilan ifodalanadi. 
Qiymatning mehnat nazariyasiga muvofiq faqat bozorda 
ayirboshlash jarayonida ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari darajasi 
ro‗yobga chiqadi. Faqat bozorda qiymat almashuv qiymat shaklida 
namoyon bo‗ladi. Oddiy qilib aytganda, qiymat ishlab chiqarishda 
yaratiladi, bozorda esa namoyon bo‗ladi. Mana shu yerda me‘yorli 
foydalilik nazariyachilari e‘tiroz bildiradilar. Uning ma‘nosi nimadan 
iborat? Agar tovar bozorda xarid qilingan bo‗lsa, bu jarayon o‗sha 
tovarni ishlab chiqarishga kimdir sarflagan ijtimoiy zaruriy mehnat 
xarajatlarini baholash uchun amalga oshirilmaydi, balki bu tovar xaridor 
uchun muayyan foydali samaraga ega bo‗lganligi uchun, xaridor bu 
tovarning qadr-qimmatini bilganligi uchun amalga oshiriladi. XIX 
asrning oxiri XX asrning boshlarida «qiymat» so‗zi nemischadan aynan 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin