190
bahosini qiymat talabga butunlay bog‗liq, degan nazariyaga
almashtirgan. Albatta, Marshall ham o‗zining g‗oyalari haqiqiy va uzoq
muddatga chiday olishi mumkinligidan umid qilgan. U 1870-yilgacha
o‗z nazariyasining fundamental matematik tuzilishi ustida ish olib
borishni boshlagan va keyinchalik taklif va talab analizlarini chizmalar
bilan yaqqol ko‗rsatishning asosiy uslublarini o‗rganib chiqan. U 1890-
yilgacha o‗zining kashfiyotini chop etmagan va faqatgina matematika va
chizmalarni snoska, ya‘ni havola va ilova bilan birga ma‘lum qilgan.
Marshall nazariyotchi, gumanitar, matematik va tarixchining g‗alati
aralashmasi. U o‗zining davridagi uslubiy munozarani tushuntirishga
harakat qilgan. Shu bilan birga, bir vaqtning o‗zida narxlarni
belgilaydigan
va
manbaning
ajratilgan
miqdoridagi
kuchlarni
tushuntirish uchun marjinalistlarning yangi uskunalar bilan eng zo‗r
klassik analizlarini nazorat qilgan.
Marshall iqtisodiy nazariyaning rivojlanishiga katta hissa qo‗shgan
bo‗lsa ham nazariy va uslubiy muammolarda uslubiy va ilmiy jihatdan
jiddiy lavozimni olishni rad qilishi iqtisodchilarning keyingi avlodlari
muvaffaqiyatga erishishiga sabab bo‗ldi.
Dostları ilə paylaş: