185
sotib olmaydilar va natijada baho pasayadi. Agar baho muvozanat
bahodan past bo‗lsa, unda xaridorlar sotib olishni xohlaydigan hajmdagi
tovarni sotish sotuvchilar uchun foydasi yo‗q va natijada baho pasayadi.
Bu jarayon sotish bahosi muvozanat bahoga teng bo‗lganda tugallanadi.
Avval ko‗rib chiqqanimizdek, bozor qiymati me‘yorli foydalilik va
Me‘yorli xarajatlar bilan aniqlanadi.
Demak, D talab egri chizig‗i teskari nishablikka ega, negaki, baho
oshib borishi bilan odatda, tovarga bo‗lgan talab kamayadi. Lekin
qanday darajada kamayadi? A.Marshall bu savolga javob berish uchun
baho bo‗yicha talab elastikligi tushunchasini kiritadi. Baho bo‗yicha
talab elastikligi (TE) baho muayyan darajada pasayganda, talab qanday
miqdorda o‗sishini yoki baho muayyan darajada oshganda talab qanday
miqdorda pasayishini ifodalaydi. Agar baho 1 % ga pasayganda sotish 1
% ga oshsa, TE=2,5 bo‗ladi, agar bahoning 1 % ga pasayishi sotishni 2,5
% oshirsa, TE=1 bo‗ladi va hokazo.
Agar talab egri chizig‗ining muayyan bir uchastkasida TE=1
bo‗lsa, unda ushbu uchastkada bahoning hech qanaqa o‗zgirishi
mazkur tovarni sotishga ta‘sir ko‗rsatmaydi. Agar shu uchastkada
TE<1 bo‗lsa, unda sotish miqdorining ancha kamayib ketishidan
qo‗rqmasdan bahoni pasaytirish mumkin, agar TE>1 bo‗lsa, unda
bahoning bir oz pasayishi sotish miqdorini ancha ko‗paytirishi
mumkin. Boshqacha aytganda, talab noelastik bo‗lganda foyda
bahoning o‗sishi hisobiga ko‗payishi mumkin, talab elastikligi paytida
esa bahoni pasaytirish hisobiga foydani oshirish mumkin.
Talabning elastikligi iste‘moldagi tovarlarning bir-birlarining
o‗rnini osongina bosa olishiga bog‗liq. Shuning uchun ommaviy
iste‘mol tovarlariga bo‗lgan talab kam elastik bo‗ladi.
Ammo bu bilan talab va taklif qonuning tahlili tugashi mumkin
emas, negaki, talab va taklifga vaqt tushunchasi ham o‗z ta‘sirini
ko‗rsatadi va shu bois uni tahlil qilish taqozo etiladi. Tekshirilayotgan
davr qancha qisqa bo‗lsa, talabning qiymatga bo‗lgan ta‘siri shuncha
kuchli bo‗ladi, bu davr qancha uzoq bo‗lsa, ishlab chiqarish
xarajatlarining qiymatga bo‗lgan ta‘siri shuncha kuchayib boradi.
Shu sababli A.Marshall
1>
Dostları ilə paylaş: