O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 A.Marshall va yangi klassik vaziyat



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

 
8.3. A.Marshall va yangi klassik vaziyat 
Marjinalistlar davlatning iqtisodiyotga aralashmaslik qoidasi bosh 
mezon hisoblangan iqtisodiy fanda yangi klassik yo‗nalishning 
boshlanishiga asos soldilar. Yangi klassiklarning tasdiqlashicha, bozor 
mexanizmi xo‗jalik jarayonlarini o‗zi tartiblashga, ishlab chiqarish va 
iste‘mol o‗rtasida muvozanat o‗rnatishga qodir, erkin bozorning o‗zaro 
ta‘siri asosida shakllanadigan munosabatlarga davlatning aralashuvi esa, 
muvozanatning buzilishiga, iqtisodiy samaradorlikning pasayishiga olib 
kelishi mumkin. Shuning uchun yangi klassik yo‗nalish vakillari xususiy 
tadbirkorlik va bozor imkoniyatlaridan to‗la foydalanish uchun 
kurashdilar. A.Smit an‘analarini davom ettirgan holda yangi klassiklar 
universal iqtisodiy qonuniyatlarni keltirib chiqarishga harakat qildilar. 
Ular marjinalizm metodologiyasiga suyangan holda iqtisodiy fanning 
asosiy bo‗limlarini o‗z ichiga oluvchi bir butun nazariy tizim yaratdilar. 
Xususan, firma daromadlarini taqsimlash, bozor muvozanati nazariyalari 


181 
ancha takomillashtirildi, iste‘mol tanlovi, umumiy (barcha bozorlar 
uchun) muvozanat nazariyalari yaratildi. O‗sha davrdagi yangi 
klassiklarning ilmiy qarashlari uning atoqli vakillaridan biri, Kembrij 
maktabining 
rahnamosi 
Alfred 
Marshallning 
(1842–1924) 
«Ekonomika prinsiplari» (1890)
kitobida ancha tizimlashtirilgan 
ko‗rinishda ifodalangan. Mazkur asar birinchi katta darslik vazifasini 
o‗tagan. Unda talab va taklif to‗g‗risidagi konsepsiyalar birlashtirilgan 
va ayrim bozorlarni o‗rganish uchun matematik dastaklar keng 
qo‗llanilgan. A.Marshall va uning hamfikrlari xizmati tufayli yangi 
klassik nazariya XX asrning 30 - yillarigacha iqtisodiy fanda yetakchi 
o‗rinni egallab keldi. 
A.Marshall marjinalizm g‗oyalarini mustaqil (Jevonsga bog‗liq 
bo‗lmagan holda) va o‗ziga xos uslubda rivojlantirdi. Klassik maktab 
(Smit, Rikardo, Mill) va marjinalizm (Mengerdan Valrasgacha) 
yutuqlarini birlashtiruvchi nazariy tizim yaratdi. 
 
Qiymat (qimmat) va narxning shakllanishi nazariyasi. 
Iqtisodiy 
fikrlar tarixida eng qiyin va murakkab muammolardan biri – qiymat 
muammosi hisoblanadi. A.Marshallning asari vujudga kelgunga qadar 
tovar qiymati muammosiga bo‗lgan ikki xil yondashuv mavjud bo‗lgan: 
qiymat yo ishlab chiqarish xarajatlari bilan, yoki tovarning foydaliligi va 
noyobligi bilan aniqlangan. Birinchi yondashuvga muvofiq, boylikning 
o‗sishi yo resurslar (mehnat, kapital va yer)ning unumdorligi natijasi 
yoki ishlab chiqarish omillari egalarining kelgusida daromadlarni 
ko‗paytirish maqsadida bugungi ne‘matlardan voz kechishi oqibatidir. 
Ikkinchi yondashuvga (me‘yorli foydalilik nazariyasi) ko‗ra qiymatning 
asosida bozor qatnashchilari tomonidan buyumning foydaliligiga 
berilgan subyektiv baho yotadi. Bu borada turli yondashuv vakillari 
o‗rtasidagi bahslar ko‗pincha abstrakt, behuda, samarasiz bo‗lgan. 
Ko‗pchilik mutaxassislarning fikriga ko‗ra A.Marshall bu 
bahslarga nuqta qo‗ydi va zamonaviy mikroiqtisodiy tahlil asosini 
yaratdi (iqtisodiy fikrlar tarixi bo‗yicha ba‘zi kitoblarda esa, hatto 
fandagi 
«marshall inqilobi»
to‗g‗risida ham gap yuritiladi). Uning 
xizmati shundan iboratki, u qiymatning birinchi (asosiy) sababini 
qidirishni tahlil qilishdan talab va taklifning shakllanish va o‗zaro ta‘sir 
ko‗rsatish qonuniyatlarini o‗rganishni tahlil qilishga o‗tishning 
zarurligini asoslab berdi. Boshqacha so‗z bilan aytganda A.Marshall 
qiymat nazariyasini baho nazariyasi (yoki bozor muvozanati 
nazariyasi)ga turlantirdi. 


182 
A.Marshall marjinalistlar yutug‗iga yuqori baho bergan holda 
ularning klassik maktab va D.Rikardoning xarajatlar nazariyasini bir 
tomonlama tanqid qilganini ko‗rsatib o‗tdi. Marjinalistlar qiymatni 
ishlab chiqarish xarajatlari bilan bog‗lab tushuntirishni rad etgach, 
tovar qiymatining (qimmat) asosini uning foydaliligi tashkil etadi, deb 
mazkur muammoga bir tomonlama yondashdilar (ular qimmatni faqat 
me‘yorli foydalilik bilan tushuntirdilar). A.Marshall Me‘yorli foydalilik 
nazariyasini talab va taklif nazariyasi va ishlab chiqarish xarajatlari 
nazariyasi bilan birlashtirdi. A.Marshallning tasdiqlashicha, ishlab 
chiqarish xarajatlari tamoyillari va me‘yorli foydalilik – talab va taklif 
qonunining tarkibiy qismlaridir. Ularning har qaysisini «qaychining 
tig‗laridan biriga qiyoslash mumkin. Agar bir tig‗ qo‗zg‗almas bo‗lib 
va qirqish ikkinchisining harakati tufayli amalga oshirilayotgan bo‗lsa, 
biz beparvolik bilan lo‗nda qilib ikkinchisi qirqayapti, deb aytishimiz 
mumkin…». Marjinalistlarning xatosi talab va taklif simmetriyasiga 
yetarlicha baho bermaganliklarida, yutug‗i esa ulargacha chetda qolib 
ketgan talab muammosiga e‘tiborni qaratganliklaridadir. 
O‗z mohiyatiga ko‗ra A.Marshall bo‗yicha, real qiymat – bu talab 
va taklif ta‘sirida shakllanadigan muvozanat baho. Bunda talab ham, 
taklif ham teng huquqli omil sifatida amal qiladi. A.Marshall yo taklifni 
(klassik nazariya) yoki talabni (me‘yorli foydalilik nazariyasi) hal 
qiluvchi omil sifatida ko‗rsatishga bo‗lgan urinishlarning har ikkalasi 
noto‗g‗ri ekanligi ko‗rsatib berdi. Shu asosida A.Marshall oldingi 
qiymat nazariyalaridan eng muhim qoida va konsepsiyalarni olib bir 
butun tamoyilga birlashtirdi. Masalan, sarfli qiymat nazariyasi bozor 
taklifining shakllanish qonuniyatlarini tushuntirib berish uchun 
foydalanildi, me‘yorli foydalilik nazariyasi esa bozor talabining 
shakllanish qonuniyatlarini tushuntirib berish uchun ishlatildi. 
A.Marshall tovar qiymati (bahosi)ni aniqlashda me‘yorli foydalilik va 
ishlab chiqarish xarajatlarini sintezlashtirdi. A.Marshall bo‗yicha tovar 
qiymati (bahosi) ikki omil: foydalilik va ishlab chiqarish xarajatlari bilan 
aniqlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin