181
ancha takomillashtirildi, iste‘mol tanlovi, umumiy (barcha bozorlar
uchun) muvozanat nazariyalari yaratildi. O‗sha davrdagi yangi
klassiklarning ilmiy qarashlari
uning atoqli vakillaridan biri, Kembrij
maktabining
rahnamosi
Alfred
Marshallning
(1842–1924)
«Ekonomika prinsiplari» (1890)
kitobida ancha tizimlashtirilgan
ko‗rinishda ifodalangan. Mazkur asar birinchi katta darslik vazifasini
o‗tagan. Unda talab va taklif to‗g‗risidagi konsepsiyalar birlashtirilgan
va ayrim bozorlarni o‗rganish uchun matematik dastaklar keng
qo‗llanilgan. A.Marshall va uning hamfikrlari
xizmati tufayli yangi
klassik nazariya XX asrning 30 - yillarigacha iqtisodiy fanda yetakchi
o‗rinni egallab keldi.
A.Marshall marjinalizm g‗oyalarini mustaqil (Jevonsga bog‗liq
bo‗lmagan holda) va o‗ziga xos uslubda rivojlantirdi. Klassik maktab
(Smit, Rikardo, Mill) va marjinalizm (Mengerdan Valrasgacha)
yutuqlarini birlashtiruvchi nazariy tizim yaratdi.
Qiymat (qimmat) va narxning shakllanishi nazariyasi.
Iqtisodiy
fikrlar tarixida eng qiyin va murakkab muammolardan biri – qiymat
muammosi hisoblanadi. A.Marshallning asari vujudga kelgunga qadar
tovar qiymati muammosiga bo‗lgan ikki xil yondashuv mavjud bo‗lgan:
qiymat yo ishlab chiqarish xarajatlari bilan, yoki tovarning foydaliligi va
noyobligi bilan aniqlangan. Birinchi yondashuvga muvofiq,
boylikning
o‗sishi yo resurslar (mehnat, kapital va yer)ning unumdorligi natijasi
yoki ishlab chiqarish omillari egalarining kelgusida daromadlarni
ko‗paytirish maqsadida bugungi ne‘matlardan voz kechishi oqibatidir.
Ikkinchi yondashuvga (me‘yorli foydalilik nazariyasi) ko‗ra qiymatning
asosida bozor qatnashchilari tomonidan buyumning foydaliligiga
berilgan subyektiv baho yotadi. Bu borada turli yondashuv vakillari
o‗rtasidagi bahslar ko‗pincha abstrakt, behuda, samarasiz bo‗lgan.
Ko‗pchilik mutaxassislarning fikriga ko‗ra A.Marshall bu
bahslarga nuqta qo‗ydi va zamonaviy mikroiqtisodiy tahlil asosini
yaratdi (iqtisodiy fikrlar tarixi bo‗yicha ba‘zi
kitoblarda esa, hatto
fandagi
«marshall inqilobi»
to‗g‗risida ham gap yuritiladi). Uning
xizmati shundan iboratki, u qiymatning birinchi (asosiy) sababini
qidirishni tahlil qilishdan talab va taklifning shakllanish va o‗zaro ta‘sir
ko‗rsatish qonuniyatlarini o‗rganishni tahlil qilishga o‗tishning
zarurligini asoslab berdi. Boshqacha so‗z bilan aytganda A.Marshall
qiymat nazariyasini baho nazariyasi (yoki bozor muvozanati
nazariyasi)ga turlantirdi.
182
A.Marshall marjinalistlar yutug‗iga
yuqori baho bergan holda
ularning klassik maktab va D.Rikardoning xarajatlar nazariyasini bir
tomonlama tanqid qilganini ko‗rsatib o‗tdi. Marjinalistlar qiymatni
ishlab chiqarish xarajatlari bilan bog‗lab tushuntirishni rad etgach,
tovar qiymatining (qimmat) asosini uning foydaliligi tashkil etadi, deb
mazkur muammoga bir tomonlama yondashdilar (ular qimmatni faqat
me‘yorli foydalilik bilan tushuntirdilar). A.Marshall Me‘yorli foydalilik
nazariyasini talab va taklif nazariyasi va ishlab chiqarish xarajatlari
nazariyasi bilan birlashtirdi. A.Marshallning tasdiqlashicha, ishlab
chiqarish xarajatlari tamoyillari va me‘yorli foydalilik – talab va taklif
qonunining tarkibiy qismlaridir. Ularning har qaysisini «qaychining
tig‗laridan biriga qiyoslash mumkin. Agar bir tig‗ qo‗zg‗almas bo‗lib
va qirqish ikkinchisining harakati tufayli amalga oshirilayotgan bo‗lsa,
biz beparvolik bilan lo‗nda qilib ikkinchisi qirqayapti, deb aytishimiz
mumkin…». Marjinalistlarning xatosi talab va taklif simmetriyasiga
yetarlicha baho bermaganliklarida, yutug‗i
esa ulargacha chetda qolib
ketgan talab muammosiga e‘tiborni qaratganliklaridadir.
O‗z mohiyatiga ko‗ra A.Marshall bo‗yicha, real qiymat – bu talab
va taklif ta‘sirida shakllanadigan muvozanat baho. Bunda talab ham,
taklif ham teng huquqli omil sifatida amal qiladi. A.Marshall yo taklifni
(klassik nazariya) yoki talabni (me‘yorli foydalilik nazariyasi) hal
qiluvchi omil sifatida ko‗rsatishga bo‗lgan urinishlarning har ikkalasi
noto‗g‗ri ekanligi ko‗rsatib berdi. Shu asosida A.Marshall oldingi
qiymat nazariyalaridan eng muhim qoida va konsepsiyalarni olib bir
butun tamoyilga birlashtirdi. Masalan, sarfli qiymat nazariyasi bozor
taklifining shakllanish qonuniyatlarini
tushuntirib berish uchun
foydalanildi, me‘yorli foydalilik nazariyasi esa bozor talabining
shakllanish qonuniyatlarini tushuntirib berish uchun ishlatildi.
A.Marshall tovar qiymati (bahosi)ni aniqlashda me‘yorli foydalilik va
ishlab chiqarish xarajatlarini sintezlashtirdi. A.Marshall bo‗yicha tovar
qiymati (bahosi) ikki omil: foydalilik va ishlab chiqarish xarajatlari bilan
aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: