183
larini topa olsin... Baho pasayganda talab qilinadigan tovarlar miqdori
ko‗payadi, baho oshganda esa – kamayadi. Bunda bahoning pasayishi
bilan talabning oshishi o‗rtasida qat‘iy o‗rnatilgan bir xil nisbat
bo‗lmaydi».
O‗z mohiyatiga ko‗ra A.Marshall Me‘yorli
foydaliliklar tengligi
qonuniga asoslangan holda foydalilik funksiyasidan talab egri chizig‗ini
keltirib chiqargan birinchi iqtisodchi hisoblanadi. U quyidagi
ko‗rinishda aks ettiriladi:
MU
x
/P
x
=MU
e
/P
e
=…MU
e
,
bunda MU
x
– x tovarning me‘yorli foydaliligi, R
x
– o‗sha
tovarning bahosi, MU
e
– pulning me‘yorli foydaliligi. Bu qonunni
uch xil ekvivalentli shaklda ifodalash mumkin. Iste‘molchi o‗z
ehtiyojini qondirishni maksimallashtiradi, agar u 1)
xarid qilingan
barcha tovarlarning me‘yorli foydaliliklarini tenglashtirsa; 2)
iste‘mol qilinadigan har bir juft tovarning me‘yorli foydaliliklari
nisbatini va baholar nisbatini tenglashtirsa; 3) muayyan bozor
narxida sotib olingan har bir tovarni pul qiymatining me‘yoriy
foydaliligini tenglashtirsa.
Iste‘molchi muvozanatga erishdi, P
x
bahosi
esa pasaymoqda, deb
faraz qilaylik. Unda MU
x
>P
x
MU
e
va muvozanatni qaytadan tiklash
uchun MU
x
miqdorini kamaytirish maqsadida x tovarni ko‗proq sotib
olish kerak bo‗ladi. Haqiqatan ham tovarning bahosi pasaysa,
iste‘molchi uni sotib olishni ko‗paytiradi, negaki,
bunday tovarning
bahosi pasayganda iste‘molchi bir so‗mga har qanday boshqa tovarga
qaraganda ushbu x tovardan ko‗proq foydalilik oladi. X tovarning
xaridi ko‗paygan sari me‘yorli foydalilikning pasayishi MU
x
pasayishini kafolatlaydi. Demak, iste‘molchi o‗zining cheklangan
daromadlari va joriy narx doirasida o‗z
ehtiyojini doimo maksimal
darajada qondirishga intilgan sharoitda talab egri chizig‗ining teskari
nishabligi kelib chiqadi.
Bu dalil-isbotlar shu narsani ko‗zda tutadiki, x tovarning narxi
pasayishi natijasida individning daromadi ko‗paymaydi, buning
natijasida MU
x
ning miqdori uyg‗unlashish
jarayoni davomida
doimiyligi saqlanib qoladi. Lekin individ o‗zining barcha xarajatlarining
me‘yorli foydaliligini yana tenglashtirishi bilanoq, uning real daromadi
oshadi. Bu saqlanayotgan pul mablag‗larining me‘yorli foydaliligini
pasaytiradi va shu bilan barcha tovarlarning, jumladan x tovarning ham
184
xaridining ko‗payishga olib keladi. Bunda daromad samarasi ijobiy
hisoblanadi va biz x ga teskari nishabli talab egri chizig‗iga va
daromadga bog‗liq bo‗lgan ijobiy talabga ega bo‗lamiz.
Bundan tashqari bu yerda foydalilik
funksiyalarining additivligi
27
taqozo etiladi: individ sotib olayotgan har bir tovarning foydaliligi
boshqa tovarlarning foydaliligiga bog‗liq bo‗lmaydi. Haqiqatda esa
ularning o‗rtasida bog‗liqlik amal qilishi mumkin, bunday bog‗liqlik
natijasida U – miqdori ko‗payganda MU
x
ko‗payadi yoki kamayadi. Bu
tahlilni yana ham murakkablashtiradi.
Agar yuqorida aytilganlarni chizma ko‗rinishida ifodalasak, unda
koordinatlarda (baho, tovar miqdori) Marshall «kresti» kelib chiqadi:
pastga yo‗naltirilgan D talab egri chizig‗i bilan yuqoriga yo‗naltirilgan S
taklif egri chizig‗ining kesishishi (8.2-chzma). D egri chizig‗i
iste‘molchi uchun mazkur tovarning me‘yorli
foydaliligining pasayish
qonunini ifodalasa, S egri chizig‗i me‘yorli xarajatlarning oshib
borishini ifodalaydi. Ularning kesishgan nuqtasi muvozanat bahoni
bildiradi va ushbu baho xaridorlar sotib olishni, sotuvchilar esa sotishni
xohlaydigan tovar miqdorini aniqlab beradi. Bu ikki miqdor faqat
muvozanat baho paytida bir-biriga to‗g‗ri keladi. Agar taklif bahosi talab
bahosi bilan tenglashsa, muvozanat baho vujudga keladi. Rasmdagi P
1
–
muvozanat baho. Ushbu
bahoda sotuvchilar bir xil Q
1
miqdordagi
tovarni sotishni xohlaydilar, xaridorlar esa sotib olishni.
P
P
1
0
Q
1
Q
8.2-chizma.
Dostları ilə paylaş: