175
iste‘molchilar xatti-harakatini tartibga solib turuvchi kuch hisoblanadi.
E.Bem-Baverkning yozishicha: «Me‘yorli foydalilik g‗oyasi – bu
iqtisodiy hayotning eng murakkab ko‗rinishlarini yechishga kalit va
ilmning eng chigal muammolarini hal etishga imkon beruvchi formula –
«Ochil dasturxondir».
Me‘yorli foydalilik nazariyasiga binoan tovarlar narxi asosida
mehnat sarflari bilan aniqlanadigan qiymat emas, balki ushbu
buyumning foydaliligi yotadi. Me‘yorli foydalilik nazariyasi tarafdorlari
tovarda mujassamlashgan mehnat natijasi sifatidagi qiymatga foydalilik
kategoriyasini odamning narsaga bo‗lgan munosabatini ifodalovchi
subyektiv baholashni qarshi qo‗yadi.
Qiymatning mehnat nazariyasida mehnat sarflarining bevosita
o‗lchovi ish vaqti hisoblanadi. Tovar qiymati induvidual ish vaqti bilan
emas, balki ijtimoiy zaruriy atalmish ish vaqti bilan o‗lchanadi. Ijtimoiy
zaruriy ish vaqti me‘yorli ishlab chiqarish sharoitida, o‗rtacha mahorat
va mehnat intensivligida muayyan iste‘mol qiymatini ishlab chiqarishga
ketgan vaqt bilan ifodalanadi.
Qiymatning mehnat nazariyasiga muvofiq faqat bozorda
ayirboshlash jarayonida ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari darajasi
ro‗yobga chiqadi. Faqat bozorda qiymat almashuv qiymat shaklida
namoyon bo‗ladi. Oddiy qilib aytganda, qiymat ishlab chiqarishda
yaratiladi, bozorda esa namoyon bo‗ladi. Mana shu yerda me‘yorli
foydalilik nazariyachilari e‘tiroz bildiradilar. Uning ma‘nosi nimadan
iborat? Agar tovar bozorda xarid qilingan bo‗lsa, bu jarayon o‗sha
tovarni ishlab chiqarishga kimdir sarflagan ijtimoiy zaruriy mehnat
xarajatlarini baholash uchun amalga oshirilmaydi, balki bu tovar xaridor
uchun muayyan foydali samaraga ega bo‗lganligi uchun, xaridor bu
tovarning qadr-qimmatini bilganligi uchun amalga oshiriladi. XIX
asrning oxiri XX asrning boshlarida «qiymat» so‗zi nemischadan aynan
Dostları ilə paylaş: