TU
3
2
1
0 1 2 3 Q
8.1-chizma.
Me‟yorli foydalilikning pasayish qonuni
Demak, xulosa qilish mumkinki, me‘yorli foydalilik miqdori
mazkur tovar miqdoriga va unga bo‗lgan iste‘mol darajasiga bog‗liq.
Har bir alohida buyum (tovar)ning me‘yorli foydaliligi konkret va shu
bilan birga subyektivdir. Birinchi ko‗zadagi suvning foydaliligi juda
yuqori: agar chanqovni qondirishga boshqa bironta ko‗zada suv
bo‗lmasa. Beshinchi yoki oltinchi ko‗zadagi suvning foydaliligi ancha
kam: u gullarga suv quyish yoki pol yuvishga ishlatiladi. O‗ninchi
ko‗zaga kelsak, u umuman ortiqcha bo‗lishi mumkin. Uy javonida uning
egasiga, misol uchun, yetti juft etik yetarli; qolganlari javonda faqat
joyni band qiladi va ularni kiyib ulgurmasdanoq modadan chiqib qolishi
mumkin.
Foydalilikning pasayib borishi buyumning haqiqiy qimmati nima
bilan (uning eng ko‗p, o‗rtacha yoki eng kam foydaliligi bilan)
aniqlanishini tushunishda yordam beradi. Avstriya maktabi vakillari
nazariyasiga ko‗ra konkret qimmat eng kam yoki me‘yorli foydalilik
bilan aniqlanadi.
Xaridor o‗zi uchun yagona bo‗lgan bir juft etik uchun yettinchi etikka
qaraganda ko‗p haq to‗lashga tayyor. Unga birinchi juft etikka
qaraganda yettinchisining foydasi ancha kam. Demak, foydalilikka
subyektiv baho beriladi, tovar miqdori ko‗payib borgan sari foydalilik
pasayib boradi va bu miqdorning kamayib borishi bilan foydalilik oshib
boradi. Bozorning tovarlar bilan to‗yinish darajasini o‗rganayotgan
ishlab chiqaruvchi ham ushbu xususiyatni hisobga olgan holda ish
yuritadi.
178
8.2. Buyumni taqsimlash, ayirboshlash va uning ijtimoiy
me‟yorli foydaliligi
Har xil ehtiyojlarni qondirish
uchun buyumlar
qanday
taqsimlanishi kerak? Faraz qilaylik, bitta Z buyumning o‗zi uchta – A, V
va S ehtiyojlarni qondirishi mumkin. Bu yerda A ancha muhim ehtiyoj,
S esa unchalik ahamiyatli bo‗lmagan ehtiyoj. Demak, ehtiyojlarning har
birini qondirish uchun Z buyumi birligining me‘yorli foydaliliklari har
xil (mazkur sxema «Menger jadvali» deyiladi, 8.1-jadval).
8.1-jadval
A
V
S
4
3
3
2
2
2
1
1
1
Faqat bitta Z buyum birligiga ega bo‗lgach, odam uni A ehtiyojni
qondirish uchun foydalanadi, negaki, bu vaziyatda uning me‘yorli
foydaliligi eng yuqori – 4 shartli birlikka teng. Agar kishida 6 ta buyum
birligi bo‗lsa, unda ularning uchtasini u A ehtiyojni qondirishga
ishlatadi, ikkitasini – V ehtiyojga, bittasini esa – S ehtiyojga ishlatadi.
Bunda ehtiyojlarning umumiy qoniqishi 16 shartli birlikka teng (barcha
Me‘yorli foydaliliklarning yig‗indisi). Bu yerda buyumlarning boshqa-
cha taqsimlanishi inson uchun ancha kam qimmatli ekanligini bilish
qiyin emas. Shunday qilib, qandaydir bir buyum birliklari har xil
e‘htiyojlar o‗rtasida ratsional taqsimlanganda me‘yorli foydaliliklar
baravarlashadi:
MUa = MUb = Mus.
Bozorda
tovarlarni
xarid
qilishda
umumiy
foydalilikni
maksimallashtirish uchun ularning narxini ham hisobga olish kerak.
Bunda xaridor qimmat tovar o‗rniga arzonroq tovarlardan ko‗proq sotib
olishi va bu bilan u xarid qilingan tovarlarning har biriga sarflangan har
bir pul birligidan bir xil qoniqish hosil qilishi mumkin. Gossenning
ikkinchi qonuni me‘yorli foydaliliklarning baravarlashuvini ifodalaydi,
ya‘ni bu qonunga muvofiq bir pul birligiga olingan har bir tovarning
me‘yorli foydaliliklari tengligi amal qilishi kerak. Boshqacha aytganda,
go‗sht yoki baliq sotib olishga sarflangan har bir oxirgi pul birligi, o‗z
179
foydaliligi bo‗yicha, makaron yoki kartoshka sotib olishga sarflangan
oxirgi pul birligiga teng bo‗lishi kerak.
Iste‘mol muvozanatining bunday shartini quyidagicha ifodalash
mumkin:
,
...
3
3
2
2
1
1
n
n
P
MU
P
MU
P
MU
P
MU
Dostları ilə paylaş: |