207
Shunga qaramasdan Kournot umumiy muvozanat modeli
tuzilishini
qabul
qilish
uchun
matematik
tahlil
yetarlicha
rivojlanmaganligini sezardi. J.H.Fon Tyunen (1783-1850) ham iqtisodiy
nazariyadagi muammolarni hal qilish uchun hisobdan foydalangan.
Kournot kabi iqtisodchi olimlarning matematik mulohazalari umumiy
muvozanat modelini bir vaqtda sodir bo‗ladigan tenglamalar tizimi kabi
tasavvur qilishga olib keldi. Balki ular Valrasga nisbatan yaxshiroq
matematik bo‗lishganligidan (Valras Fransiyadagi nufuzli Ekol
Politexnik ga kirish imtihonlaridan o‗ta olmaganligidan qatnasha
olmagan edi, Kournot esa aqlli matematik sifatida E‘tirof etilgandi),
Kournot va Tyunen fikrlarni o‗lchashning imkonsizligi va muammoni
bo‗ysundirish uchun zarur g‗oyalarning ko‗pligi sababidan umumiy
muvozanat nazariyasining murakkablashgan aloqalariga to‗xtalib
o‗tishmagan.
Valras o‗z navbatida boshqalar yurishga qo‗rqadigan yo‗lga qadam
qo‗ydi. Shu kabi Leon Valras iqtisodiyot modelini shakllantirishda
matematik notiqlikni qo‗llab umumiy muvozanatga aniqlik va ochiqlik
ko‗rinishini berdi. Uning amalga oshirgan ishlari, shuningdek, abstrak
modelni qurishga va matematikani qo‗llashga urg‗u berganligi sababli
uni ajdodlari singari maqtalishga loyiq, deb e‘tirof etish mumkin.
Biz Valras modelini qisqacha izohlab beramiz va u ko‗targan ba‘zi
masalalarni muhokama qilamiz. Buni boshlashdan avval umumiy va
nisbiy muvozanat modellaridagi farqlarni o‗rganish maqsadga muvofiq,
deb hisoblaymiz.
Dostları ilə paylaş: