O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

 
Keynschilik siyosati 
Keynschilik iqtisodiyoti bahs-munozaralar siyosatiga aloqador 
bo‗lib, o‗zida faollar siyosatiga bo‗lgan ehtiyojni ham mujassam etgan 
modelni yaratdi. Bu modelda umumiy talab iqtisoddagi daromadlar 
darajasini nazorat qilar edi, hukumat esa umumiy talabni monetar va 
moliyaviy siyosat orqali nazorat qilib borishi lozim edi.
1950-1960-yillarda keynschilik siyosati monetar va moliyaviy 
siyosat orqali aniq sozlama vazifasini o‗tay boshladi. Abba Lerner 
(1903-1982) keynschilik tahlilini aniq sozlama darajasiga ko‗tarishda 
katta hissa qo‗shgan shaxs sanaladi. Lerner o‗zining e
conomics of 
Control 
(Nazorat iqtisodiyoti)(1944) kitobida hukumat 
barqarorlikni 
saqlash yoki moliyaviy 
(doim byudjet balansini saqlash) siyosat ortidan 
bormasdan, olib borilgan siyosatning o‗zini emas, balki uning natijasini 
inobatga oluvchi 
funksional moliya
siyosatini olib borishi kerak, degan 
fikrni ta‘kidlab o‗tadi.
Funksional moliya hukumatga iqtisodni ―boshqarish‖ imkonini 
beradi, metaforik tarzda aytganda monetar va moliyaviy siyosatni 
hukumatning boshqaruv roli, deb tasvirlash mumkin. Lerner fikricha, 
hukumat moliyaviy va monetar siyosatdan o‗zining makroiqtisodiy 
maqsadlariga, 
ya‘ni yuqori darajadagi bandlikka, narxlardagi 
barqarorlikka va yuqori iqtisodiy o‗sish ko‗rsatkichlariga erishish uchun 
foydalanishi lozim. Defitsit hajmi butunlay nomutanosib edi: agar 
ishsizlik paydo bo‗lsa, hukumat defitsit va pul yetkazib berishni 
oshirishi lozim bo‗lar, inflyatsiya kelib chiqqanda esa hukumat bu 
ishning teskarisini amalga oshirishi lozim bo‗lar edi. 
Lernerning ―keynschilik‖ qarashlariga nisbatan bunday zaif iddaosi 
ko‗pchilik keynschilarning izzat-nafsiga tegdi va ular o‗rtasida kuchli 
bahs 
va 
munozaralarni 
keltirib 
chiqardi, 
hattoki, 
Keynsni 


223 
keynschilikizmdan voz kechishiga olib keldi.
37
O‗sha davrlardagi mash-
hur keynschilik haqida Yevsey Domar shunday degan edi: ―hattoki, 
keynschilar Lernerning defitsit asosiy muammo emas, degan fikrini 
eshitib, cho‗chib ketishdi va u buni ba‘zi hollarda noto‗g‗ri ta‘kidlagan, 
degan fikrni ilgari surishdi.‖
38
Lekin tez orada Keyns o‗z fikridan qaytdi 
va Lerner iqtisodiyot sohasida ko‗p ishlarni amalga oshirgani va 
keynschilik iqtisodiy siyosati funksional moliya bilan tenglashishidan 
oldin Lerner bu ishlarni amalga oshirganini inobatga olib Keyns uning 
fikriga qo‗shildi. Monetar va moliyaviy siyosatlar siyosiy ommaning 
e‘tiborini ko‗proq o‗ziga jalb qila olar edi. Ko‗pchilik iqtisodchilar va 
boshqalar Depressiya hukumat iqtisodiyotni boshqarishida kattaroq rol 
o‗ynashi kerakligini isbotlab berdi, deb ishonishar edi.
Monetar va moliyaviy siyosat esa o‗sha rolni minimal darajada 
saqlab turar edi. Bozorlarga avvalgidek erkin faoliyat olib borishlariga 
imkon berilar edi. Hukumat sarmoyaning darajasini bevosita belgilamas, 
u shunchaki byudjet defitsiti yoki qoldig‗i siyosatini olib borish orqali 
umumiy daromadga bilvosita ta‘sir o‗tkazishi mumkin edi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin