O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Umumiy nazariyada konseptual tabiiylik



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

Umumiy nazariyada konseptual tabiiylik
 
Iqtisodiyot 
nazariyasi 
sohasida yozilgan 
istalgan 
kitobni 
ochganingizda Keynsning 
Umumiylik nazariyasi
dan ko‗ra ko‗proq 
farazlarga duch kela olmaysiz. Aniq qilib aytadigan bo‗lsak, boshqa 
iqtisodchilar o‗z farazlarining aniqlilik va haqiqiylik darajalarini izohlab 
o‗tishsada, Keyns o‗z farazlarini aksincha, ishonchli tarzda aks 
ettirishini ta‘kidlab o‗tadilar. Ushbu kamtarlikning yetishmasligi 
Keynsning yoshlik davrlariga borib taqaladi. Kollejni bitirish arafasida 
fuqarolarga xizmat ko‗rsatish xodimi kasbiga o‗tish imtihonini 
topshiradi, ammo iqtisodiyotdan yuqori ball ola olmaydi, uning javobi 
quyidagicha bo‗lgan edi ―Shubhasiz men imtihon oluvchilarga nisbatan 
iqtisodiyot sohasida ko‗proq bilimlarga egaman‖
35
. Keyns 
Umumiylik 
nazariyasi
ustida ish olib borayotgan davrda, u iqtisodiy masalalar 
haqida dunyo ahlini fikrlashga undovchi usullarni batamom 
o‗zgartirishga yordam beruvchi yangi kitob yozayotganligi haqida Jorj 
Bernard Shouga noma yo‗llagan. 
Umumiylik nazariyasi
ning birinchi 
bobi bir abzatsdan iborat. Keyns ushbu bobda oldingi nazariya o‗zining 
umumiyroq holda ko‗rsatib o‗tilgan ko‗rinishi ichra jalb qilinishi kerak 
bo‗lgan muhim vosita ekanligi mazmunidan kelib chiqib, yangi nazariya 
umumiylik nazriyasi, deb nom olganligini tasdiqlagan. ―O‗tgan 
nazariya‖ orqali Keyns Rikardoning iqtisodiy qarashlarini Seyning 
qonuniga aloqadorlikda, deb ifodalab, klassik va neoklassik iqtisodiyotni 
ko‗rsatib o‗tdi hamda ushbu qarashlarga izdoshlar sifatida quyidagi 
iqtisodchilarni keltirib o‗tdi: J. S. Mill, Marshall, keynschilik iqtisodi-
yotining eng muhim ajralib turuvchi ko‗rinishi siyosiy tomonga 
yo‗nalgan bo‗lsada, uning eng dolzarb asari, ya‘ni 
Umumiylik nazariyasi
professional iqtisodchilar o‗rtasida ko‗pchilikning e‘tiboriga tusha olgan 
haqiqiy nazariy masalalar yoritilgan kitob bo‗ldi, deb e‘tirof etdilar. 
Keyns quyidagilarni keltirib o‗tadi: ―Bu kitob men bilan zamondosh 
iqtisodchilarga bag‗ishlangan. Umid qilamanki, ushbu asar boshqalarga 
ham qiziqarli bo‗ladi. Ammo mazkur asarning asosiy maqsadi 
nazariyaning qiyin masalalarini hal qilishdan iborat va faqat shundan 
34
Paul Samuelson, ―The General Theory: 1946,‖ in 
Keynes‟s General Theory: Reports of Three Decades
, ed. Robert 
Lekachman (New York: St. Martin‘s Press, 1964), p. 315.
35
R. F. Harrod, 
The Life of John Maynard Keynes 
(New York: Harcourt Brace, 1952), p. 121.


219 
so‗nggina nazariyani amaliyotga qo‗llay olish mumkin bo‗ladi‖
36
. Keyns 
nazariyasida qo‗llab o‗tgan usulni tushunish orqali kelib chiqishi 
mumkin bo‗lgan qarama-qarshiliklar bartaraf etilishi mumkin. 
Ko‗pchilik iqtisodiy nazariyalar nokontekstual, deb nom olishi mumkin, 
ya‘ni ular institutsional bo‗shliqda shakllanadi. Bu kabi nazariyalar 
deduktiv mantiq orqali tushuntirilishi mumkin, ular e‘tibor bilan 
ko‗rsatib o‗tilgan farazlar asosida qilingan xulosalardan kelib chiquvchi 
birlamchi tamoyillarga asoslanadi. Ushbu gipotezalarga kelishda har bir 
shaxs uni haqiqiy tomondan emas, balki gipotezalar o‗rtasidagi o‗zaro 
bog‗liqlikning ajralmas mantiqiy tomoniga e‘tibor qaratishi ta‘kidlanadi. 
Bunday nazariyalar analitik nazariyalar, deb ataladi. To‗g‗ri bajarilgan 
umumiy tenglik tahlili analitik nazariya hisoblanadi. Gipotezalar 
haqiqiylikdan muqarrar tarzda ajratib ko‗rsatilishi natijasida keng 
yoritilgan analitik nazariyalardan siyosiy xulosalar chiqarish anchagina 
murakkablik tug‗diradi.
Keyns turli xil nazariyalarni qo‗llagan, ulardan biri ―realitik‖ deb 
nom olgan, chunki bu nazariya realistik hamda analitik yo‗nalishlar 
o‗rtasidagi qarama-qarshiliklarni aks ettiradi. ―Realitik‖ nazariya 
kontekstual sanaladi, u deduktiv mantiqni qo‗llash orqali iqtisodiyot 
haqida induktiv ma‘lumotlar beradi. Gipotezalar asosida reallik yotadi. 
Realitik nazariyalar bir-biridan ajralmas xususiyatlarga ega, ammo 
ularning reallikka yaqindan bog‗liq bo‗lishi tufayli siyosiy xulosalarga 
ega bo‗lish anchagina oson kechadi. Keyns 
Umumiylik nazariyasida
mazkur prinsiplarni birlamchi o‗ringa qo‗ymadi, balki uning o‗rniga 
gipotezalar asosida reallik yotishini ta‘kidlab o‗tdi. Nazariyaga barcha 
e‘tiborini qaratgan bo‗lsada, unda siyosiy mohiyat ham mavjudligini 
anglay oldi. Keltirib o‗tilgan misollar realitik va analitik nazariyalar 
o‗rtasida farqni keltirib chiqaradi. Keyns o‗z nazariyasining tasdig‗i 
sifatida maosh va ish haqi darajalari bir-biriga bog‗liq tarzda o‗zgarmas 
bo‗lishini aniqladi. Keyns 
Umumiylik nazariyasida 
o‗zgaruvchan narxlar 
darajasi haqida qisqacha fikr yuritsada, ishsizlik muammosini hal 
etishning iloji topilmadi, uning asosiy mohiyati haqida fikr bildirish u 
uchun ahamiyatsiz edi; ishsizlik muammosini qanday qilib hal etish 
kerakligi masalasining mavjudligi o‗zgarmas maosh hamda narxlar 
darajasini iqtisodiyotda qo‗llash zarurligidan dalolat berar edi. U realitik 
yo‗nalish bo‗yicha bu masalani hal eta oldi, chunki haqiqiy analitik 
36
J. M. Keynes, 
The General Theory of Employment, Interest, and Money 
(London: Macmillan and 
Co., 1936), p. 3.


220 
model shu kabi gipotezalar qilishga imkon bera olmas edi. Keyns o‗z 
nazariyasiga analitik baza yaratish maqsadida uni boshqalarga qoldirdi.
Makroiqtisodiy 
g‗oyalarning keyingi shakllanish bosqichi 
makroiqtisodiyotni analitik baza bilan ta‘minlash uchun ko‗makchi 
bo‗ldi. Keyns davriy o‗zgarishlar jarayonida pulning miqdoriylik 
nazariyasini qo‗llash haqida fikr yuritgan ikki jildlik 
Treatise on Money 
(
Pulga oid izohlar)
nomli kitobini ustida, keyinroq esa, 
Umumiylik 
nazariyasi 
ustida ish olib bordi. Umumiylik nazariyasida Keyns oldinlari 
birgalikda yaqindan ish olib borgan hamkasbi Denis Robertsonga 
achinish hissi borligi sababli bu yo‗nalishni tark etdi. U buning o‗rniga 
oddiy hamda yangi yo‗nalish – jamg‗arma va investitsiyalar o‗rtasidagi 
bog‗liqlikka e‘tibor qaratdi. Murakkab maqsadga erishish yo‗lida Keyns 
neoklassik monetar tengsizlik yo‗nalishini hamda ―klassik nazariya‖ deb 
nomlangan va iqtisodiy g‗oyalar bo‗rttirib ko‗rsatilgan qadimiy klassik 
yo‗nalishlarni birlashtirib o‗tdi. Buning natijasida u o‗zining yangi 
yo‗nalishidan tubdan farqlanuvchi klassik ta‘limotning karikaturasini 
yaratdi. Keynschilik maktabi multiplikator modeli (ba‘zida AYE/AP 
modeli, deb ham ataladi), IS/LM modeli va AS/AD modeli kabi turli xil 
modellarni tahlil qilishdi. Bu modellar 1980-yillar mobaynida 
makroiqtisodiyot sohasining asosini tashkil etgan va haligacha nashrdan 
chiqqan qo‗llanmalarda o‗z aksini topib kelmoqda. Lekin Keynschilik 
iqtisodiyoti o‗z ahamiyatini yo‗qotib borgani sayin zamonaviy 
makroiqtisodiyot turli xil yo‗nalishlarda davom etmoqda.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin