O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

 
 
9.2-chizma. 
O„zaro bog„langan sanoat tarmoqlari 
Nisbiy muvozanat tahlili kompleks muammoni biror sektorni 
iqtisodiyotning boshqa sohalaridan ajratib (misol uchun biror sanoat 
turini, boshqalarining ta‘sirini inkor qilish orqali) yechimli shaklga 
keltirish mumkin. Yuqorida tahlil qilganimiz kabi uni muhokama va 
munozara qilish osonroq bo‗ladi. Ochiqlik va aniqlik nazariy to‗liqlikda 
foydalidir. 
Agarda biz ikkinchi va uchinchi sanoat tarmoqlarini qo‗shib, 
umumiyroq muvozanatga harakat qilganimizda, tahlil shu darajada 
murakkab shakl olgan bo‗lardiki, uning chizmasi ochiqlikdan ko‗ra 
chalg‗itadigan darajada chalkash bo‗lar edi. Valrasning sanoat 
tarmoqlarining o‗ziga xos mustaqilligidan foydalanib tushuntirishi uning 
fanga qo‗shgan katta hissasi bo‗ldi. Bu oson tushuniladi va matematik 
bog‗lanadi. Uning umumiy muvozanat tahlili matndan tashqari 
muhokamalar uchun qo‗l keladi.
 


210 
9.4.Valras haqida so„z 
Taxminlarga ko‗ra biz mol go‗shti sanoatida narx va ishlab 
chiqarish hajmiga qiziqamiz. Mol go‗shtiga bo‗lgan talab va uni 
qondirish tenglamalarda miqdorni ta‘minlash va miqdorni talab qilish 
qiymatlariga bog‗liqligi kabi ifodalanadi. Qiymat modellarida 3 ta 
o‗zgaruvchanlik borligiga qaramay miqdorni ta‘minlash va miqdorni 
talab qilish – muvozanatda faqatgina ikkitasi noma‘lum, chunki talab 
miqdori taklif miqdoriga teng. Mol go‗shti sanoatidagi muammo 
muvozanatlashgan qiymatni topish, undan keyin taklif uchun tenglama, 
talab uchun tenglama va ikkita noma‘lumlardan tashkil topadi.
 
 
 
9.3-chizma.
 Iqtisodiyotninig sektorlari o„rtasidagi o„zaro uzviy 
aloqadorlik 
 
Xo‗jaliklar bozorga so‗nggi tovarlar uchun kiradi, berilgan 
imtiyoz, chegaralangan daromad va bu tovarlar uchun pul miqdori 
chegaralanadi. Firmalar bozorlarni bajonudil so‗nggi tovarlar bilan 
ta‘minlaydi; shunday qilib so‗nggi tovarlar bilan ta‘minlash firmalardan 
xo‗jaliklarga o‗tadi. Bu bozorlardagi holatlar 9.3-chizmaning yuqori 
qismida ko‗rsatilgan, so‗nggi tovarlarning qiymatlari va miqdorlari 
ta‘minlanadi va miqdorlar belgilanishi talab qilinadi. Bu bozorlarda 
muvozanat bo‗lishi uchun taklif miqdori va talab miqdori har bir tovar 
uchun teng bo‗lishi kerak.


211 
Omilli daromadlar 9.3-chizmaning pastki qismida ko‗rsatilgan. Bu 
bozorlarda firmalar hudud, ishchi kuchi va ro‗zg‗or xarajatlaridan 
kapital talab qiladi, bu yerda firmalardan xo‗jaliklarga daromad 
keladigan dollar mavjud. Bu bozorlarda uy xo‗jaliklari xarajatlari ishlab 
chiqarish omillarini ta‘minlaydi, omil qiymatlari belgilanadi. Bu yerdagi 
muvozanat miqdorlarni ta‘minlash miqdorlarni talab qilish bilan bir- 
biriga teng bo‗lishi uchun barcha bozorlar aniq ishlashini talab qiladi. 
Xo‗jaliklar o‗zlarining daromadlarini bo‗luvchi bozorlardan qabul qiladi 
va ularni bozorlarda so‗nggi tovarlar uchun sarflaydi. Ular 
chegaralangan daromadni hisobga olgan holda iste‘mol qilish uchun 
so‗nggi 
tovarlarni 
qabul 
qilib 
xo‗jaliklar 
uchun 
qoniqishni 
maksimallashtiradi, so‗nggi dollar boshqa har qanday narsaga 
sarflanganidek, ular ham so‗nggi dollarlarini bir xil marjinal nafda 
ma‘lum tovar olish maqsadida o‗zlarining sarf-xarajatlarini taqsimlaydi 
(Gossenning ikkinchi qonuni). Firmalar va xo‗jaliklar o‗rtasidagi 
daromad aylanishi iqtisodiyotning milliy daromadini ko‗rsatadi; bu 
jarayondagi muvozanat saqlanishi uchun xo‗jaliklar barcha erishgan 
daromadlarini sarflashlari kerak. Daromadning taqsimlanishi bo‗luvchi 
bozorlarda belgilanadi va qiymatlar turli omillarga bog‗liq bo‗lib, 
omillarning miqdorlari har bir xo‗jalik orqali sotiladi.
Marjinal foyda nazariyasining mustaqil kashfiyotiga asoslanib, 
istisodiy nazariya tarixida Valrasning alohida o‗rni bor, deyish mumkin, 
lekin iqtisodiyot sektorlarining mustaqilligida uning ko‗proq qarashlari 
amal qiladi. Undan oldingi boshqa olimlar xo‗jaliklar, firmalar, so‗nggi 
tovarlar qiymatlari, ishlab chiqarish omillarining qiymatlari, barcha 
so‗nggi va o‗rtacha tovarlarning miqdorlar ta‘minlanishi va miqdorlar 
talab qilinishining o‗zaro bog‗liqliklarini tushunganligiga qaramay 
ularning hech biri bu tushunchalarni aynan Valras sinxron tenglamalar 
tizimi bayonoti orqali tushuntirgandek ifodalay olishmadi. Hozir u 
xo‗jaliklar uchun muvozanat, so‗nggi mahsulotlar uchun bozorlarda 
muvozanat bilan firmalar muvozanati, bozor omillari muvozanati bir-
biriga uyg‗un bo‗lishi mumkin. Jevons va Mengerning marjinal foyda, 
so‗nggi tovarlar qiymatlari va ishlab chiqarish omillarining qiymatlari 
o‗rtasidagi oddiy sabab – bog‗liqlikni topishga harakat qilishini 
Valrasning umumiy muvozanat modeli bilan taqqoslash murakkab 
emasdek tuyular edi. Valras matematikaning imkoniyatini iqtisodiy 
tahlillarning qoidalaridek aniqligini namoyish qildi, uning ma‘lumot-
larining barchasi qabul qilinganligiga qaramasdan XX asrgacha yaxshi 


212 
shakllanmadi (matematikadan to‗g‗ri foydalanishni ba‘zilar hali ham 
muhokama qiladilar). 
Valrasning marjinal tahlillari Jevonsning yoki Mengerning 
tahlillariga qaraganda talabga ko‗proq javob beradi. U subyektiv 
foydadan qiymatga sabab bo‗lishning oddiy yo‗nalishini ko‗rmadi; 
uning o‗rniga u murakkab bog‗langan tizimni ko‗rdi. Chunki Valras 
sektorlarning o‗zaro bog‗liqligiga va xayolida faqatgina ortda qolgan 
talab yaroqliligiga e‘tiborini qaratdi, u Jevons va Menger kabi 
aldovlarga chalg‗imadi. Jevons va Menger sabab va natija 
bog‗liqligidagi foyda, so‗nggi tovarlarning qiymati va ishlab chiqarish 
omillarining qiymatlari uchun bir yo‗l qidirishdan mamnun edi. 
Valrasning umumiy muvozanat modeli ularning barchasi bog‗liqligini 
ko‗rsatdi. Valras usulida barcha qiymatlar o‗zaro belgilangan va ikkala 
yo‗nalishda ham qiymat sababini belgilab bo‗lmaydi. So‗nggi tovarlar 
ta‘siri va ishlab chiqarish omillari qiymatiga ta‘sir ko‗rsatadi. Umumiy 
muvozanat modelida hamma narsa bir-biri bilan bog‗liq. Bu 
takomillashgan tavsiflar tushunishga yordam berishi aniq emas va 
Valrasning diqqat markazida umumiy muvozanatda foydaga qaraganda 
qo‗shimcha ishlab chiqarish bo‗ldi. Valras uchun foyda faqatgina 
nimadir edi, u o‗zi xohlagan talab chizig‗ini qo‗lga kiritishi uchun 
tavakkal qilishiga to‗g‗ri keldi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin