O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

 
 
 
9.1-chizma.
 Iste‟molchi ortiqcha nafliligi 
CDA mahsulotni sotib olishda iste‘molchilar tomonidan erishilgan 
pul daromadidir. Bu natijani bir oz boshqacha ifoda qilsak, monopolist 
amalda mukammal narx farqlanishiga erishgan taqdirda iste‘molchilar 
talab egri chizig‗i bo‗ylab pastgacha tushadi va ODAH umumiy 
daromadni ishlaydi, ammo raqobat bozorida barcha iste‘molchilar oddiy 
OC narxda sotib oladilar, iste‘molchilarning umumiy xarajatlari 
OCAHni tashkil etadi. Shuning uchun CDA iste‘molchilarning tejab 
qolgan pullari yoki ular ortiqcha nafliligining puldagi ifodasidir. Agar 
biz talab egri chizig‗i bo‗ylab OD narxidan MP va HA ga pastga 
tushishimiz jarayonida pulning Me‘yoriy nafliligi miqdori o‗zgarmay 
qolsa, unda Marshallning iste‘molchilar ortiqcha nafliligi tushunchasini 
tovar iste‘mol qilishdan olingan ortiqcha naflilikning puldagi ifodasi, 
deb qabul qilish mumkin.
miqdor 
Nar
x
 


205 
Marshallning narxni naflilikni o‗lchash vositasi sifatida ishlatishi 
ikkita asosiy qoidaga asoslanadi: 
(1) bu yerda qo‗shimcha naflilik funksiyasi o‗rnini bosish va bir- 
birini to‗ldirish bog‗liqligini hisobga olmaydi.
(2) ozgina narx o‗zgarishi natijasida kelib chiqadigan daromad 
samarasi juda ham kichkina, Edgeworth taklif qilganidek va Irving 
Fisher ko‗rsatganidek naflilik qo‗shimcha naflilik funksiyasi orqali 
o‗lchanishi mumkin bo‗lsa ham buning o‗rnini bosish va bir-birini 
to‗ldirish samaralari qo‗llaniladigan bo‗lsa, amalga oshirish mumkin 
emas. Bundan tashqari Marshall va boshqalar tarafidan keltirilgan talab 
nazariyasidagi ayrim xedonik elementlarga nisbatan umumiy tanqid 
mavjud edi. Marshall bu tanqidlarga mayda terminologik o‗zgarishlar 
orqali javob qildi, xususan, naflilik o‗rniga to‗yinish so‗zini ishlatdi, 
lekin u baribir naflilik pulda o‗lchanishi mumkin, degan g‗oyani 
ta‘kidladi. Marshall iste‘molchi ortiqcha nafliligi tushunchasi bilan 
bog‗liq muammolarni tushunib o‗zining farovonlik iqtisodiyotida 
qo‗llashda o‗lchovni faqat narxlarning ozgina o‗zgarishida ishlatdi. 
Narxning kichik o‗zgarishlarida pulning Me‘yoriy nafliligi real hayotdan 
uzoq bo‗lmaydi (ayniqsa, tovarga ishlatilgan xarajat umumiy xarajatning 
kichkina qismini tashkil qilsa). Kichkina narx o‗zgarishida daromad 
samarasi ham juda kichkina bo‗ladi, shuning uchun uni hisobga olmasa 
ham bo‗ladi.
“Agarda kimdir tez hosil yig„ishni istasa, sabzi va ko„kat eksin; agarda 
kimdir eman ekmoqchi bo„lsa, o„z-o„ziga: nevaralarim buning soyasida 
mendan minnatdor bo„lishadi, deyishi kerak” 
Leon Valras 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin