206
Umumiy muvozanat nazariyasi nima
Umumiy muvozanat nazariyasi – bu barcha sektorlar bir vaqtda
ko‗rib chiqiladigan iqtisodiy tahlildir. Shunday qilib kimdir tizimga
bo‗lgan har qanday zarbaning bevosita va billvosita ta‘sirini, kimdir esa
bevosita ta‘sir bilan bir qatorda bozorlar kesishuvi ta‘sirini ko‗rib
chiqadi. Bu iqtisodiyot sektorlarining o‗zaro bog‗lanishlarini tajriba
qilish oson, lekin buni qonuniylashtirish o‗ta murakkab bo‗lgan
g‗oyadir. Valrasning bunga qo‗shgan ulushi
qonuniy odatlarga mos
umumiy muvozanat tizimini ishlab chiqqanligidir.
Umumiy muvozanat nazariyasining ilk alomatlari
Umumiy muvozanatni mos ravishda amaliyotga tatbiq qilish oson
ish bo‗lganligi sababli, 1874-yilda Valrasninng ―Sof iqtisodiyot element-
lari‖ asarida bu yangi g‗oya bo‗lmaganligi hayratlanarli hodisa emas edi.
Dastlabki mualliflar iqtisodiyotning turli sohalarini birlashtiradigan
nazariy qarashlarga ega edilar. Masalan, Kyuznening iqtisodiyotning
turli sektorlarida yillik mahsulotlar oqimini
kuzatish natijasida ishlab
chiqqan iqtisodiy jadvalida ushbu qarashlar keltirgan. Shu kabi Adam
Smit ham iqtisodiyotning turli sohalari orasidagi chuqur bog‗lanishlarni
aniq ta‘riflab bergan. Lekin ular o‗zaro bog‗liqlikni tushuntirib bergan
bo‗lsalarda, qonuniy andoza yaratishmadi.
1838-yilda A. Kournot (1801-1877) ba‘zi mikroiqtisodiy muam-
molarni tahlil qilish jarayonida iqtisodiyotning o‗zaro bog‗langanligini
qonuniylashtirishda oldinga siljishga muvaffaq bo‗ldi.
U korxona
nazariyasi muammolarini matematik usulda tushuntirib berishga erishdi
va buni marjinal narx va marjinal ishlab chiqarish o‗zaro teng bo‗lganida
foyda maksimal bo‗lishini isbotlash uchun hisob- kitobdan foydalandi.
Shunday qilib u korxona nazariyasi uchun Jevons va Menger tanlov
nazariyasi uchun qilgan ishni bajardi: u buni marjinal terminlar bilan
ifodaladi. Bundan tashqari u evristik
31
va arifmetik tahlillariga to‗sqinlik
qilgan Kournot Jevons va Menger ortidan ketmadi.
Uning matematik
bilimlari iqtisodiyot ichidagi bog‗lanishlarni tushunishiga yordam berdi
va Valrasga oldindan bashorat qilishga yordam berdi. Kournot ushbu
xulosalarida haq edi, ya‘ni ―iqtisodiy tizimning biror qismiga tegishli
bo‗lgan masalani qat‘iy va butunlay hal qilish uchun muhokamaga butun
tizimni kiritish kerak‖ deb ko‗rsatdi
32
.
31
Eristika – bahs munozara orqali haqiqatni topish.
32
Antoine Augustin Cournot,
Researches into the Mathematical Principles of the Theory of Wealth
, trans. Nathaniel
T. Bacon (New York: Macmillan, 1897), p. 127.
207
Shunga qaramasdan Kournot
umumiy muvozanat modeli
tuzilishini
qabul
qilish
uchun
matematik
tahlil
yetarlicha
rivojlanmaganligini sezardi. J.H.Fon Tyunen (1783-1850) ham iqtisodiy
nazariyadagi muammolarni hal qilish uchun hisobdan foydalangan.
Kournot kabi iqtisodchi olimlarning matematik mulohazalari umumiy
muvozanat modelini bir vaqtda sodir bo‗ladigan tenglamalar tizimi kabi
tasavvur qilishga olib keldi. Balki ular Valrasga nisbatan yaxshiroq
matematik bo‗lishganligidan (Valras Fransiyadagi nufuzli Ekol
Politexnik ga kirish imtihonlaridan o‗ta
olmaganligidan qatnasha
olmagan edi, Kournot esa aqlli matematik sifatida E‘tirof etilgandi),
Kournot va Tyunen fikrlarni o‗lchashning imkonsizligi va muammoni
bo‗ysundirish uchun zarur g‗oyalarning ko‗pligi sababidan umumiy
muvozanat nazariyasining murakkablashgan aloqalariga to‗xtalib
o‗tishmagan.
Valras o‗z navbatida boshqalar yurishga qo‗rqadigan yo‗lga qadam
qo‗ydi. Shu kabi Leon Valras iqtisodiyot modelini shakllantirishda
matematik notiqlikni qo‗llab umumiy muvozanatga
aniqlik va ochiqlik
ko‗rinishini berdi. Uning amalga oshirgan ishlari, shuningdek, abstrak
modelni qurishga va matematikani qo‗llashga urg‗u
berganligi sababli
uni ajdodlari singari maqtalishga loyiq, deb e‘tirof etish mumkin.
Biz Valras modelini qisqacha izohlab beramiz va u ko‗targan ba‘zi
masalalarni muhokama qilamiz. Buni boshlashdan avval umumiy va
nisbiy muvozanat modellaridagi farqlarni o‗rganish maqsadga muvofiq,
deb hisoblaymiz.
Dostları ilə paylaş: