223
keynschilikizmdan voz kechishiga olib keldi.
37
O‗sha davrlardagi mash-
hur keynschilik haqida Yevsey Domar shunday degan edi: ―hattoki,
keynschilar Lernerning defitsit asosiy muammo emas, degan fikrini
eshitib, cho‗chib ketishdi va u buni ba‘zi hollarda noto‗g‗ri ta‘kidlagan,
degan fikrni ilgari surishdi.‖
38
Lekin tez orada Keyns o‗z fikridan qaytdi
va Lerner iqtisodiyot sohasida ko‗p ishlarni amalga oshirgani va
keynschilik iqtisodiy siyosati funksional moliya bilan tenglashishidan
oldin Lerner bu ishlarni amalga oshirganini inobatga olib Keyns uning
fikriga qo‗shildi. Monetar va moliyaviy siyosatlar siyosiy ommaning
e‘tiborini ko‗proq o‗ziga jalb qila olar edi. Ko‗pchilik iqtisodchilar va
boshqalar Depressiya hukumat iqtisodiyotni boshqarishida kattaroq rol
o‗ynashi kerakligini isbotlab berdi, deb ishonishar edi.
Monetar va moliyaviy siyosat esa o‗sha rolni minimal darajada
saqlab turar edi. Bozorlarga avvalgidek erkin faoliyat olib borishlariga
imkon berilar edi. Hukumat sarmoyaning darajasini bevosita belgilamas,
u shunchaki byudjet defitsiti yoki qoldig‗i siyosatini olib borish orqali
umumiy daromadga bilvosita ta‘sir o‗tkazishi mumkin edi.
Dostları ilə paylaş: