236
MRS =
.
Y
S
Jamg‗armaga bo‗lgan o‗rtacha moyillik esa jamg‗armaning
umumiy daromadga bo‗lgan nisbati bilan ifodalanadi:
ARS =
.
Y
S
Bu yerda shu narsani qayd qilib o‗tish kerakki, agar umumiy
daromad oshsa, unda kishilar ushbu oshgan daromadning bir qismini
iste‘molga sarflasalar, ikkinchi qismini jamg‗aradilar. Shuning uchun
jamg‗arma va iste‘mol o‗zgarishlari yig‗indisi daromad o‗zgarishiga
teng, ya‘ni:
Y
S
C
,
unda,
1
/
/
Y
S
Y
C
.
Masalan, daromad 3 ming so‗mga ko‗paydi, bunda iste‘mol 2100
so‗mga, jamg‗arma esa 900 so‗mga ortdi, deylik. Unda MRS = 2100 :
3000 = 0,7, MRS = 900: 3000 = 0,3. Bu qo‗shimcha har bir so‗mlik
daromadning 70 tiyini iste‘molga, 30 tiyini esa jamg‗armaga
sarflanayotganini birdiradi.
Daromadlarning ko‗payib borishi bilan iste‘molning ham,
jamg‗armaning ham umumiy miqdori ko‗payib boradi, lekin
iste‘molning nisbiy hissasi kamayib boradi, jamg‗armaning hissasi esa
oshib boradi. Masalan, MRS + MRS = 0, 7 + 0,3 = 1; bir oz vaqt
o‗tgandan keyin 0,6 + 0,4 = 1 ni keltirib chiqarishi mumkin. J.M. Keyns
daromadlar ko‗payib borishi bilan iste‘mol xarajatlari hissasining
nisbatan pasayib borishini inson xatti-harakatidagi sabablarga bog‗lab
tushuntiradi. Bunday sabablar hammasi bo‗lib sakkizta – xasislik,
ehtiyotkorlik, tejab-tergab sarflash va b. Natijada iste‘molga bo‗lgan
me‘yorli moyillik jamiyatda pasayib boradi. Iste‘mol talabi aynan o‗sha
me‘yorli moyillikka bog‗liq. Ko‗payib borayotgan jamg‗arma
miqdorining
investitsiya
tovarlariga
bo‗lgan
talabga
aylanishi
qiyinlashadi.
Bu aytilganlar shu narsadan dalolat beradiki, J.M. Keynsning
tadqiqot metodologiyasida noiqtisodiy omillar – davlat (ishlab chiqarish
vositalariga va yangi investitsiyalarga bo‗lgan iste‘mol talabni
rag‗batlantiruvchi sifatida) va odamlarning psixologiyasi (xo‗jalik
yurituvchi subyektlarning o‗zaro munosabatlarini oldindan belgilab
beruvchi sifatida) ham iqtisodiy o‗sishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: