O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Likvidlik ustunligi, pul massasi va foiz stavkasi nazariyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

Likvidlik ustunligi, pul massasi va foiz stavkasi nazariyalari 
Odamlar o‗zida naqd pul bo‗lishini xohlashi tushunchasini J.M. 
Keyns 
“likvidlik ustunligi” 
deb atagan. Agar yangi klassiklarda pul 
zaxirasini jamg‗arish noratsional hisoblansa, J.M. Keyns bo‗yicha esa, 
bunday jamg‗arma bo‗lajak xo‗jalik vaziyatini prognozlashtirib 
bo‗lmasligi, xo‗jalik xatari mavjudligining muqarrar natijasidir. O‗z 
ishlarining yurishmay qolishidan xavotirlanish, kelajakka ishonmaslik 
kishilarni naqd pul saqlashga undaydi. Bundan tashqari yuqori likvidlik 
moliyaviy aktivlar moliya bozoridagi «o‗yinda» muayyan ustunlik 
berishi mumkin: qimmatli qog‗ozlarning kursi pasayganda ularni tezda 
sotib olish uchun naqd pullar asqotadi.
Kishilarning o‗z uylarida naqd pul zaxiralarini ushlab turishi 
J.M.Keyns bo‗yicha quyidagi sabablarga bog‗liq:
– xarid qilish zarurligi (transaksion motiv); 
– kutilmagan vaziyat uchun (ehtiyot shartdan); 


240 
– chayqovchilik sababi (motivi). 
Birinchi ikkita sababni pulning miqdoriy nazariyasining Kembrij 
varianti tarafdorlari ko‗rsatib o‗tgan. J.M. Keyns bo‗yicha birinchi ikkita 
sababdan boshqa chayqovchilik motivi ham naqd pulga bo‗lgan talabni 
kuchaytiradi. Odamlar qimmatli qog‗ozlarni sotib olish uchun ularning 
kursi pasayishini kutadi. Bunday vaziyat odamlarni o‗z qo‗llarida ancha 
likvidli mablag‗ – naqd pullarni ushlab turishga undaydi. 
Foiz stavkasi past bo‗lganda qimmatli qog‗ozlar kursi yuqori 
bo‗ladi. Foiz stavkasi ko‗tarilishi bilan obligatsiyalar kursi pasayadi. 
Demak, chayqovchilik funksiyasi likvidligi foiz Me‘yoriga bog‗liq. Foiz 
Me‘yori qancha past bo‗lsa, chayqovchilik motivi bo‗yicha naqd 
mablag‗larga talab shuncha yuqori bo‗ladi. Foiz Me‘yori qancha yuqori 
bo‗lsa, naqd pulga talab shuncha past bo‗ladi (yuqorida ko‗rsatilgan 
sabablarga ko‗ra).
Shunday qilib, pulga bo‗lgan yalpi talab ikki qismdan tashkil 
topadi:
a) oldi-sotdi (sdelka) uchun talab (milliy daromad darajasidan kelib 
chiqadigan funksiya);
b) chayqovchilik uchun talab (foiz stavkasi funksiyasi): 
Dm = f (Y,R). 
Ehtiyotkorlik ham likvidlik ustunligini keltirib chiqaruvchi 
sabablardan biri hisoblanadi. Qimmatli qog‗ozlar – jamg‗arma to‗plash-
ning xatarli shaklidir. Shuning uchun odamlarga aktivlari bexatar 
hisoblangan naqd ko‗rinishdagi o‗ziga xos sug‗urta fondi zarur. 
Pul massasi va foiz stavkasi.
Keynscha modelda baholar 
o‗zgaruvchan emas. Shuning uchun pul massasining ko‗payishi ishlab 
chiqarish darajasiga baholarning o‗sishi orqali emas, balki foiz stavkasi 
orqali ta‘sir ko‗rsatadi. Agar yangi klassiklar pul massasi makroiqtisodiy 
jarayonlarga faqat «to‗g‗ri» ta‘sir ko‗rsatish mexanizmini, Viksell - ham 
«to‗g‗ri» ham «egri» mexanizmlarini tadqiq qilgan bo‗lsalar, J.M.Keyns 
esa e‘tiborni faqat «egri» mexanizmga qaratdi. 
Foiz stavkasi ikkita sababga ko‗ra o‗zgarishi mumkin: yo o‗z 
aktivlarining bir qismini pul shaklida ushlab turgan kishilarning 
psixologik kayfiyatidagi o‗zgarishlar oqibatida (pulga bo‗lgan talab egri 
chizig‗ining siljishi), yoki pul massasining o‗zgarishi natijasida (pul 
taklifi egri chizig‗ining siljishi). Agar foiz stavkasi R
1
darajada 
o‗rnatilgan bo‗lsa (10.1-chizma), unda uning R
2
darajaga pasayishi faqat 
pulga bo‗lgan talab egri chizig‗i chapga (D
2
) siljigandagina yoki pul 
taklifi egri chizig‗ining o‗ngga (S
2
) siljishi natijasida sodir bo‗ladi. 


241 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin