O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Institutsionalizmning kelib chiqishi va undagi yangi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

12.1.Institutsionalizmning kelib chiqishi va undagi yangi 
rahnamolar 
Menger, Jevon, Valras va Marshallar taqsimot va qiymat nazariyasiga 
doir tahlillarni amalga oshira boshlashgan davrlarda ham ortodoks 
(umumiy hamma qabul qilgan) klassik nazariyasi nemis anti-ijtimoiy 
yozuvchilari tomonidan tanqid qilinar edi. Ushbu yozuvchilar 
qarashlarida ko‗zga ko‗rinadigan farqlar mavjud bo‗lib, ularning nemis 
tarixiy maktablariga umumiy jihatlari ko‗p edi. Germaniyada bu 
maktablar ta‘siri 1840-yillardan boshlandi va yigirmanchi asrgacha 
davom etdi. Ba‘zi tarixchilar nuqtayi nazarlari xilma-xilligi sababli buni 
Germaniyada muammolar o‗zgarishining katta ta‘siri, deb atashdi. 
Avvalgi va keyingi yozuvchilar o‗rtasidagi ortodoksal nazariyaga 
qarshiliklarni inobatga olib, eski va yangi tarixiy maktablarga 
taqsimlashdi. 
Tarixiy metodni qo‗llab-quvvatlovchi inglizlarni alohida bog‗langan 
guruhini shakllantirishmadi va shu sababli uni ingliz tarixiy maktabi, 
deyish nojoiz bo‗ldi. Ushbu ingliz va nemis yozuvchilari ma‘lum 
neoklassik iqtisodiyotga ko‗rsatgan ta‘sirlari sababli diqqatga sazovor 
bo‗lishdi (ayniqsa, Alfred Marshall). A.Marshall Germaniya va 
Qo‗shma Shtatlar iqtisodiy nazariyasi va siyosati yuksalishiga ham 
sezilarli hissa qo‗shdi (Germaniyada ko‗plab amerikalik iqtisodchilar 
ta‘lim olishgan).
 
Eski tarixiy maktab 
Eski tarixiy maktabning ko‗zga ko‗ringan vakillari Fridrix List 
(1789-1846), Vilgelm Rosher (1817-1892), Bruno Gildebrand (1812-
1878) va Karl Niys (1821-1898) lardir. Ular klassik iqtisodiy nazariya 
barcha davrlar va madaniyatlarga mos kelmasligini isbotlashdi. Smit, 
Rikardo va J.S.Millning Angliya iqtisodiyotini industriallashtirish 
xulosalari qishloq xo‗jaligiga asoslangan bo‗lib, Germaniya uchun mos 
emas edi. Bu olimlarning ishlarida milliy his-tuyg‗u kuchli edi. Bundan 
tashqari ular iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar tarixan metodologiyaga va 
klassik nazariyaga asoslangan bo‗lishi kerak, degan g‗oyalarni ilgari 
surishgan. Rikardo va uning izdoshlari fizika faniga ko‗r-ko‗rona 


252 
ergashib xatoga yo‗l qo‗ygan, deb qat‘iy turib olishgan. Ushbu 
maktabning vazminroq a‘zolari esa nazariy-induktiv ta‘limot va tarixiy-
induktiv ta‘limot bir vaqtda o‗rinli ekanligini E‘tirof etishadi, lekin 
qolganlar, 
ayniqsa, 
Niys 
abstrakt 
nazariyaning 
har 
qanday 
qo‗llanilishiga qarshi bo‗lgan. 
Klassik nazaryachilar aralashmaslikning tabiatidan kelib chiqib naf 
berishiga ishonishsa, List esa Germaniya va Fransiya uchun davlat 
nazorati muhim ekanligini muhokama qiladi. U sanoat holatidan kelib 
chiqib berilgan erkin savdo Angliyaga manfaatli bo‗lgan bo‗lsada, 
cheklovlar va narx-navo nazorati Germaniya va Amerika uchun muhim 
bo‗ldi. U 1825-1830-yillarni Amerikada o‗tkazdi, o‗n yillar o‗tib o‗z 
malakalarini Siyosiy iqtisodning milliy tuzilishi (1841) nomli kitobida 
bayon etdi. Uning tanqidiy qarashlari Amerikada shunchalar iliq kutib 
olindiki, uni Amerika tanqidchilari otasi, deb ham atashadi. 
Ushbu iqtisodchilar tomonidan himoya qilingan tarixiy nazariya 
nima edi? Ularning ishlari iqtisodiyotning asosiy vazifasi iqtisodiyotning 
o‗sishi va rivojlanishini boshqaradigan qonunlar yaratishdan iborat 
bo‗lib, Listning hisoblashicha o‗rtacha ahvoldagi hududning iqtisodiy 
o‗sishi besh bosqichda boradi: ko‗chmanchi hayot; cho‗ponlik hayoti; 
agroxo‗jalik; agroxo‗jalik va ishlab chiqarish; agroxo‗jalik va savdo. 
Gildebrand esa iqtisodiy o‗sish bosqichlarini (bu yerda mol 
ayirboshlash, pul va kreditga bog‗liq uchta iqtisodiy bosqich o‗rin olgan) 
tushunish kaliti o‗zgarishlar sharoitidan kelib chiqishini tasdiqlaydi. 
O‗sish darajalarini tavsiflash albatta, bir qancha abstrakt nazariyalarni 
o‗z ichiga oladi. Shunga qaramasdan yozuvchilar iqtisodiy o‗sishning 
tahlillarini qo‗llab-quvvatlovchi kattagina miqdordagi tarixiy va statistik 
ma‘lumotlar to‗plashgan. Hozirgi kunga kelib Rostov (1916-y.) iqtisodiy 
rivojlanish nazariyasining darajalarini tarixiy maktablar an‘analariga 
ko‗ra yuksaltirdi
51
. Kutilganidek uning kitobi iqtisodchilarning o‗zlari-
dan ko‗ra boshqa ijtimoiy tadqiqotchilar tomonida yaxshiroq kutib 
olindi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin