O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

Torsteye Vadlen 
(1857-1929)


254 
bo‗lgan. Shunday qilib Veblen fermaga qaytdi, kollejda yaxshi ko‗rgan 
qizi bilan oila qurdi va yetti yilini o‗qish va fikrlashga sarfladi. 35 
yoshida Kornelda doktorlik ishi ilmiy darajasini himoya qildi. Hali ham 
akademik vazifa topishga layoqatsiz edi, u Chikago universitetidagi 
ilmiy darajani qabul qildi va nihoyat, iqtisodiyot instruktorligini tanladi. 
Unga siyosiy iqtisodiyot jurnali muharrirligi toprshirildi. U hech qachon 
universitet boshqaruvchisi sifatida tanilmadi va hech qachon to‗liq 
professorlik darajasiga yetib bormadi, hayotining qolgan qismini 
kollejdan kollejga ko‗chish bilan o‗tkazdi. Uning ziyrakligi natijasida 
Amerika kapitalizmi tanqidi ta‘minlandi. U deyarli hammasini e‘tiborsiz 
qoldirdi, lekin uning eng yaxshi talabalari yoki shaxsiy hayoti turmush 
bilan bog‗liq qiyinchiliklar va voqealar bilan chigallashgan edi.
Bekorchilar sinfi 
 
Rasmiy sanoat bo‗linishi Veblen ta‘biri bilan aytgan bekorchi 
qatlamga ham tegishli edi. 1989-yilda Veblen o‗zining eng 
ommalashgan kitobi ―Bekorchi sinf nazariyasi‖ni nashr ettirdi. U o‗z 
davrining ko‗plab ilg‗or fikrli kishilarining sevimli kitobiga aylandi. Bu 
yerda u quyidagilarni muhokama qilish uchun boshlang‗ich 
tabaqalashtirishni qo‗lladi: ko‗zga koringan iste‘mol, isrofgarchilik, 
moliyaviy musobaqa va moddiy madaniyat ramzi sifatidagi kiyim. 
Bunda u quyi rivojlangan madaniyatlar haqida mulohaza qildi: 
insonlarning yoki qabilaning talonchilik qudrati o‗z boshliqlariga 
hurmatli maqom berib, yuqori ehtirom ko‗rsatiladi. Zamonaviy 
industrial iqtisodiyotda esa bu ta‘magirchilik kuchi jamiyatning kam 
sonli a‘zolari qo‗lida ko‗p foyda to‗planishida o‗zini ko‗rsatadi. Bu 
odatda tan olinmasada, bizning madaniyatimiz ularning paydo bo‗lishi 
uchun bir qancha mexanizm (qurilma, tizim)lar bilan ta‘minlaydi. 
Chunki moliyaviy bellashuvda boylik to‗plash kuchli motiv hisoblanib, 
u jamiyat orasida tezda yoyiladi.
Biz 
xarid 
qilayotgan 
buyumlar 
bizning 
talonchilik 
qobiliyatlarimizni yaqqol ko‗rsatadi. Uy-joy, avtomobil va ayniqsa
kiyimlarimiz bizning talonchilik qatoridagi o‗rnimizni belgilovchi aniq 
nishondir. Agarda yer moliyaviy ishlar bilan band bo‗lsa, oila boyligini 


255 
ko‗rsatishni ayol o‗z zimmasiga oladi. Buni u kiyinish va turli 
buyumlarda ko‗rsatganidek, bir qancha xizmatkorlar ham moliyaviy 
ta‘minlanganlikning yorqin namunasidir. Ishlamaydigan tabaqa katta 
foyda ko‗ruvchi sinf bo‗lganligidan qanday ish qilsalar ham moliyaviy 
jabhada bo‗lar, mulkchilikning yo‗qligi ma‘qullanardi, lekin biror ish 
qilinishi kerak bo‗lsa yuqori menejment, moliya va bankchilik rasmiy 
ravishda ma‘qullanar edi. Huquqshunoslik yaxshi kasb, chunki 
―huquqshunos qallob talonchining barcha ishlari tafsilotlaridan boxabar 
bo‗ladi‖
52
. Bizning ishdan tashqari harakatlarimiz Veblen aytganidek, 
madaniyatdagi faxrli martabani egallash uchun bo‗lgan ishtiyoqimizga 
ta‘sir etadi.
Injiner, kashfiyotchi kabi bir qancha odamlar texnologik ishlarda 
bo‗lishiga qaramasdan, Veblen qayd etganidek, amerikalik biznes 
odamlari kvantizm (barcha narsa xudodan, deb ishonuvchi ta‘limot) 
ruhini ―kelishuv, ogohlantirish, maxfiy bitishuv, asossiz ayblash‖
53
kabi 
namoyish etadi. Lekin biznes odamlari foyda olib bo‗lmaydigan 
texnologik jamiyatdan naf ko‗rishadi. Uning qayd etishicha, ―samimiy, 
lekin yaxshi aytilgan amerikancha ibora bor ―Ovoz chiqarmagan 
to‗ng‗iz cho‗chqaning ham ovqatini yeydi‖
54
. Veblenning fikricha, ilmiy 
va fan doirasida o‗qitilish odamni tadbirkorlikdan uzoqlashtiradi, 
amaliyotdagi tajriba bilimlar ortidan quvish bilan teng bo‗lmaydi. 
Talabalardan to akademik ma‘muriyatgacha boshqaruvchi universitet 
prezidentlarini ―bilimlar sardori‖ deb ataydi. Universitetlar bir-birlari 
bilan resurslarni sovurishda poyga o‗ynaydilar. Prezident va doimiy 
xodimlar yangi binolar, maydonlar va yer-mulk qurishga ta‘lim tizimi va 
dasturlaridan ko‗ra ko‗proq qiziqadilar. Mablag‗lar atletika, qonun, 
biznes maktablariga va universitetga ham, jamiyatga ham foydasi 
tegmaydigan rasmiy, norasmiy dabdabali tantanalarga sarflanadi. Veblen 
jamoaviy huquqlari yo‗q va ―vatan yigiti‖ bo‗lishga intilayotgan 
―oyliklari odamlar oladigan maosh bo‗lmagan‖ ―professorlarni‖ 
52
Thorstein Veblen, 
The Theory of the Leisure Class 
(Boston: Houghton Mifflin Company,
1973), p. 156. 
53
Thorstein Veblen, 
The Higher Learning in America
, p. 70. 
54
Thorstein Veblen, 
The Higher Learning in America
, p. 71. 


256 
oqlamaydi. Fakultetlarni nazorat qilish uchun prezidentlar ―hukmga 
qat‘iy amal qiluvchi va vafodor‖
55
dekanlar va boshqa vazifalarni joriy 
etdi. Universitetlarga bilim maskanlari maqomini qaytarish uchun 
Veblen prezidentlikni va doimiy xodimlar boshqaruvini tugatishni taklif 
etadi. Ushbu satirik ko‗rinishdagi gaplari bilan u o‗z ishiga qanchalik 
jiddiy yondashganligini aytish qiyin, lekin buning amalga oshishi 
qiyinligini oldindan bilgan edi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin