Veblenning hissasi Umumiy qaraganda noortodoksal iqtisodiy nazariya va Veblenning
o‗ziga xosligi tez-tez iqtisodiy fikrlar tarixidagi kitoblardan tushirib
qoldiriladi, balki buning sababi ular zamonaviy ortodoksal iqtisodiy
nazariyaga juda kam yo‗nalganligidir. Veblen ortodoksal iqtisodiy
nazariyaga tanqidiy yondashgan va eng yetilgan ma‘lumotlarni
iqtisodchilar Alfred Marshalldan olgan. U tizim siyosatidan norozi edi.
Chunki tizim siyosati boshidan xato bo‗lgan, deb hisobladi. Veblen
ortodoksal nazariya yondashuvida optimist bo‗lganligini ta‘kidlaydi,
iqtisodiyotni tushunishga harakat birinchi tahlil va uning qismlarini,
ro‗zg‗or xarajatlari va firmani tushuninsh jarayoniga o‗xshatadi. Lekin
qismlar yig‗indisi butundan farq qiladi; Veblen haqiqiy yondashish
madaniyat, jamiyat va iqtisodiyotning bosqichla-ridan boshlanishi
kerakligi haqida bahslashdi. Natijada ba‘zi odamlar Veblenning
iqtisodchi emas, balki sotsialistligini aytishdi, noaniq ijtimoiy bilimlar
ba‘zi iqtisodchilarga oddiy ma‘noni anglatadi. Veblenning bu qarashlari
iqtisodchilarnikidan boshqacharoq edi, oxiriga kelib iqtisodga qo‗shgan
yo‗nalishi va uning hissasi bir-biriga uyg‗unlashib ketdi.
Veblen ortodoksal nazariyachilar kabi muammolarning ayrim
tuzlari bilan qiziqmagan. U fikrlar ko‗nikmasi orqali tuzilgan institutsion
tuzilish rivojlanishini tushunishga qiziqdi, u bizning iqtisodiy
harakatlarimizga yo‗l ko‗rsatdi. Bundan ma‘lum bo‗ladiki, Veblenning
hissasi bilan ortodoksal nazariya bir-birini to‗ldiruvchi hisoblanadi.
Veblen iqtisodiyotda ko‗plab kamchiliklar topdi. U kiritgan takliflar
foydali bo‗lmadi. U ko‗zga tashlanadigan faraz bilan osonlikcha model
yarata olmadi.
55
O„sha manbaa „ p. 94.