Jon R. Kommons Jon R. Kommons (1862- 1945) Veblendan
besh yosh kichik va Mitchelldan o‗n ikki yosh
katta bo‗lgan yana bir noortodoksal iqtisod-
chidir. Uning eng katta hissasi tahlil qilishda
o‗zi yordam bergan ijtimoiy qonunchilikda
bo‗lsa, ajabmas.
Bu qonunchilik Amerika iqtisodiyotining
tuzilishini o‗zgartirib yubordi. Kommonsning
―Boylik taqsimoti‖ (1893) nomli birinchi
kitobi
yaxshi
kutib
olinmagan
edi.
Tanqidchilar bu kitobni uning o‗z ijtimoiy
fikrlariga ilmiy asos solishga bo‗lgan qoniqtirmas
urinishi, deydi. Lekin Kommons hali mavjud mulkchilik, mustaqil
tashkilot, jamiyat tuzilishini inqilobiy o‗zgartirishga urinmayotgan edi.
Viskonsinda Kommons ishlagan yillar davomida (1904-1932)
akademiklar va siyosatchilar o‗rtasida, keyinchalik Franklin Ruzvelt
―Yangi Taqsimot‖ da eslab o‗tadigan, bugungi kunda odatiy ko‗p
ishlatiladigan aloqa rivojlandi. Viskonsin hukumati Madisondagi
fakultetni yangi fikrlar o‗chog‗i bo‗lishi, qonunlar loyihalarini yozish va
tayinlangan komissiya a‘zolari uchun erkin ishlatishga berib qo‗ydi.
Kommonsning hayotini o‗rganar ekanmiz u Viskonsda bo‗lgan ko‗p
vaqtini loyihalar tuzish, ularni tatbiq etish va ijtimoiy qonunlar tuzishga
yordam berish bilan o‗tkazganligiga guvoh bo‗lamiz. Bu urinishlarda
ko‗zga ko‗rinadigan namunalar shakllandi. Kommons masalani, ba‘zida
talabalarga yordam sifatida atroflicha o‗rganar edi. Va keyin muammoni
iqtisodiyotda qabul qilingan har qanday qonunlardan ta‘sir ko‗radigan va
ilg‗or biznes yoki mehnat boshliqlaridan ruhlanadiganlar bilan
muhokama qilardi. Yangi taqsimotdan o‗rin olgan ijtimoiy qonunchilik-
larning g‗oyalari Viskonsindan olinganligiga aniq asos yo‗q. Lekin
Madisonda shug‗ullanayotganlarning ko‗pchiligi 1932-yilda Vashing-
tonga ketganligi aniq faktligi tasdiqlangan.
Kommons merosi Kommons ―farovon davlat tomon harakat asoschisi‖
61
deb ta‘riflab
kelingan. Madisonga kelganidan bir yil o‗tib u gubernator La Foletga
61
Kenneth Boulding, ―A New Look at Institutionalism,‖
American Economic Review , 48 (May 1957), p.
7.