O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

v) «Xalq kapitalizmi» 
Ikkinchi Jahon urushidan keyin institutsionistlar o‗zlari oldin taklif 
qilgan 
«boshqaruvchilar 
inqilobi» 
va 
«jamoa 
kapitalizmi» 
konsepsiyalarini davom ettirdilar. Mazkur konsepsiyaga binoan hozirgi 
zamon g‗arb mamlakatlarida hokimiyat ayrim shaxslar qo‗lida emas, 
balki jamoalar, eng avvalo, texnokratlar va menejerlar qo‗lida bo‗ladi. 
Bu mulkning juda ko‗p mayda aksionerlar o‗rtasida bo‗linib ketishi 
bilan va ishlab chiqarish jarayonining qiyinlashishi bilan bog‗liq. 
Institutsionalistlar tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy fandagi boshqa 
yo‗nalish – iqtisodiy rivojlanish nazariyasidir. Bunda asosiy e‘tibor 
iqtisodiy o‗sishning texnikaviy-xo‗jalik omillari (texnikaning rivoj-
lanish darajasi, ijtimoiy mahsulotdagi investitsiyalar ulushi va b.)ga 
qaratilgan. 
XX asrning 40-yillari «xalq kapitalizmi» konsepsiyasi shakllandi, 
unda XIX asr oxiridan boshlab kapitalistik tizimda yuz bergan 
o‗zgarishlar qayd etiladi. Yirik korporatsiyalar va davlat tomonidan 
bozorning tartibga solinib turilishi bozordagi beqarorlikni va ortiqcha 
ishlab chiqarish inqirozini bartaraf etishga imkon beradi. Aksiyalarning 
keng tarzda tarqalishi yollanma ishchilarni kapital egalariga aylantiradi, 
bu hol asta-sekin kapitalistlar bilan yollanma ishchilar o‗rtasidagi 
qarama-qarshilikka barham beradi. Davlatning faol qayta taqsimlash 
siyosati, keng aholi qatlamining mulkchilikda va kichik biznesda 
qatnashishi, yuqori iqtisodiy o‗sish sur‘atlari tufayli umumiy farovonlik 
darajasining oshishi – bular hammasi ijtimoiy guruhlar o‗rtasidagi 
tafovutni yo‗qotadi, sinfiy ixtilof asosini bartaraf etadi. 
Mazkur o‗zgarishlar jamiyatning ijtimoiy-psixologik holatiga 
ijobiy ta‘sir ko‗rsatdi va iqtisodiy rivojlanishga imkoniyat yaratib berdi. 
Bu xususida R.Xeylbruner tasdiqlaganidek: «kapitalizm yangi tizim 
tufayli ancha diqqatga sazovor va hech qachon boshidan kechirmagan 
uzoq muddatli iqtisodiy o‗sish yo‗liga o‗tdi… Ushbu tizim tufayli 
sanoati rivojlangan mamlakatlarda aholining keng qatlamini o‗z ichiga 
olgan mislsiz gullab-yashnash qo‗lga kiritildi». 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin