O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

Muhokama uchun savollar 
1. Institutsionalizm paydo bo‗lishining tarixiy-iqtisodiy shart-
sharoitlari. 
2. 
Nega 
institutsionalizm 
neoklassik 
nazariyaga 
muqobil 
hisoblanadi? 
3. ―Institutlar‖, deganda nimani tushunasiz? 
4. T.Veblenning ―bekorchi sinf‖ nazariyasidagi asosiy g‗oyalar 
nimalardan iborat? 
5. U.Mitchellning iqtisodiy sikl nazariyasining o‗ziga xosligi 
nimada? 
6. J.Gelbreytning ―texnostruktura‖ nazariyasining o‗ziga xosligi 
nimada? 
7. 
Konvergensiya 
nazariyasini 
hozirgi 
zamonga 
bog‗lab 
tushuntiring. 
8. ―Industrial jamiyatdan keyngi jamiyat‖ konsepsiyasidagi asosiy 
g‗oya nimaga qaratilgan? 


275 
XIII BOB. NEOLIBERALIZM VA IJTIMOIY BOZOR 
XO„JALIGI 
13.1. Neoliberalizm konsepsiyasi 
Liberalizmning asosiy belgilari erkin raqobat davrida tovarli 
iqtisodiyotning o‗ziga xosligini aks ettirganligidir. Liberalizm iqtisodiy 
siyosat sifatida erkin tadbirkorlik tizimini xo‗jalikni tashkil etishning 
ancha qulay shakli, deb qaragan. Erkin bozor mexanizmi iqtisodiy 
resurslarni optimal taqsimlash va foydalanishni ta‘minlaydigan yagona 
tartiblovchi mexanizm hisoblangan, davlat esa, ba‘zi bir ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga solib turuvchi kuch sifatida amal qilgan (A.Smit 
bo‗yicha ―tungi qorovul‖). 
XX asrning 30-yillari o‗rtalariga kelib keynschilikning rivoj-
lanishi bilan iqtisodiy nazariyada va amaliyotda liberal yo‗nalish 
inqirozi namoyon bo‗la boshladi. Uning natijasida: bir guruh 
iqtisodchilar 
o‗zlarining qarashlaridan 
voz 
kechgan 
holda 
keynschilikka qo‗shilib ketdi va bu yangi ta‘limotni ancha to‗g‗ri, deb 
hisoblashdi; ikkinchi guruh iqtisodchilar bozor munosabatlarida 
davlatning xarakteri, o‗rni va roli to‗g‗risidagi o‗z qarashlarini himoya 
qildi va ularni qayta o‗zgartirgan holda neoliberalizm guruhini tashkil 
etishdi. Keyinchalik iqtisodiy fanda neoliberal konsepsiyasining 
asosiy tamoyillari ishlab chiqildi va ularning amaliyotda amal qilishi 
ko‗rsatib berildi, neoliberalizm oqimi va maktabi shakllantirildi, 
shuningdek, mazkur konsepsiyaning mohiyati va mazmuni to‗g‗risida 
bir butun tushunchalar yaratildi. 
Neoliberalizm: xususiyati va asosiy belgilari.
Neoliberalizm, bozor 
munosabatlari tizimi xo‗jalik yuritishning ancha samarali shakli 
ekanligi, u iqtisodiy rivojlanish va o‗sish uchun eng qulay shart-
sharoitlarni 
yaratib 
berishi 
to‗g‗risidagi 
qoidaga 
asoslanadi. 
Neoliberallar iqtisodiyotni erkinlashtirish, bahoning erkin shakllanish 
tamoyillaridan, iqtisodiyotda xususiy mulkning va nodavlat xo‗jalik 
tuzilmalarining yetakchilik rolidan foydalanish tarafdori hisoblanadi. 
Bunda ular davlatning iqtisodiyotni tartiblashdagi rolini futbolni 
boshqarib boradigan, lekin o‗yinda ishtirok etishga haqqi bo‗lmagan 
hakamga o‗xshatadi. 


276 
Iqtisodiyotni davlat tartiblashining neoliberal konsepsiyasi 
vakillari L.Erxardning – ―mumkin bo‗lgan barcha joyda – raqobat, 
qayerda zarur bo‗lsa o‗sha yerda – tartiblash‖ qoidasiga amal qilgan 
holda, iqtisodiy jarayonlarda davlat ishtirokini kamaytirish va 
iqtisodiyotdagi nomuvozanatlikni bartaraf etishning sharti sifatida 
tadbirkorlarning erkin va barqaror amal qilishga ko‗maklash zarurligini 
isbotlab berdi. 
Neoliberalizmning asosiy belgilari: 
– bozor mexanizmi va erkin raqobat ustunligini E‘tirof etgach, 
neoliberallar raqobat muhitini shakllantirish va unga amal qilishni 
nazorat qilish bo‗yicha davlatning iqtisodiyotga aralashuvini mumkin, 
deb hisoblaydi; 
– zamonaviy iqtisodiyotning samaradorligini ta‘minlashda iqtisodiy 
faoliyat ishtirokchilarining erkin amal qilishini qo‗llab-quvvatlaydi; 
– monopoliyani milliy xo‗jalikning har tomonlama rivojlanish yo‗lidagi 
to‗siq, deb e‘lon qiladi va iqtisodiyotdagi monopol moyillik bilan 
kurashning zarurligini asoslab beradi; 
– o‗zini keynschilikka va xo‗jalik hayotiga faol aralashuv tamoyiliga 
asoslangan totalitarizmga qarshi raqib, deb hisoblaydi. 
XX asrning 30-yillaridayoq erkin raqobat tizimini cheklovchi 
iqtisodiyotni davlat tartiblashining keynschilik g‗oyalariga qarshi 
davlatning iqtisodiyotga aralashuvining muqobil neoliberal chora-
tadbirlari turli mamlakatlarda ishlab chiqarila boshladi. Hozirgi zamon 
sharoitida ―neoliberallar‖ nomi bilan ataluvchi bir qancha maktablar 
amal qiladi. Unga Chikago (M.Fridman), London (F.Xayek), Frayburg 
(V.Oyken, L.Erxard) maktablarini kiritish mumkin. 
“Ordoliberalizm” nima? 
Ikkinchi Jahon urushidan keyin 
neoliberalizm g‗oyalari eng avvalo, G‗arbiy Germaniya amaliyotida 
muvaffaqiyatli qo‗llanila boshladi. Bu yerda 1948-yildan neoliberalizm 
Bonning rasmiy doktrinasiga aylandi. O‗sha yili V.Oykenning 
muharrirligi 
ostida 
xo‗jalik 
va 
ijtimoiy 
tuzum 
to‗g‗risidagi 
neoliberallarning yillik jurnalining birinchi soni ―Ordo‖ nomi bilan chop 
etildi. V.Oyken ishlatgan ―Ordo‖ so‗zi ―Tabiiy tuzum ... erkin bozor 
xo‗jaligi‖ tushunchasini bildiradi. Germaniyada neoliberalizm doktrinasi 
―Oyken maktabi‖ ta‘sirida hatto ―ordoliberalizm‖ deb atala boshladi.\ 
Ordoliberal konsepsiyasi asosida ―ijtimoiy bozor xo‗jaligi‖ konsepsiyasi 
ishlab chiqildi. Uni ishlab chiqqan iqtisodchi professorlar Alfred 
Myuller-Armak, Aleksandr Ryustov, Vilgelm Repke va Lyudvig 
Erxardlar hisoblanadi. 


277 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin