278
sifatida to‗liq va operativ axborotga ega bo‗lmagan markaziy rejalashtirish
bozor iqtisodiyotiga o‗xshab samarali amal qila olmasligini ko‗rsatib berdi.
Baholarning bir markazdan o‗rnatilishi, ularning ustidan nazorat qilib
turilishi, F.Xayekning fikri bo‗yicha, axborotning buzilishiga, noto‗g‗ri
tarqalishiga olib keladi. Baho talab va taklifni to‗g‗ri aks ettirmaydi,
mahsulotlarga bo‗lgan talab to‗g‗risida ishlab chiqaruvchi aniq tasavvurga
ega bo‗lmaydi.
F.Xayek bo‗yicha pul emissiyasiga bo‗lgan davlat monopoliyasi
erkin jamiyat uchun zararli, negaki, hukumat bunday monopoliya
yordamida o‗z fuqarolari hisobiga davlat muammolarini yechishga
urinadi (masalan, davlat qarzi muammosi, davlat xarajatlarining
ko‗payib ketishi va b.). U davlat emissiyasini xususiy emission
banklarning erkin raqobati bilan almashtirishni taklif qiladi. Xususiy
valyutalarni chiqarayotgan banklar o‗rtasidagi erkin raqobat natijasida
odamlar kundalik hayotda foydalanish qo‗l keladigan ancha barqaror
valyutani tanlash imkoniyatiga ega bo‗ladilar.
Dostları ilə paylaş: