13.4. Ijtimoiy bozor xo„jaligi konsepsiyasi
―Ijtimoiy bozor xo‗jaligi‖ atamasini birinchi bor Kyoln universiteti
qoshidagi iqtisodiy siyosat instituti direktori Alfred Myuller-Armak
o‗zining ―Iqtisodiyotni tartiblash va bozor xo‗jaligi‖ (1947-y.) asarida
ishlatgan. Myuller-Armak ―ijtimoiy tenglik‖ prinsipi bo‗yicha ―bozor
erkinligi‖ prinsipini va adolatli taqsimlashni birga qo‗shib olib borish
konsepsiyasini ishlab chiqdi. Unda raqobat kurashi natijasida qo‗lga
kiritilishi mumkin bo‗lgan yuqori unumdorlik natijalari ijtimoiy-siyosiy
tadbirlar yordamida ham qo‗lga kiritilishi mumkinligi to‗g‗risidagi g‗oya
ilgari suriladi. Ijtimoiy bozor xo‗jaligi bo‗yicha tadqiqotlar V.Repke,
L.Erxard, V.Oyken va boshqalar tomonidan davom ettirildi.
Ijtimoiy bozor xo‗jaligi modelining keng tarqalishiga asosiy sabab
Erxardning yuqori o‗sish sur‘atini ta‘minlagan samarali iqtisodiy siyosati
hisoblanadi. Ikkinchi Jahon urushidan keyin GFR da olib borilgan bu
siyosat o‗rtacha yo‗l atalmish siyosat hisoblanardi. U ijtimoiy ziddiyatlarni
yumshatishga, tadbirkorlikni
har
tomonlama qo‗llab-quvvatlashga,
aholining o‗rtacha qatlamining turmush sharoitini yaxshilash uchun sharoit
yaratib berishga yo‗naltirilgan.
V.Repke tavsifiga ko‗ra ―ijtimoiy bozor xo‗jaligi‖ – bu ―iqtisodiy
insonparvarlik‖ tomon qo‗yilgan qadam. U o‗zining ―insonparvarlik
jamiyati‖ kitobida yozishicha, xo‗jalik yuritishning bu shakli
kollektivizmga – personalizmni, hokimiyatning to‗planuviga – erkinlikni,
markazlashuvga – markazlashmagan tizimni, tashkil etishga – o‗z-o‗zidan
sodir bo‗lishni qarshi qo‗yadi. V.Repkening fikriga qo‗shilgan holda
L.Erxard xristian-demokratik ittifoqi (XDI) syezdida (1957-y.) GFRda
―ijtimoiy bozor xo‗jaligining‖ ikkinchi bosqichi boshlanganligini tasdiqlab
o‗tadi. Sal keyinroq 60-yillarning boshida o‗z nashrlarining birida L.Erxard
aynan ―erkin musobaqa eng avvalo, ijtimoiy bozor xo‗jaligining asosiy
unsuri hisoblanadi‖, deb qayd qilib o‗tadi. 1965-yili XDI ning navbatdagi
syezdida esa, L.Erxard GFR da ―ijtimoiy bozor xo‗jaligini‖ yaratish dasturi
tugallanganini, u mamlakatni ―shakllangan jamiyatga‖ aylantirgani
to‗g‗risida e‘lon qiladi.
―Shakllangan jamiyat‖ doktrinasi L.Erxard va uning maslakdosh-
larining fikriga ko‗ra bu ―ijtimoiy bozor xo‗jaligini‖ yaratish orqali erishish
mumkin bo‗lgan eng qulay ―tabiiy iqtisodiy tartib‖ni topish. Unda ijtimoiy
tuzum va ishlab chiqarish munosabatlarining beshta formasi (tipi) va sinfiy
antagonizm to‗g‗risidagi marksistik g‗oyalar qat‘iyan inkor etiladi. Mazkur
283
doktrina V.Oykenning kishilik jamiyatiga faqat ―markaziy boshqaruv‖ va
―erkin bozor xo‗jaligi‖ tiplari xos, degan qoidaga asoslanadi.
Ijtimoiy bozor xo„jaligida davlatning roli.
Raqobat sharoitlari
avtomatik tarzda yuzaga kelmaydi, balki muayyan shart-sharoitlarning
bo‗lishini taqozo etadi. Iqtisodiy tartib, Oykenning tasdiqlashicha, o‗z-
o‗zidan o‗rnatilmaydi, uni iqtisodiy faoliyat o‗zi keltirib chiqarmaydi. Uni
davlat o‗rnatadi. Iqtisodiy siyosat prinsiplarini asoslab bergach, V.Oyken,
davlat xo‗jalik – ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‗ullanmasligini, balki
amal qilish qoidalarini o‗rnatishi va ularni hayotga tatbiq etish kerakligini
ko‗rsatib o‗tadi. Davlat to‗g‗ridan to‗g‗ri tartiblash yo‗li bilan hal qilib
bo‗lmaydigan vazifalarini, iqtisodiyotga doimo aralashishni o‗z zimmasiga
olmasligi kerak.
Bu yerda asosiy narsa, L.Erxard qayd qilib o‗tganidek, davlatning
iqtisodiy faoliyati bilan xususiy tadbirkorlik o‗rtasida optimal nisbatni
topishdir. Davlatning azaliy va bosh vazifasi fuqarolarga erkin amal qilish
huquqini beruvchi qoidalarni ishlab chiqish. Davlatning roli, Repke-Erxard
obrazli qilib ko‗rsatib berganidek, futbol maydonidagi hakamga o‗xshaydi,
u o‗yinchilar muayyan qoidaga amal qilyaptimi, yo‗qmi kuzatib boradi,
lekin o‗zi bevosita o‗yinda ishtirok etishga haqi yo‗q. Boshqacha aytganda,
davlat ―ijtimoiy bozor xo‗jaligining‖ amal qilish shart-sharoitlarini qo‗llab-
quvvatlab turishi uchun erkin raqobat ―qoidalarini‖ kuzatib turishi,
narxning tashkil topish shart-sharoitlarini nazorat qilib turishi, monopol
narxlar o‗rnatilishining oldini olishi, xususiy mulk muhofazasini
kafolatlashi kerak.
Neoliberalizmning ―ijtimoiy bozor xo‗jaligi‖ modeli barcha
fuqarolarining
ijtimoiy
xizmatlardan
foydalanishda,
farovonligini
oshirishda ularga teng huquq va teng imkoniyatlarni yaratib berish bo‗yicha
davlatning faol ijtimoiy funksiyasi g‗oyasiga asoslanadi. Bunda nafaqat
jamiyatdagi turli qatlamlar o‗rtasida aksionerlar sonining oshishi, balki
barcha ijtimoiy institutlarning yuksak barqarorligi, mehnatkashlarning
ertangi kunga bo‗lgan ishonchi va boshqalar nazarda tutiladi.
Iqtisodiy va ijtimoiy siyosat. Raqobatning ijtimoiy roli.
Ijtimoiy
bozor xo‗jaligida uyg‗un iqtisodiy va ijtimoiy siyosat amal qiladi. Ijtimoiy
siyosatni qolgan barcha iqtisodiy siyosatning oddiy ilovasi sifatida qarash
kerak emas, deb yozadi V.Oyken. Bu siyosat, eng avvalo, iqtisodiy tartib
siyosati bo‗lishi kerak. O‗z fikrini ifodalab, u ijtimoiy nuqtayi nazardan
kerakli bo‗lmagan narsaning o‗zi yo‗q, deb ta‘kidlab o‗tadi. ―Iqtisodiy
siyosatning hech bir chora-tadbirlari yo‗qki, ular birdaniga bevosita yoki
284
bilvosita ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqarmagan va ijtimoiy ahamiyatga
ega bo‗lmagan bo‗lsin‖.
Iqtisodiy siyosatning vazifalari yuksak darajada faol va ular boshqa
omillar bilan bir qatorda iqtisodiy hayotda aniqlovchi omil bo‗lishi kerak.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari o‗sib borishi bilan birga ijtimoiy siyosat
(bozor iqtisodiyotining shart-sharoitlari va xususiyatlariga muvofiq) ish
bilan bandlikni ta‘minlash, mintaqalarda daromadlar tengsizligini tugatish,
ancha yuqori ijtimoiy ta‘minot, ishchilarning korxonalarni boshqarishda
qatnashish tartibini takomillashtirish va boshqa muammolarni ilgari surdi.
Tartib tizimini takomillashtirish sifatida raqobat har tomonlama
rivojlantirib boriladi. Raqobatni rivojlantirish muayyan institutsional shart-
sharoitlarning bo‗lishini taqozo etadi. Bu shartlar monopolizm bilan
kurashish, mayda va o‗rta tadbirkorlikka ko‗maklashish, har bir kishiga o‗z
qobiliyatini, ijodiy imkoniyatlarini ro‗yobga chiqarish uchun sharoitlarni
yaratib berish orqali qo‗llab-quvvatlab turiladi. Raqobat iqtisodiy o‗sishga,
mehnat unumdorligini oshirishga, texnika taraqqiyotiga olib keladi.
Raqobat u mustaqil xo‗jalik yuritish vositasi, turli sohalarda optimal
yechimlarini topishga rag‗batlanturuvchi kuch, kundalik turmush va dam
olishni tashkil etish shakli sifatida ijtimoiy funksiyani ham bajaradi.
Klassik maktab va keyingi avlod vakillari ―iqtisodiy jarayonlar ―siyosiy‖
iqtisod sohasida kechishini, u boshqa, shu jumladan, siyosiy omillar
ta‘siriga uchrashini‖ unchalik hisobga olmagan va u yetarlicha
baholanmagan.
Hozirgi davrda iqtisodiy erkinlik va ijtimoiy adolat to‗g‗risidagi
tasavvur butunlay o‗zgargan. Ijtimoiy bozor xo‗jaligi uchun L.Erxard
fikriga ko‗ra ―bozorda mutonosiblikni ushlab turishda nafaqat texnik,
avtomatik mexanizmlar, balki ma‘naviy, axloqiy tushunchalar ham
muayyan ahamiyatga ega. Faqat erkin shakllanadigan baho orqali talab va
taklif o‗rtasidagi muvozanatni ushlab turish ijtimoiy tuzumni oqlash yoki
uning g‗oyaviy boyligini to‗ldirish uchun yetarli emas‖.
Germaniya iqtisodiyoti rahbarlari o‗zlari olib borayotgan yo‗lning
to‗g‗ri ekanligini asoslab berish, shu jumladan, neoliberallarning
konsepsiya va takliflariga umuman mos kelmaydigan chora-tadbirlarni
amalga oshirish uchun ijtimoiy bozor xo‗jaligining g‗oya va shiorlaridan
keng va mohirona foydalandilar.
Hozirgi davrda Germaniyada ijtimoiy siyosatning quyidagi
maqsadlari rasman shakllanmoqda:
1) ijtimoiy adolatni ta‘minlash: yaratilgan boyliklarni jamiyat a‘zolari
o‗rtasida adolatli taqsimlash;
285
2) ijtimoiy himoya, ya‘ni aholini ishsizlik, kasallik, baxtsiz voqea kabi
ijtimoiy xatarlardan saqlash;
3) barcha ijtimoiy guruhlarning amal qilib turgan (ijtimoiy) tartib bilan
hamjihatligiga erishish.
Dostları ilə paylaş: |