291
o‗tkazib, Portugaliya vinoni ayirboshlash yo‗li bilan 80 kishilik mehnat
sarflari hisobiga, ya‘ni 10 kishilik mehnatni tejash evaziga gazlama
olishi mumkin. Bunday ayirboshlash
Angliya uchun ham foydali,
negaki, u o‗z kuchini gazlama ishlab chiqarishga sarflab, gazlamani
sotish yo‗li bilan muayyan miqdordagi vinoni 120 kishining mehnati
hisobiga emas, balki faqat 100 kishilik mehnat
evaziga olishi mumkin
(ya‘ni 20 kishilik mehnatni tejash hisobiga). Bu misoldan shu narsa
ko‗rinadiki, qiyosiy ustunlik mavjud bo‗lsa, ixtisoslashuv va
ayirboshlash ikkala mamlakat uchun ham foydalidir. Bundan
mamlakatlar o‗rtasida mehnat taqsimoti
va ishlab chiqarishning
ixtisoslashuvi zarurligi kelib chiqadi.
Qiyosiy xarajatlar g‗oyasi – bu o‗zaro foyda ko‗rish g‗oyasidir.
Unga ko‗ra ―... Fransiya va Portugaliyada vino tayyorlanishi, Amerika
va Polshada don yetishtirilishi, Angliyada
metall buyumlari va boshqa
tovarlar ishlab chiqarilishi kerak‖. Lekin qiyosiy xarajatlar nazariyasida
bir qator soddalashtirishlar mavjud bo‗lib, tashqi iqtisodiy aloqalarda
bo‗ladigan qiyinchiliklar aks ettirilmagan. D. Rikardo modeli –bu ikki
mamlakat o‗rtasidagi savdo modelidir. Mazkur model qiyosiy
xarajatlarning
o‗zgarishini, savdo qilayotgan mamlakatlarning
unumdorlik imkoniyatlaridagi farqlarni ham hisobga olmaydi.
Dostları ilə paylaş: