293
chiqarishni 1 metrga kamaytiradi, Angliya sanoatiga qo‗shilgan mehnat
birligi esa mato ishlab chiqarishni 2 metrga ko‗paytiradi
va shu asosda
matoning umumiy ishlab chiqarilishi 1 metrga oshadi. Shunday qilib,
ikki mamlakat modeli uchun sanoat tarmoqlari o‗rtasida mehnatning
ko‗chirilishi natijasida ishlab chiqarishning umumiy hajmi ko‗payadi.
Bizdagi keyingi muammo xalqaro
savdo vositasida har ikkala
mamlakatga foyda keltiradigan narxlarning o‗rnatilishini aniqlash
hisoblanadi. Biz narxlarni barter sharoitida ko‗rib chiqamiz. Angliyada 1
metr mato 2 litr vinoga teng keladi, mato narxi
vinoning narxidan ikki
barobar yuqori. Inglizlar 1 metr mato uchun 2 litrdan ortiq vino
olsalargina, matoni vinoga almashtirishga rozi bo‗lishadi. Portugaliyada
vino va matoga mamlakat ichidagi narxlari 8 litr vinoga 1 metr mato
tashkil qiladi. Agar portugaliyaliklar 8 litr vinodan kamrog‗iga 1 metr
mato oladigan bo‗lsalar, bu savdoni amalga oshirar edilar.
Shu sababli
biz vino va mato xalqaro narxlar ketma-ketligi mavjudligini hamda bu
narxlar har ikkala mamlakatga ham naf keltirishi kerakligini hisobga
olib, ushbu savdoda 7,9 litr vino 1 metr matoga va 2,1 litr vino 1 metr
matoga teng narxlar oralig‗ida bo‗lganida
foyda olish mumkin
bo‗lganligi uchun mazkur narxlarni o‗rnatdik.
Dostları ilə paylaş: