Xalqaro savdo
Smitning Xalqlar boyligi g‗oyasining asosiy maqsadlaridan biri
hozirda merkantalizm, deb atalgan g‗oyalar majmuyining yolg‗on
tomonini ko‗rsatib berish edi – bu kitobning taxminan 25 foizi
merkantalizm ta‘limoti va amaliyotini tekshirishga bag‗ishlangan edi.
Ba‘zi merkantalistlar eksport importdan yuqori bo‗lgan tashqi savdoning
davlat tomonidan tartibga solinishi mamlakat savdoning qulay balansiga
ega bo‗lishi uchun zarur va shuning uchun boshqa mamlakatlar kabi
qimmatbaho metallarni ko‗paytirish eksportni importdan oshiradi, deb
hisoblardi. Qizig‗i shundaki, biz hali ham ―qulay savdo balansi‖
terminidan bir mamlakat boshqasiga ayirboshlash uchun olganidan
ko‗proq tovar bergan holatini, to‗lovlar oltin yoki IOU orqali amalga
oshirilgandagi farqni ifodalashda foydalanmoqdamiz. Qulay savdo
balansi faqatgina xalq boyligi xoldinglarning qimmatbaho boyliklariga
va IOUga bog‗liq, deb xato o‗ylovchidlar uchun qulay.
288
Smit Xalqaro savdo bo‗yicha fikrlar berib, ikki davlatni qiyoslab
tushuntirishga harakat qiladi, masalan, agar Angliya Fransiyaga
qaraganda pastroq narxda tovar ishlab chiqara olsa va agar Fransiya
boshqa tovarlarni, masalan, vinoni Angliyadan ko‗ra pastroq narxda
ishlab chiqarsa, mana shu tovarlarni ayirboshlash har ikki tomonga ham
foyda bo‗ladi. Buni iqtisod tilida xalqaro savdoning aniq ustun tomoni,
deb E‘tirof etiladi. U xalqaro savdoga nisbatan to‗g‗ri siyosat ichki
savdoga bo‗lgan munosabat bilan bir xil bo‗lishi kerak, erkin –
boshqariladigan bozorlarda ixtiyoriy ayirboshlashga yo‗l qo‗yish to‗g‗ri,
deb topgan. Bu boradagi fikrlar ham Smit va boshqa iqtisodchlar
tomonidan turlicha baholangan.
Smitning tahlillarida qanday bozorlar vaqt davomida izchil
rivojlanishi, erkin xalqaro savdo uchun biri boshqa dalilni topishi
keltirilgan. Smit hech qachon bu dalilini to‗liq rivojlantirmagan
bo‗lsada, keyinchalik iqtisodchilar Xalqlar boyligi asaridan u haqida
xulosa chiqarishga muvaffaq bo‗ldilar. A.Smit xalqlar boyligining
asosiy omili, deb mehnat samaradorligi va mehnat samaradorligining
mehnat taqsimotiga bog‗liqligini ko‗rsatdi. Mehnat taqsimoti ortganda
va ixtisoslashganda uning samaradorligi keskin oshadi. Smit shaxsiy
qobiliyati va samaradorlik o‗rtasidagi farqlarni mehnat taqsimotiga
emas, balki uning sababiga katta ta‘sir ko‗rsatadi, deb hisoblaydi. Smit
biz hammamiz tug‗ilgandan bir xil qobiliyatlimiz, faqatgina biz turli
faoliyatlarda
ixtisoslashishni
boshlaganimizdan
keyin
boshqa
ixtisoslashmaganlarga nisbatan mohir bo‗lamiz, deya takidlaydi. Biz
bajarish orqali o‗rganamiz, o‗zimizning maxsus vazifamizni yanada
samaraliroq bajarib, asta-sekinlik bilan tovarimizni arzonroq ishlab
chiqara olamiz.
Zamonaviy iqtisod tilida shunday narsa bor, ishchi kuchi va
mutaxassislar ko‗payib borgani sari investitsiya unumi (xarajatlar
kamayishi) oshadi. Tashqi savdo uchun Smit tasdig‗ining bir qismi shu
investitsiya unumi tushunchasiga keng miqyosda asoslanadi. Uning
tushunishi bo‗yicha, agar ikki tug‗ma iste‘dodli shaxs teng bo‗lsa va
ularning talanti o‗zgarmay qolsa, bu shuni ko‗rsatadiki, ular o‗zlarining
mahsulotlarini ixtisoslashtirsa va sotuvga qo‗ysa, ularning ikkisi uchun
ham buning yaxshi jihati yo‗q (shaxslarning millati bu fikrlarga ta‘sir
etmaydi – masalan, biri ingliz va boshqasi fransuz bo‗lsin). Agar shu
ikkisi ham mehnat mutaxassisligi orqali ko‗proq mahoratli bo‗lib borsa,
ikkalasining ham mahsulot ishlab chiqarish xarajati pasayadi va ikkalasi
ham ixtisoslashish va savdo orqali foyda oladi. Smitning bunday
289
qarashidan bepul savdoning rivojlanishi uchun muhim bo‗lgan shunday
tushuncha paydo bo‗ldiki, birmuncha vaqt davomida har qanday millat
mehnat taqsimoti va ixtisoslashish orqali ma‘lum mahsulot ishlab
chiqarishda xalqaro savdodan mutlaq foyda olishi mumkin.
Xalqaro savdo borasidagi o‗z tahlillarida juda ham siyosiy
yo‗nalgan Smit xususan savdo hajmida cheklangan biznes siyosatlarini
millatning boyligi bo‗lgan katta mahsulot harakatini to‗g‗ri aniqlashning
o‗rniga millat tutib turgan qolipdan iborat millat boyligini xato
baholaydi, deya xulosa qilib tanqid qiladi. Smit olg‗a surgan
hukumatning xalqaro savdo borasidagi to‗g‗ri siyosati mahalliy savdoda
mavjud ko‗ngilli almashinuvlarning erkin boshqariladigan bozordan
o‗rin olishi bilan o‗xshash. U qo‗shilmaslik siyosati barcha
mamlakatlarda yuqori ko‗rsatkichlarga yetaklishiga ishonadi.
Shu davrdagi ustuvor g‗oyalarni baholashda zamonaviy iqtisod
klassik iqtisodchilar va merkantalistlar o‗rtasida erkin bozor va hukumat
nazorati qarama-qarshiliklarining mutanosib bog‗liqligi borasidagi
qarashlariga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadigan yana bir farqni kashf etdi. Bu
tafovutlar na Smit, na klassik iqtisod g‗oyalarida to‗liq izohlanganiga
qaramay iqtisodiy harakatlar natijasi haqidagi klassik qarashlarga asos
bo‗lgan va bugungi kunda ham shunday bo‗lib qolmoqda. Ular bir fakt
bilan bog‗liq, ya‘ni agar kimdir barcha zaxiraga ega bo‗lsa, bizning
yerimiz yangilanadi, keyin esa ikki shaxs yoki millat o‗rtasidagi
almashinuv jarayoni biri yutib, biri yutqazishini talab etadi.
Zamonaviy iqtisodchilar tilida iqtisodiy ayirboshlash - ―Zero-Sum
game‖ – ―O va yig‗indi o‗yini‖ termini, ya‘ni bunda Britaniya Fransiya
bilan savdo qilganda, agar bittasi ayirboshlash orqali daromadga ega
bo‗lsa, boshqasi yo‗qotadi, yutqazadi. Bu usulga qarama-qarshi bo‗lgan
iqtisodiy ayirboshlashning istiqbolli ta‘sirida o‗yin yo‗q, bunda ikki
tomon ham ayirboshlash tufayli foydaga erishadi. Yani bu g‗oya barcha
davlatlar xalqaro savdodan foyda ola oladi, degan fikrni isbotlaydi,
ayirboshlashdan so‗ng dunyoda tovarlar oldingidan ko‗ra ko‗proq ekani
ko‗rsatiladi.
Ko‗p tijoratchilarning fikriga qarshi o‗laroq, bu Smit va boshqa
yozuvchilarning nazarida – mamlakat ichida yakka tartibdami yoki turli
xil mamlakatlar orasida yuz bergandami, agarda o‗z xohishicha
ayirboshlashga qarshi kuchli dalillar bo‗lsa, barcha tomonlar savdo-sotiq
orqali foyda olishlari mumkin.
Smit qiziqish bildirmagan xorijiy savdo-sotiq nuqtayi nazariyasi
shubhasiz qisman to‗g‗ri, chunki uning kuchli jihati nazariyasi emas,
290
iqtisodiy siyosati edi, lekin bu muhokamada olib boriladigani – qaysi bir
narxda ayirboshlash ro‗y berishi, shuning uchun aniqlanadigani
savdogar o‗rtasida savdo-sotiqdagi foyda qanday qilib bo‗lib berilishidir.
Biz David Rikardo va Jon Styuart Millarni imtihon qilganimizdan so‗ng
shu masalaga murojaat qilamiz
72
.
Dostları ilə paylaş: |