300
14.3. Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi
Qiyosiy ustunlik nazariyasining zamonaviy turlanishi (ko‗rinishi)
shved iqtisodchilari
Eli Xeksher (1879–1952)
va
Bertil Olin (1899–
1979)
ishlab chiqqan
ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi
hisoblanadi.
D.Rikardo ishlab chiqarish xarajatlaridagi farqlarni tabiiy va
geografik sharoitlar tufayli kelib chiqadigan
farqlar bilan aniqlanishi
nuqtayi nazaridan ko‗rib chiqqan. Bu prinsip umuman to‗g‗ri, lekin
yetarli emas. Jahon bozorida faqat neft, paxta, apelsin bilan savdo
qilinmaydi. Tashqi savdo ayirboshlanishida
sanoat ishlab chiqarishi
tovarlari va xizmatlarning hissasi tobora ortib borayapti. Bu
mahsulotlarni
ishlab
chiqarish
va
sotishda,
jahon
narxining
shakllanishida tabiiy sharoitlardan ko‗ra boshqa omillar ko‗proq rol
o‗ynaydi. Masalan, Shvetsiya tashqi bozorga murakkab sanoat mah-
sulotlarini – avtomobillar va rolikli podshipniklarni, tog‗-kon uskunalari
va dengizda ishlatiladigan motorlarni yetkazib berish bilan samarali
savdo qiladi. Ko‗p sohalarda raqobat ustunligini qo‗lda ushlab turgan
aynan shu mamlakatda tashqi savdo nazariyasining
yaratilishi bejiz
emas. Mazkur nazariya texnologiyasi deyarli bir xil bo‗lgan, o‗zaro
savdo qilayotgan mamlakatlar ishlab chiqarish omillari (kapital, ishchi
kuchi, yer) bilan bir xil darajada ta‘minlanmaganligiga asoslanadi.
Qiyosiy xarajatlar konsepsiyasiga asoslangan holda shved iqtisod-
chilari Xeksher va Olin bunday xarajatlar asosida
nima yotishini tushuntirib
berishga harakat
qildilar. Ular savdo qilayotgan mamlakatlarda
ishlab chiqarish omillari kombinatsiyasi umuman
o‗xshash bo‗lgan sharoitda xarajatlar darajasidagi
farq asosan ularning ishlab chiqarish omillari bilan
ta‘minlanligiga bog‗liq, deb xulosa qiladi.
Xeksher-Olin
tadqiqotida tashqi savdoda
xarajatlari nafaqat tabiiy sharoitlardagi farq bilan,
balki savdo ishtirokchilari ta‘minlangan har xil
omillar narxi bilan ham aniqlanadi. Bir xil omillar
ortiqcha, boshqa bir omillar yetishmaydi. Bir turdagi omillarning narxi
nisbatan yuqori, boshqa turdagi omillarning narxi nisbatan past.
Omillarning narxi ularning kamyobligi bilan aniqlanadi: odatda,
tanqis
omillar – qimmat, ortiqcha omillar - arzon. Agar mamlakatda qandaydir
301
bir omil boshqa omillarga nisbatan ortiqcha bo‗lsa, masalan, arzon
ishchi kuchi ko‗p bo‗lsa, unda bu mamlakat mehnat talab mahsulotlarni
(to‗qimachilik, kiyim-kechak va b.) ishlab chiqarishga va ularning
savdosiga ixtisoslashadi. Agar mamlakatda kapital ortiqcha bo‗lsa, unda
bu mamlakatga kapital sig‗imli mahsulotlarni (mashinalar, asbob-
uskunalar) eksport qilish foydali hisoblanadi.
Masalan, arzon ishchi kuchiga ega bo‗lgan Janubiy Koreya mehnat
talab mahsulotlarni (kiyim-kechak,
avtomabil, kundalik turmush elektr
asboblarini) eksport qiladi: xitoyga kiyim-kechak, to‗qimachilik
mahsulotlarini eksport qilish qo‗l keladi. Shvetsiya po‗lati va metall
mahsulotlarining
raqobatdagi ustunligi shundaki, mamlakatda qazib
olinadigan temir rudasi yuqori sifatli po‗lat eritish xususiyatiga ega.
Demak,
Xeksher-Olinning
tashqi
savdo
modeli
asosida
xarajatlarning tuzilishi, ortiqcha ishlab chiqarish omillarining past narxi
yotadi. Mamlakat ortiqcha ishlab chiqarish omillaridan intensiv
foydalanib, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni eksport qiladi, ishlab
chiqarish omillari tanqis bo‗lgan tovarlarni esa import qiladi.
Dostları ilə paylaş: