274
etiladi, banklar paydo bo‗ladi, ishlab chiqarishni investitsiyalash
kuchayadi.
3.
Yuksalish davri
(sanoat inqilobi): eski an‘anaviy uklad asosan
tugatiladi, iqtisodiy o‗sish me‘yorli holat hisoblanadi,
ishlab
chiqaruvchi sanoatning asosiy tarmoqlarining jadal rivojlanishi
amalga oshiriladi, davlat eksportni rag‗batlantiradi.
4.
Yetuklik bosqichi
: aholining o‗sishiga
qaraganda mahsulot
ishlab chiqarishning doimo ortiq bo‗lishi ta‘minlanadi, milliy
iqtisodiyotning
jahon
xo‗jaligiga
integratsiyalashuvi
kuchayadi,
an‘anaviy jamiyat batamom tugatiladi.
5.
Ommaviy iste‟mol bosqichi
: uzoq
muddat foydalaniladigan
iste‘mol buyumlari va xizmat ko‗rsatish asosiy ahamiyat kasb etadi.
U.Rostou AQSh iqtisodiy tizimini ijtimoiy evolyutsiyaning yuqori
bosqichi, ommaviy iste‘molning yuqori darajasi bosqichi, barcha boshqa
mamlakatlarning kelajakdagi rivoji uchun model, deb tasvirlaydi.
Uningcha, kommunizm – bu industrlashtirishni
jadallashtirish zarurati
tug‗ilgan hollarda «o‗tkinchi davrning kasali», «yagona industrial
jamiyat»ga o‗tishning mumkin bo‗lgan yo‗llaridan biridir. Sotsializm
yuksalish bosqichiga yaqinlashganda va yuksalish bosqichining o‗zida
jamiyatni jadallashtirishga qodir. «Ammo kommunizm o‗z
mohiyatiga
ko‗ra yuqori ommaviy iste‘mol davrida barham topishi kerak». Hozir
hammaga ayonki, bu bashorat amalga oshdi.
Dostları ilə paylaş: