O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

b) Konvergensiya konsepsiyasi 
Nobel mukofoti sohibi, gollandiyalik olim Yan Tinbergen XX 
asrning 60-yillari ilgari surgan konvergensiya konsepsiyasi ko‗pchilik 
iqtisodchilar tomonidan qo‗llab-quvvatlandi. Ushbu konsepsiyaga ko‗ra 
kapitalizm bilan sotsializm rivojlana borgan sari har ikkalasida o‗xshash 
belgilar yuzaga keladi (kapitalizmda rejali ish roli oshib boradi, 
sotsializmda bozor munosabatlari rivojlanadi), tafovutlar asta-sekin 
yo‗qolib boradi. Ishlab chiqarish sharoitlari, madaniyat va fan-
texnikaning rivojlanishi umumiy taraqqiyot natijasida har ikkalasida 
tobora bir xillashib boradi. Kapitalizm ham, sotsializm ham ayni bir xil 
muammolarni hal qilishga, ularni hal etishning bir xil uslublarini 
qo‗llashga intiladi. 
Yan Tinbergan hozirgi paytda hech qayerda «sof kapitalizm» yo‗q, 
deb hisoblaydi. Bu borada fikr yuritgan J.K. Gelbreyt texnika 
taraqqiyotini kapitalizm va sotsializmning yaqinlashuvi negizi sifatida 
ilgari suradi. U konvergensiya moyilligini yirik ishlab chiqarishning 
o‗sishida, jami talabning davlat tomonidan tartibga solinib turishi va 
hokazolarda ko‗radi. «Biz, deb xulosa qiladi Gelbreyt, – go‗yo turlicha 
bo‗lgan ikkita industrial tizimning konvergensiyasi hamma eng muhim 
sohalarda sodir bo‗layotganligini ko‗rib turibmiz». 
Iqtisodiyotni davlat yo‗li bilan tartibga solib turishni birinchi 
o‗ringa qo‗ygan A.Bergson «har ikkala tizim unchalik xilma-xil emas va 
keyinchalik ular o‗rtasidagi tafovut yanada ko‗proq kamayib borishi 
mumkin», deb yozadi. 
Amerika sotsiologi P.Sorokin barcha asosiy yo‗nalishlar bo‗yicha 
– tabiatshunoslik va texnika, ijtimoiy fanlar, maorif, san‘at, din, nikoh 
va oila, iqtisodiy tizim, ijtimoiy munosabatlar, siyosiy tizim sohalarida 
kapitalizm bilan sotsializmning yaqinlashuvini targ‗ib qiladi. Uning 
fikricha, kapitalizm va sotsializmning o‗zaro konvergensiyasi oqibatida 
ulardan farq qiladigan qandaydir oraliq jamiyat yuzaga keladi. 


272 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin