O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


g) «Industrial jamiyatdan keyingi jamiyat»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

g) «Industrial jamiyatdan keyingi jamiyat» 
XX asr 60-yillarining oxiriga kelib aholi turmush darajasining 
o‗sishi, xizmat ko‗rsatish sohasining va iqtisodiyotda axborot 
sektorining roli kuchayib borishi bilan jahon iqtisodiy adabiyotlarida 


273 
«Industrial jamiyatdan keyingi jamiyat» konsepsiyasi keng tarqala 
boshladi. 
Amerika sotsiologi Deniel Bell (1919) hozirgi zamon ijtimoiy 
tizimini asosiy harakatlantiruvchi va qayta tashkil etuvchi kuch fan-
texnika inqilobi, deb hisoblaydi. Fan-texnika inqilobi ta‘sirida iqtisodiy 
jarayonlarda, mulkchilik munosabatlarida, hokimiyatning tuzilishida, 
madaniyat, ma‘naviyat va mafkura sohasida juda katta o‗zgarishlar 
amalga oshiriladi. «Industrial jamiyatdan keyingi jamiyat» tizimining 
o‗ziga xosligi shundan iboratki, u eng avvalo – xizmat ko‗rsatish 
jamiyati bo‗lib, aholining ko‗pchiligi shu sohada ish bilan band bo‗ladi. 
Bu jamiyat yana shu bilan ifodalanadiki, iqtisodiyot «uyg‗unlashgan 
xarakter» kasb etadi, uning rivojlanish sur‘ati oshadi, umumiy 
farovonlik, aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan daromadlarning yuksak 
darajasi ta‘minlandi, axborot hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. 
Axborot umumxalq boyligi hisoblanadi, uni monopollashtirish 
juda qiyin. Agar industrial jamiyatning asosiy muammosi sanoat 
korporatsiyalarining ishini tashkil qilish hisoblansa, unda industrial 
jamiyatdan keyingi jamiyatning asosiy xo‗jalik muammosi ―axborot 
iqtisodiyoti‖ uchun mahsulot yaratuvchi – universitetlar va ilmiy-
tadqiqot markazlari faoliyatini tashkil qilish hisoblanadi. Insonning 
jamiyatdagi o‗rni, mavqeyi va nufuzi endi uning mulkiy boyligidan 
ko‗ra, uning malakasi va bilim darajasiga ko‗proq bog‗liq bo‗ladi. 
Haqiqatan ham jamiyatda xizmat ko‗rsatish va axborot sohasining 
yuksak darajada rivojlanishi bunday jamiyatda sifat o‗zgarishlar yuz 
berganligidan dalolat beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin