O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

 
Kommonsning iqtisodiy g„oyalari 
Kommons ortodoksal iqtisodiy nazariyani mustaqil tanqid qilgan 
bo‗lsada, Veblen va Mitchellning tanqidi bilan bir vaqtga to‗g‗ri kelgan. 
Uning ijtimoiy muammolarga yondashuvi neoklassik nazariyaning tor, 
statik, deduktiv yondashuvini rad etdi. Kommons tahlilga barcha 
ijtimoiy fanlar va qonunni kiritishga harakat qildi. U jamiyat va 
iqtisodiyotni rivojlanuvchi va o‗zgaruvchan deb qarab, raqobat, bozorlar 
va 
gedonistik 
ishtirokchilar 
to‗g‗risidagi 
deduktiv 
ortodoksal 
yondashuvga qarshi chiqdi. Nihoyat, Kommons ―laissez-faire‖ 
siyosatiga (ya‘ni davlat aralashuvi cheklangan siyosatga) asoslangan 


263 
iqtisodiyotda uyg‗unlik borligi to‗g‗risidagi taxminlarni uning empirik 
kuzatuvlariga to‗g‗ri kelmasligini bayon etdi. 
Kommonsning amerika kapitalizmi tanqidining boshlang‗ich 
nuqtasi ortodoksal narx nazariyasining boshlang‗ich nuqtasiga to‗g‗ri 
kelgan, ammo tadqiqotlar umuman bir-biriga o‗xshamas edi. Uning 
fikricha, ortodoksal narx nazariyasining ifodasi va bayoni real voqelikka 
to‗g‗ri kelmaydi. Mazkur nazariya ratsional odamlar harakatini raqobat 
bozorlarida mexanik tarzda bo‗lishini ta‘kidlagan. Kommons esa raqobat 
bozorlarida gedonistik insonlar emas, balki iqtisodiyotning turli 
qismlarini ayirboshlash munosabatlari birlashtirib turadi, degan fikrni 
ilgari surdi. Ortodoksal iqtisodiy nazariya alohida vaziyatlardagi narx va 
ayirboshlash mohiyatnini tushuntirishi mumkin, masalan, yuqori 
darajada tashkil etilgan birjada yoki qimmatli qog‗ozlar bozorida, 
chunki bu bozorlarda haqiqatdan ham ayirboshlash bor, lekin 
ayirboshlash munosabatlari mavjud emas. Bu bozorlarda sotuvchi va 
oluvchi o‗rtasida mutlaq anonimlik mavjud bo‗lib, odatda, bozorlardagi 
bitimlarga madaniy, sotsiologik, psixologik kuchlar, urf-odatlar ta‘sir 
etmaydi. Bitimlar Kommonsning nazariy tuzilmasida asosiy element 
o‗rnini egalladi.
―Haqiqatda bitimlar iqtisodiyot, fizika, psixologiya, axloqnoma, 
qonunshunoslik va siyosatning tutashuv joyi bo‗lib xizmat qiladi. 
Alohida olingan bitim – barchasini o‗z ichiga jamlaydigan kuzatuv 
birligi, chunki uning ichida alohida kishilarning xohshi, muqobil 
variantlar orasidagi tanlovi, mehnat va tabiiy resurslar cheklangan 
sharoitda turli majburiyatlar yoki ularning aksi, davlat arboblari yoki 
biznes konsernlar, kasaba uyushmalari tomonidan uyushtirilgan inson 
huquqlari, erkinliklari himoyasi, ya‘ni cheklangan resurslar dunyosida 
bir odamning harakati mamlakatdagi siyosiy, biznes, mehnat, oilaviy va 
boshqa jamoa harakatlariga to‗g‗ri kelishi yoki to‗g‗ri kelmasligi 
mumkin ‖.
62
Kommons iqtisodiyotdagi savdo bitimlarining 3 xil turini ajratib 
ko‗rsatadi. ―Boylikka egalik qilish huquqini boshqalarga o‗tkazish 
ixtiyoriy kelishuv asosida amalga oshiriladi‖
63
. Huquqiy tenglik bu 
iqtisodiy tenglik, degani emas. Birinchi turi, Ortodoksal nazariyaning 
predmeti bo‗lib, ishlab chiqarish omillari bozorida narxni aniqlovchi 
savdo bitimlari to‗g‗risidagi nazariyalar hisoblanadi, amalda bu nazariya 
62
John R. Commons, 
Legal Foundations of Capitalism 
(New York: Macmillan, 1924), p. 5. 
63
John R. Commons, 
Institutional Economics 
(New York: Macmillan, 1934), p. 68. 


264 
noodatiy xususiyatlarga ega bo‗lgan raqobatli bozorlarga talluqli bo‗ladi, 
bunday bozorlarda majburlash, ishontirish, urf-odatlar mavjud bo‗lib, 
bozor hukumronligi va taklif qonuni kabilar tan olinmaydi. Savdo 
shartnomalarining ikkinchi turi boshqariladigan shartnomalar hisob-
lanadi. Bunda huquqiy va iqtisodiy buyruqlar yuqori turuvchi boshliqlar 
tomonidan beriladi. ―Bu munosabat brigadir va ishchi, menejer va 
xizmatchi, xo‗jayin va xizmatkor, qul va qullar o‗rtasidagi munosabat-
lardan iborat‖
64
. Boshqariladigan shartnomalar ishtirokida boylik yarati-
ladi. Kommonsning fikricha, savdo shartnomalarining 3 turi bajarila-
digan operatsiyalarni normalashtirish hisoblanadi. U quydagilarni o‗z 
ichiga oladi: ―Qo‗shma karxona a‘zolari o‗rtasida tomonlarning foyda va 
zararlarni taqsimlash borasidagi kelishuvlarni normalashtirish vakolatiga 
ega bo‗lgan bir necha ishtirokchilarning kelishuvlari‖
65
. Kommons 
shundan so‗ng institut, degan tushunchaga tarif berdi: 
Britaniya va Amerika amaliyotida rivojlangan Konsernlar ushbu 
uch turdagi savdo shartnomalarini umumlashganligini isbotlovchi 
iqtisodiy tadqiqot natijasi hisoblanadi. Institut oila, korporatsiya, kasaba 
uyushmasidan tortib to davlatgacha bo‗lgan tushunchalarni o‗z ichiga 
oladi. ―Guruh‖ bu borada passiv tushuncha, ―rivojlanayotgan kon-
sernlar‖ aktiv tushuncha hisoblanadi
66
.
Muassasa bu jamoalarning individual harakatini nazorat qilish
erkinlashtirish va kengaytirish borasidagi birgalikdagi harakatlari 
hisoblanadi. Iqtisodiy munosabatlardagi asosiy muammo shundan 
iboratki, men qancha ko‗p olsam senga shuncha kam qoladi va bu 
borada albatta kelishish zarur. Bu muammolar ko‗pchilik savdo 
shartnomalarida uchramaydi, chunki o‗tgan vaqt davomida orttirilgan 
tajribalar, qabul qilingan qonunlar, an‘analar va urf-odatlar natijasida 
bunday muammolar tartibga solingan. Kommons bu elementlarni 
muammolarni yechishdagi dastak sifatida qaragan. 
Kommons o‗zining ushbu yondashuvi orqali Amerika kapita-
lizmini tahlil qildi. 
Neoklassik nazariyaga ko‗ra resurslar cheklanganligi sababli 
vujudga keladigan muammolarni tahlil jarayonida ijtimoiy, psixologik 
va madaniy elementlarni hisobga olmagan holda raqobatli bozorda hal 
qilish mumkin. Uning ta‘kidlashicha, bu muammolarning ko‗pchiligi 
davlat aralashuvidagi iqtisodiyotga qaraganda raqobatli bozor sharoitida 
64
O„sha manba
„ p. 64. 
65
O„sha manba
., pp. 67-68. 
66
O„sha manba
., p. 69.


265 
yaxshiroq hal qilinadi. Jamoalarning asosiy yo‗nalishlari ijtimoiy fanlar, 
tarix va huquqiy masalalarga qaratilishi kerak. 
Kommons shuningdek, boshqarib bo‗lmaydigan iqtisodiyot noxush 
ijtimoiy vaziyatlarni keltirib chiqaradi, kapitalizm hukumat aralashuvi 
bilan o‗zgarishi kerak. Pul – kredit siyosati, depressiyani oldini olish 
uchun mehnatni qonunchilik asosida tashkillashtirish, kommunal 
xizmatlarni tartibga solish, monopoliya amaliyotini oldini olish va 
boshqa ijtimoiy islohotlar qilish taklifi bilan chiqdi. Garchi u ortodoksal 
nazariyaga deyarli ta‘sir ko‗rsatmasa ham Amerika kapitalizmi 
tuzilmasini tashkillashtirishda ta‘sir ko‗rsatib, uni tatbiq etishga yordam 
berdi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin